Amir Temur davrida Samarqandga ma’danlar qayerdan olib kelingan?
Xurosondan
Amir Temur elchilari qachon Parijga yetib borgan?
1403-yil may oyida
Amir Temurning qayerga yurishi munosabati bilan boshqa ko‘pgina davlatlarning elchilari kabi Ispaniya elchilari ham Samarqanddan jo‘natib yuborilgan?
Xitoyga
Amir Temur Ispaniyaga qaysi elchisini yuborgan?
Muhammadqozi
Amir Temur Usmoniylar sultoni Boyazid ustidan g‘alaba qozongach qayerda asir tushgan salib yurishi ishtirokchilari ozod qilingan?
Nikopolda
Rui Gonsales de Klavixo boshchiligidagi ispan elchilari qachon Samarqandda kutib olingan?
1404-yilda
Amir Temur davrida qaysi Kastiliya (Ispaniya) qiroli Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi?
Genrix III
Amir Temur davrida Samarqandga atlas, choy, mushk qayerdan olib kelingan?
Xitoydan
Qachon Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuborilgan?
1402-yilning bahorida
Amir Temur davrida G‘arbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon, Armaniston kimning mulki edi?
Mironshoh
Qachon Amir Temur Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali maktublar yo‘llagan?
1402-yil yozida
Qaysi Kastiliya (Ispaniya) qiroli Rui Gonsales de Klavixo boshchiligidagi elchilarini Amir Temur huzuriga yuborgan?
Genrix III
Amir Temurning Angliya qiroli bilan olib borgan diplomatik munosabatlarida g‘arbiy viloyatlar hokimi kim faol qatnashgan?
Mironshoh
Amir Temur davrida Samarqandga yoqut, olmos qayerdan olib kelingan?
Hind va Sinddan
Amir Temur qaysi Angliya qiroliga maktub yo‘llagan?
Genrix IV
Amir Temur qaysi Fransiya qiroliga maktub yo‘llagan?
Karl VI
Аmir Temur davrida hukmdorning qo‘shin to‘plashga qaratilgan maxsus buyrug‘i (farmoni) qanday atalgan?
Tunkal
Аmir Temur qo‘shinida asosiy ilg‘or qism qanday atalgan?
Manglay
Аmir Temur qo‘shinida ko‘rik oxirida qo‘shin ortidan boruvchi og‘ir karvon qism qanday atalgan?
Ug‘ruq
Аmir Temur davrida sipohiylardan birortasi urush vaqtida xatoga yo‘l qo‘ysa, uning maoshi qanchaga kamaytirilgan?
O‘ndan birga
Аmir Temur qachon o‘g‘li sharafiga Shohruxiya qo‘rg‘onini qurgan?
1392-yilda
Аmir Temur qo‘shinida markaz qismi qanday atalgan?
Qalb
Аmir Temur Turon tarixida ilk bora o‘z qo‘shiniga olib kirgan “ra’d” qanday qurol edi?
To‘p
Аmir Temur qo‘shinida yurish vaqtida har bir askarda necha nafar ot bo‘lishi kerak edi?
2 nafar
Аmir Temur qo‘shiniga jang sir-asrorini yaxshi biladigan, mard, dovyurak va sadoqatli nechta amir rahbar etib tayinlangan?
313 nafar amir