Mad
NUN qoidasi
MIM qoidasi
Aralash qoidalar
Tavhim va tarqiq harflar
100

tabiy madga qaysi madlar kiradi?

Badal, Evaz, Mad sila sug'ro, Tampkin mad

100

G'unna zamonlari

1. Noqis 2. Anqos 3. Komil (2 harakat) 4. Akmalmatakun( 3 harakat )

100

Idg'om shafaviya qoidasi va uning sharti. G'unna darajasi?

Sakinali MIM o'zidan keyin tashdidli MIMga uchrasa G'unnali Idg'om Mistayn Shafaviy qoidasi bo'ladi. Sharti: bir kalimaning ortida sakinali mim, keyingi kalimaning avvalida tashdidli MIM keladi. G'unna darajasi Akmalmatakun bo'ladi.

100

Alifning hukmlari va bazilarining arabiy nomlari.

1. Vaslali hamzaga kursiy vazifasida; 2. Qatiy hamzaga kursiy vazifasida; 3. Alif ustida yumaloq nol, YAY va VAV ham kursiy bo'ladi. O'qilmaydi. Sifrun Mustadirun deyiladi; 4. Sifrun Mustatilun. Alif ustida cho'zinchoq nol. Vaqfda o'qiladi. 2 harakat cho'ziladi. 5. Tanvin fatha doim alifni talab qiladi. Evaz mad. Vaslda o'qilmaydi. 6. Aliful tovilatun. Ustida belgi kelmagan Alif. Vaslda ham, vaqfda ham mavjud. 7. Aliful sog'iro, xanjariya, layniyax

100

Nechta harf doim tarqiq va doim tavxim o'qiladi? Tavhim harflar qaysilar? 

19 ta harf doim tarqiq o'qiladi. 7 ta harf doim tavhim o'qiladi. HuSSoDoG'TinQiZ. 

200

fariy madga qaysi madlar kiradi?

Muttasil, Munfasil, Mad sila kubro, Lozim mad,Oriz mad, Mad lin

200

Sukunli NUN idg'om qoidasi. Idg'om nima? Mushafda alomati qanday? Uning turlari.

Idg'om kirgizish degani. NUN yoki Tanvinni NUNI YARMALUN harflariga yo'liqsa. Fathali yoki Kasroli tanvin oldi qochdi bo'ladi, dommali tanvin 99 shaklida bo'ladi. 1. G'unnali idg'om- YAMNU; 2. G'unnasiz idg'om- LAM, RO;
G'unnali idg'om ham 2 turga bo'linadi: 1. Komil idg'om g'unnali-NUN harfi  MIM va NUN tashdidli holatiga duch keladi; 2. Noqis idg'om g'unnali- NUN harfi harakatli YAY va VAV ga uchraydi, go'yoki tashdidli o'qiladi. 

200

sakinali MIM BA ga uchrasa qanday qoida bo'ladi? Qanday o'qiladi? G'unna darajasi?

Ixfo shafaviy qoidasi bo'ladi. MIM ni BA ning mahrajiga yashiramiz. G'unna darajasi komil o'qiladi.

200

Nabr nima? Nechta holati bor? Istisno holatlari?

Nabr bir harfni yoki bo'g'inni boshqalardan kuchliroq, urg'u berib talaffuz qilishdir. 1. Tashdidli harfga vaqf qilinganda. 2. Tashdidli VAV va YAY ni talaffuz qilganda. 3. Mad harfidan tashdidli harfning birinchi harfiga o'tganda. 4.O'zidan oldin mad harfi yoki lin kelgan hamzaga to'xtalganda. 5. Ikkilik alifi va ko'plik VAV ikki sukunlik harfga yo'liqsa, yani vaslali hamzaga, shu Alif va VAV tushirib qoldirilganda ALIF va VAV birlik shakliga o'xshab qolmasligi uchun nabr beriladi. Istisno holatlari: Tashdidli MIM va NUN ga nabr berilmaydi sababi tashdidli bo'lganda akmal g'unna qilib talaffuz qilinadi. Tashdidli qalqala  harfida to'xtash, sababi birinchisi biroz ushlanib, keyin ikkinchi harfning qalqalasi qilinadi.

200

Qaysi harflar oriziy qoidalarga uchraydi? 

Lam, Alif, Ro goho tavhim goho tarqiq o'qiladi. Alif tavhim harfidan keyin yo'g'on o'qiladi, yani fatxasi "O" o'qilad. Lam faqat Alloh lafzi jalolasida o'zidan oldingi harfning harakati fatha yoki domma bo'lganda yo'g'on o'qiladi. Oldingi harf harakati kasro kelganda, ingichka o'qiladi. Lam yo'g'on o'qilganda tilning o'rtasi chuqurlashib, xalqum torayadi.

300

Mad zamonlari

1. Qosr 2. Fuvayqul qosr 3. Tavassut 4. Fuvayqut tavassut. 5. Tul

300

IXFodagi 5 ta xatoliklar

1.sukunli NUN ni o'z mahrajidan talaffuz qilib qo'yish; 2. Yo'g'on harflarda ingichka, ingichka harflarda yo'g'on ixfo qilib qo'yish; 3. QOF va KAF dan tashqari 13 ta harfni dimog'dan g'unna qilib qo'yish; 4. NUN yoki tanvinni NUNidan oldingi harfni harakatini cho'zib qo'yish yoki g'unnaga almashtirib qo'yish; 5. Ixfo harflarini g'unna bilan talaffuz qilish; 6. Lablarni yopib qo'yish;

300

Qaysi qoidada MIM bildirib o'qiladi? Mushafda ko'rinishi? Qaysi harflarga kuchli izxor qilinadi? Sabab? G'unna darajasi?

Izhor shafaviya qoidasida MIMni bildirib oqimiz. Sukunli MIM dan keyin MIM va BA dan tashqari 26 harfdan biri uchrasa ixhor Shafaviya qoidasi bo'ladi. MIM sukunli 26 harfdan biri harakatli keladi. Sukunli MIM o'zidan keyin FA va VAV harflariga uchrasa, ixfo qilinmaydi, kuchli ixfo qilinadi, sababi MIM ning mahraji VAV ning mahraji bilan bir hil, FAnikiga yaqin, u ixfoga moil. Bir yoki ikki  kalimada kelishi mumkin. G'unna darajasi noqis.

300

29 ta sura boshida keladigan harflar nima? Lug'aviy ma'nosi nima? Ular nechta? Ular nechta qismga bo'linadi?

Muqottoat harflari. Lug'aviy ma'nosi uzilgan deyiladi. Ular 14 ta. 4 qismga bo'linadi. 1. Alifda mad yo'q. 2. Xayyuntoxuro- bu harflarning ikkinchisi tabiy mad bo'ladi. 3. SANAQUSSLAKUM- har biri 3 ta harf holatida talaffuz qilinadi. O'rtasida mad harfi bo'ladi va u 6 harakat miqdorida cho'ziladi.4. AYN harfi. 3 ta harf holatida talaffuz qilinadi. 4 yoki 6 harakat cho'ziladi va LIN madi bo'ladi. 

300

RO nechta holatlarda tarqiq o'qiladi? Bunday harflarning yana boshqa nomi nima?

1. Ro kasroli bo'lsa; 2. RO sukun, oldi kasro bo'lsa, kasrosi asliy bo'lsa va ortidan iste'lo harfi kelmasa;3. Ro sukunli, oldingi harf iste'elo bo'lmagan sukunli harf bo'lib, undan oldin kasroli harf bo'lganda; 4. Ro sukunli, oldingi harf YA kelganda. Bunday harflar Muroqqoqo ham deyiladi.

400

Mad darajalari

1. Lozim 2. Muttasil 3. Oriz mad 4. Munfasil. 5. Badal mad

400

IXFO qoidasi. Nechta harfga tarqiq ixfo va nechta harfga tavhim ixfo qilinadi? 1. qaysi harflarda o'zgacha ixfo bo'ladi? Nega? Ixfo darajalari qaysilar: 1. qaysi harflarda kuchli ixfo qilinadi? Sabab? U qanday harflar deyiladi? 2. Qaysi harflarga kuchsiz ixfo qilinadi? Qaysilarida o'rtacha ixfo qilinadi?

Ixfo -lug'atda yashirish, sukunli NUN va istelohda Tanvinni NUNini 6 ta xalqum harflaridan tashqari, 6 ta YARMALUN dan tashqari, BA dan tashqari 15 ta harfning mahrajiga yashirish deganidir. 10 ta harf tarqiq 5 ta harf tavhim ixfo bo'ladi. QOF va KAF da o'zgacha ixfo, chunki tovush ustunligi 100% dimog'dan chiqadi. Birinchi daraja TA, DAL,TOga kuchli ixfo, chunki mahraji NUNga yaqin. Bu harflarni JANAQIY harflari deyiladi. Ikkinchi daraja QOF va KAF ga kuchsiz ixfo, chunki mahraji NUNdan uzoq. Qolgan harflarda o'rtacha ixfo bo'ladi.

400

Izhor shafaviyadagi 6 ta xatolik

1. Sukunli MIMni g'unna dsarajasini ortiq qilish;
2. MIM ni tebratib qo'yish; 3. Sakata qilib qo'yish; 4. G'unna miqdorini kamaytirib qo'yish; 5. MIMni FA yoki VAVga ixfo qilish; 6. MIM ni ixfo qilishga  ikki lab orasini kattaroq ochiq joy qoldirish.

400

Qaysi holatlarda 2 sukunli harfni bir kalimada jamlash durust?

1) 2 sukunli harfdan 2 chisi mad yoki lin harfi bo'lsa; AYN; NUUN

2) 2 ta sukunli harfdan ikkinchisining sukuni oriz sukun bo'lsa; ARROHIIM;

400

RO ni tavhim va tarqiq o'qish joiz bo'lgan o'rinlarni ayting.

1. Ro sukun, oldi kasroli, undan keyin kasroli iste'lo harfi kelganda . Masalan, FIRQIN - bu holatda tarqiq o'qiladi.2. RO sukunli , oldi sukunli iste'lo harfi, undan oldin kasroli harf kelganda va sukun bilan to'xtalganda.

500

Mad lozim va uning turlari

Mad yoki Lin harfidan keyin lozim sukunli harf kelsa Lozim mad deyiladi. 1) Lozim mad harfiy ( harfiy musaqqol, harfiy muxaffof) 2) Mad lozim kalmiy ( kalmiy kalmiy, kalmiy muxaffof)

500

Sukunli NUN idg'om qoidasida qaysi yo'liquvchi bo'ladi va nechanchi holati va qaysi harflarga uchraganda? Mushafda ko'rinishi?

Mutaqoribayn- mahraji ham sifati ham bir biriga yaqin ketma-ket kelgan ikkita harf. Birinchisi o'qilmaydi, ikkinchisi tashdidli o'qiladi. 4 chi holatida Sakinali NUN yoki Tanvinni NUNi LAMYARU harflariga uchraydi.

500

NUN xalqum harflaridan tashqari qaysi holatda izhor o'qiladi.

Sukunli NUN va YARMALUN harflari bir kalimada kelsa idg'om vojib bo'lmaydi, izhor o'qiladi. SINVANUN, QINVANUN,BUNYANUN,ADDUNYA. BU kalimalarni izxorul mutloq deyiladi.

500

Ikki so'zda ikki sukunli harfning bir biriga yo'liqishining qoidasi

Arab tilida ikki so'zdagi 2 ta sukunli harf jam qilinmaydi. Lekin shunday holat uchrab qolsa, unda ikki yo'lning biri bilan halos bo'linadi.1. 1 chi sukunli harf mad harfi bo'lsa, uni tushirib qoldirish bilan; 2. 1 chi sukunli harf saxix harf yoki lin harfi yoki tanvinli bo'lsa, unga harakat berish bilan ( ko'p holatda kasro harakati qo'shiladi)

500

RO necha holatda tavhim o'qiladi? Uning yana bir nomi nima?

8 holatda. 1. RO fathali. 2. RO sukun, oldi fatha. 3. Ro sukun, oldi YAY bo'lmagan sukunli harf, undan oldin fathali harf. 4. RO dommali. 5. RO sukunli, oldi sukunli. 6. RO sukunli, oldi sukunli, undan oldin dommali harf bo'lsa. 7. RO sukunli , oldingi harfning kasrosi talaffuzda yoki taqdirda  oriziy bo'lganda. 8. RO sukunli, oldi kasroli, undan keyin shu kalimada kasrosiz iste'lo harfi bo'lganda. Bunday harflar Mufaxxoma deyiladi.