Anushteginlar sulolasi qaysi davlatda hukmronlik qilgan?
Xorazmshohlar davlatida
Amir Temur oʻgʻillarining ismi nima edi?
Jahongir Mirzo Umarshayx Mirzo Mironshoh Mirzo Shohrux Mirzo
Bosim kuchning yuzaga ta'siri sifatida matematik shaklda isbotlab bergan olimni aniqlang.
Blez Paskal
"O‘quvchi maqsadga erishdimi yoki yo‘qmi, uning o‘zi va bajargan ishi haqida xulosa chiqarishi muhimdir, bu esa kelgusida samaraliroq ishlashga imkon yaratadi." Ushbu ta'rif loyihaning qaysi bosqichi sanaladi?
Refleksiya
Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy yoki Xoja Ahror Valiy ziyoratgohi yurtimizning qaysi viloyatida joylashgan?
Samarqand viloyati
Yurtimizdagi qaysi shahar "Tangri jamoli" ma'nosini beradi?
Buxoro
"Umumiy nisbiylik nazariyasi" muallifi kim?
Albert Eynshteyn
Qaysi hukmdorga nisbatan xalq "amiri mas'um (begunoh amir)" unvoni bilan atashgan?
Buxoro amiri Amir Shohmurod (1785-1800)
" Sharq Napoleon Bonaparti" deb ta'riflangan mashhur qo'rboshini toping.
Ibrohim qo'rboshi
"Temir ayol" nomi bilan tanilgan bosh vazirni aniqlang.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher
Birinchi elektr batareyasini yaratgan olimni toping.
Alessandro Volta
"O‘quvchi loyiha maqsadiga erishish uchun vazifalarni va ularni amalga oshirish muddatini belgilaydi." Ushbu ta'rif loyihaning qaysi bosqichi sanaladi?
Faoliyat
Fonograf, ovoz yozish va eshittirish uskunalari va elektr chiroqlarini kim yaratgan?
Tomas Edison
Samarqandagi Sherdor va Tillakori madrasa-masjidlarini kim qurdirgan?
Bahodir Yalangto'sh
1925-yilda tashkil etilgan O'zbekistonning poytaxti qaysi shahar bo'lgan?
Buxoro shahri
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaysi oliy taʼlimda oʻqigan?
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida
"Xasti buzrug", " Yusuf bobo", "Sherbobo", "Bibi ocha" ziyoratgohlari yurtimizning qaysi viloyatida joylashgan?
Sirdaryo viloyati
Rossiyada birinchi, Fransiyada ikkinchi, Germaniyada u uchinchi o'rinda. Gap nima haqida ketmoqda?
R harfi
"Buxoro xalqining hasrati tarixi" asarini yozgan hukmdorni aniqlang
Buxoro amiri Amir Sayid Olimxon (1910-1920)
2022-yilda muomalaga chiqqan ikki yuz ming so'm pulda qaysi tarixiy inshoot tasvirlangan?
Qo'qon shahridagi Xudoyorxon o'rdasi.
Qirg'iziston va Afg'oniston hududida hayoti bilan vidolashgan sobiq ittifoq askarlarini tashishga yo'naltirilgan "An-12" samolyotini nima deb atashgan?
Qora lola
Buyuk yunon faylasufi, G'arb falsafasining mashhur namoyondasi Suqrot shogirdi Aflotunni yoniga chorlab: "Fikring teran bo'lishini xohlasang, menga o'xshab yur" deydi. Faylasuf qanday yurishni tavsiya qilgandi?
Piyoda yurishni aytgan
Amerika Qo'shma shtatidagi telefon stansiyalaridan birining uyqusizlikdan aziyat chekuvchi mijozlari maxsus raqamga qo'ng'iroq qilishlari mumkin ekan. Ular bu raqamga telefon qilib uning ovozini tinglashadi. Savol ular nimani tinglashadi?
Esnashni tinglashadi.
Bu kompaniya Tayota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarixga ega bo'lmasada dunyo bozorining 70%ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga kelib, 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko'rishga yordam beradi. Qaysi kompaniya to'g'risida gap ketmoqda?
"Google" kompaniyasi
Zurab Seritelining Ikkinchi Jahon Urushiga bag'ishlab qurgan Moskvadagi monumentining balandligi 142 metr chiqadi. Nimaga Seriteli aynan shuncha balandlikni tanlagan?
Har 10 cm urushning bir kuni timsolidir.