TURIZM TARIXI
SAYOHATCHI VA TURIST FARQLARI
MASHHUR SAYOHATCHILAR
MARKAZIY OSIYODA TURIZM
TOMAS KUK VA ZAMONAVIY TURIZM
100

Turizmning qadimgi davrdagi asosiy maqsadlari nimalardan iborat bo‘lgan?

 Ta’lim olish, savdo-sotiq, ziyorat, davolanish va sport musobaqalarida ishtirok etish.

100

Sayohatchi kim?

Yangi joylar, madaniyat va tajribalarni o‘rganish maqsadida sayohat qiluvchi shaxs.

100

“Tarix otasi” kim?

Gerodot

100

Markaziy Osiyoda turizm rivojiga asos bo‘lgan savdo yo‘li qaysi?

Buyuk Ipak yo‘li.

100

Zamonaviy turizm asoschisi kim?

Tomas Kuk.

200

O‘rta asrlarda turizm asosan qaysi sabablar bilan rivojlangan?

Diniy ziyorat, ta’lim, savdo va madaniy almashinuv sababli.

200

Turistning asosiy maqsadi nima?

Dam olish, hordiq chiqarish va diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish.

200

1492-yilda Amerikani kashf etgan sayohatchi kim?

Xristofor Kolumb

200

Buyuk Ipak yo‘lidagi mashhur shaharlarni ayting.

Samarqand, Buxoro, Xiva.

200

Tomas Kuk birinchi sayohatini qaysi yilda tashkil etgan?

1841-yilda.

300

Sanoat inqilobi turizmga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Transport rivojlandi, ommaviy va arzon sayohatlar paydo bo‘ldi.


300

Vaqt jihatidan sayohatchi va turist o‘rtasidagi farq nimada?

Sayohatchi uzoqroq qoladi, turist qisqa muddatda sayohat qiladi.

300

“Uch dengiz ortiga sayohat” asari muallifi kim?

Afanasiy Nikitin.

300

Islom uyg‘onish davrida qaysi shaharlar ilm-fan markazi bo‘lgan?

Samarqand va Buxoro.


300

Paket tur tushunchasini kim joriy qilgan?

Tomas Kuk.

400

Qadimgi Yunonistonda qaysi turizm turlari shakllangan?

Ziyorat, sport (Olimpiya o‘yinlari) va tibbiy (spa) turizmi.

400

Rejalashtirishda qaysi biri moslashuvchan?

Sayohatchi moslashuvchan, turist oldindan rejalashtirilgan dasturga amal qiladi.

400

Xitoyga sayohat qilib “Dunyo mo‘jizalari kitobi”ni yozgan kim?

Marko Polo.

400

Temuriylar davrida qurilgan mashhur obidalar qaysilar?

Registon, Go‘ri Amir, Bibi Xonim masjidi.

400

Tomas Kukning birinchi xalqaro safari qayerga bo‘lgan?

Parijga

500

Zamonaviy turizm qaysi davrdan boshlangan?

XIX asrdan, sanoat inqilobidan keyin.

500

Madaniy muloqotda qaysi biri faolroq?

Sayohatchi

500

30 yil dunyo bo‘ylab sayohat qilgan musulmon sayyoh kim?

Abu Abdullo ibn Battuta.


500

Mustaqillikdan keyin turizmda qanday o‘zgarish bo‘ldi?

Xalqaro turizm rivojlandi, milliy dasturlar yaratildi.

500

Tomas Kuk tomonidan tashkil etilgan dunyo bo‘ylab sayohat qancha davom etgan?

222 kun