Geometriya
Kasr
Tengsizliklar va tenglamalar
Funksiya
Mantiqiy
100

To`g`ri to`rt  burchak  yuzasini topish formulasi?

Tomonlari mos ravishda a va b bo`lsa; S=ab

100

Noto`g`ri kasr deb nimaga aytiladi?

Surati maxrajidan katta bo`lgan kasrga aytiladi.

100

Agar tengsizlikning ikkala tomoniga ayni bir son qo`shilsa, u holda  tengsizlik ishorasi o`zgaradimi?

Yo`q. misol: 9>5  ==>  9+2>5+2  ==> 11>7 bo`ladi.

100

y=k/x funksiya x=0 bo`lganda y --> funksiya yechimga egami?

Yo`q, chunki maxraj hech qachon nol bo`lmaydi.

100

Cho`ponni 15 ta qo`yi bor edi, 9 tasi kasallanib qolgani o`ldi, cho`ponda nechta qo``y qoldi?

9 ta 

200

Trapetsiyaning asoslari a va b bo`lsa, uning o`rta chizig`ini toping?

L= (a+b)/2 ga teng.

200

Aralash kasr deb nimaga aytiladi?

Butun qism va kasr qism bilan kelgan kasrga aralash kasr deyiladi?

200

Tengsizlik ikkala tomoni ayni musbat songa bo`linsa, tengsizlik ishorasi o`zgaradi. Bu mulohaza  to`grimi?

yo`q

200

y=k/x funksiya k<0,  x ning  qaysi oralig`ida manfiy qiymatni qabul qiladi?

x>0 bo`lganda manfiy  qiymatni qabul qiladi.

200

Stolning to`rta burchagi bor. Agar uning bitta burchagi kesib olib tashlansa , nechta burchak qoladi?

5 ta


300
To`g`ri burchakli uchburchak uchun Pifagor Teoremasini ayting?

Katetlar kvadratlarini yig`indisi gipotenuza kvadratiga teng.

300

To`g`ri kasrni noto`g`ri kasrga bo`lsa qaday kasr kelib chiqadi?

to`g`ri kasr kelib chiqadi.

300

|x|-2=5 tenglamani yechimi nechta va ular qaysilar?

 yechimi ikkita, x=7 va x=-7

300

y=k/x funksiya k<0,  x>0  va x<0 oraliqlarda funksiya grafigi qaysi choraklarda bo`ladi?

III va IV choraklarda.

300

Xonaning har bir burchagida mmushuklar bor. Har bir mushuk oldida 3 tadan mushuk bor. Xonada nechta mushuk bor?

4 ta


400

Uchburchakning o`rta chizig`i deb nimaga aytiladi?

Uchburchakning o`rta  chizig`i uning uchinchi tomoniga parallel, uning uzunligi esa bu tomonni uzunligining yarmiga teng. 

400

Ikkiga birni qo`shib keyin ikkidan birni ayir. Nechchi bo`ladi?

2.5 bo`ladi.

400

x/3+4=x/6+6 tenglamani yechimini toping?

x=12 bo`ladi.

400

Chiziqli funksiya qanday ko`rinishda bo`ladi?

y=kx+b ko`rinishida.

400

Xonada 12 ta shamlar yoqilgan edi. Alixo`ja safarga ketishdan oldin 7 ta shamni o`chirdi? Xonada nechta sham bor?

7 ta 

500

Fales teoremasini ayting.

Agar a||b bo`lib, l1 , l2  va l3 parallel to`g`ri chiziqlar a to`g`ri chiziqdan teng kesmalar ajratsa, b to`g`ri chiziqdan ham teng kesmalar ajratadi.

500

Davriy kasr deb nimaga aytiladi?

O`nli kasrda verguldan keyin aynan bir son takrorlanib kelsa bu kasrga davriy kasr deyiladi? Misol uchun: 0,(3)=0,3333...

500

|x|<-1 tengsizlikni yeching?

 tengsizlik yechimga ega emas.

500

Chiziqli funksiya  x oldidagi koefsient k>0 bo`lsa va ozod hadi b<0 bo`lsa, grafik qaysi choraklarda  yotadi?

I , III va IV larda

500

Akmal akani 6 ta qizi bor. Har bir qizning bittadan ukasi bor. Akmal akani nechta farzandi bor?

7 ta