Elektr toki oʻtganda lampochkaning yonishi qaysi ta'sirga kiradi?
Yorugʻlik taʼsiri
Elektr toki oʻtganda simning qizishi qaysi ta'sir?
Issiqlik taʼsiri
Elektr toki boʻlmasa,elektromagnit ishlaydimi?
Yoʻq
Elektr dvigatelining ishlashi qaysi ta'sirga asoslangan?
Magnit ta'siri
Fiziologik taʼsir
Lampochka yonib turibdi,lekin qizimayapti deyish toʻgʻrimi?
Yoʻq, notoʻgʻri( u ham qiziydi)
Elektr choynakda suv qaynashi qaysi ta'sir natijasi?
Issiqlik taʼsiri
Elektroliz jarayonida modda parchalanishi qaysi ta'sir?
Kimyoviy ta'sir
Elektr toki har doim magnit ta'sir koʻrsatadimi?
Ha, doimo
Nima uchun katta tok oʻtganda sim erib ketishi mumkin?
Issiqlik taʼsiri kuchaygani uchun
Quyidagi qurilmalarning qaysida kimyoviy ta'sir asosiy rol oʻynaydi: akkumulyator va ventilyator?
Akkumulyator
Elektr toki koʻrinmaydi,lekin ta'siri bilinadi.Bu fikr toʻgʻrimi?
Ha,toʻgʻri
Bir vaqtning oʻzida lampochkada qaysi ta'sirlar mavjud boʻladi?
Issiqlik va yorugʻlik taʼsiri
Elektr toki odam uchun nima sababdan xavfli
Fiziologik taʼsiri tufayli
Elektr tokidan foyda ham,zarar ham kelishi nimaga bogʻliq?
Tok kuchi,vaqt va sharoitga bogʻliq