Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
Meri
Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?
Shaxmatchi
Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
Begonaning noki)
Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
U odam dastavval milliarder bo’lgan.
Men suvman va suv yuzasida suzib yuripman. Men kimman?
Muz
Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Qorong’ulik.
32 ta jangchining 1 ta qo'mandoni bor. U nima?
Tish va til
Ikki marta tug'iladi, bir marta o'ladi. Bu nima?
Jo'ja
Uyingizga mehmon keldi. Muzlatgichda 1 shisha limonad, 1 shisha olma sharbati, 1 shisha mineral suv bor. Qaysi birini birinchi ochsangiz to'g'ri bo'adi?
Muzlatgichni
Kartoshka dastlab qayerda paydo bo'lgan?
Tuproqda
19 ni shunday yozingki, 1 ni olib tashlasa 20 qolishi kerak
XIX
Uning 5 barmog'i bor, lekin u tirik jonzot emas. U nima?
Qo'lqop
Sardor 5 yoshda, Sobir 9 yoshda. 3 yildan keyin ularning yoshlari orasidagi farq nechi bo'ladi?
4 yosh
Angliyada birinchi o'rinda, Daniyada ikkinchi o'rinda, Braziliyada uchinchi o'rinda, O'zbekistonda yo'q. Gap nima haqida?
A harfi
Qiz uzukni choy to'la piyolaga tashladi, lekin u ho'l bo'lmadi. Bu qanday sodir bo'ldi?
Piyoldagi choy quruq choy edi
Fil kabi katta, lekin og'irligi yo'q. Bu nima?
Filning soyasi
Alifboda nechta harf bor?
6 ta: A L I F B O
Hazil savol: Jaziramada savdogar shlyapani nimaga sotib oldi?
Puliga sotib oldi
Agar xo'roz molxona tomiga tuxum qo'ysa, u qaysi tomonga o'giriladi?
Hech qachon tishlarini ovqatlanish uchun ishlatmaydigan narsa nima?
Taroq
Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Musiqa
Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?
Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq
Aynan shu daqiqada chapdan o'ngga nima harakat qilmoqda?
Sizning ko'zlaringiz
Har kuni ta'tib ko'rasiz, lekin hech qachon yemaysiz
Tish pastasi
Olma sharbatini qanday stakanga quyib bo'lmaydi?
To'lgan stakanga