Kuvayt adabiy harakati qaysi hukmdor davrida boshlangan?
Shayx Muborak as-Sabah
Xolid al-Faraj qayerda tug‘ilgan?
Kuvaytda
“Ahsan al-qisas” dostoni kimning hayotiga bag‘ishlangan?
Qirol Abdulaziz hayotiga.
Xolid al-Faraj 1939-yilda kim bilan Bahraynga borgan?
Qirol Abdulaziz bilan.
Bonus!🥳
Ramazon muborak!
U nega “Butun Ko‘rfaz shoiri” deb atalgan?
Chunki u butun Arab Ko‘rfazi mintaqasini birlashtiruvchi ruhda ijod qilgan va bir necha Ko‘rfaz davlatlarida yashab ijod qilgan.
“Oltin doston” qanday tarixiy voqeaga bag‘ishlangan?
Ar-Riyodning egallanishining 50 yilligiga bag‘ishlangan.
“Al-matbaa al-‘umumiyya” nomli bosmaxonani qayerda tashkil etgan?
Hindistonda
Shayx Ahmad al-Jabir as-Sabah davrida ochilgan ikki muhim ilmiy maskanni ayting.
Milliy (Ahliya) kutubxonasi va Adabiy klub.
(Hukmdor: Shayx Ahmad al-Jabir as-Sabah)
U 17 yoshida qaysi davlatga koʻchib oʻtgan va u yerda qanday faoliyat boshlagan?
Hindistonga koʻchib oʻtgan, savdo bilan shug‘ullangan va “Al-matbaa al-‘umumiyya” bosmaxonasini ochgan.
Xolid al-Faraj epik she’riyati arab adabiyotidagi qaysi an’anani davom ettirgan?
Siyrat va tarixiy-epik qasida an’anasini davom ettirgan.
Bonus! 🥳
Ramazon muborak!
Milliy (Ahliya) kutubxonasi va Adabiy klubning ochilishi Kuvayt jamiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
Ilm-ma’rifat rivojlandi, adabiy muhit shakllandi, ziyolilar jamlandi va adabiy uyg‘onish kuchaydi.
أين يقع أطول برج في العالم؟
دبي
“Butun Ko‘rfaz shoiri” Xolid al-Farajning Quvayt va Ko‘rfazdagi ilk hikoyasi qanday nomlanadi?
“Munira”
1927-yilda Qohirada qaysi mashhur shoirni sharaflash marosimida ishtirok etgan?
Ahmad Shavqiy
Kuvayt adabiy uyg‘onishining shakllanishida xayriya jamiyatlarining roli qanday bo‘lgan?
Ta’limni qo‘llab-quvvatladi, maktablar ochildi, madaniy muhit shakllandi va adabiy harakatning poydevori yaratildi.
Xolid al-Farajning ko‘chmanchi hayoti uning ijodiy yo‘nalishiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
Mintaqaviy birlik, ummat g‘oyasi, tarixiy va siyosiy mavzularni keng yoritishiga sabab bo‘lgan.
ما معنى كلمة "أوزبكستان"؟
أرض الأحرار أو بلد الأحرار
Kuvayt va Saudiya madaniy muhitlarining Xolid al-Faraj merosini o‘rganishdagi raqobati nimani anglatadi?
Uning merosi ikki davlat madaniy tarixida muhim o‘rin tutishini va har ikki tomon uni o‘z adabiy merosining bir qismi sifatida ko‘rishini anglatadi.