Tajriba nima?
Javob: Tajriba — hodisa yoki jarayonni maxsus sharoitda sinab ko‘rish orqali bilim olish usulidir.
Individual yondashuv tamoyili nima?
Javob: Har bir o‘quvchining qobiliyati va imkoniyatini hisobga olish.
Tajriba dars jarayoniga qanday ta’sir qiladi?
Javob: Darsni jonlantiradi va qiziqishni oshiradi.
Nima sababdan tajriba metodi samarali hisoblanadi?
Javob: Chunki o‘quvchi bilimni mustaqil izlanish va amaliy harakat orqali egallaydi.
Tajriba orqali qanday ko‘nikma shakllanadi?
Javob: Kuzatish ko‘nikmasi shakllanadi.
Boshlang‘ich ta’limda ko‘rgazmalilik nima uchun muhim?
Javob: Kichik yoshdagi bolalar ko‘rib o‘rganishni yaxshi qabul qiladi.
Quyoshning tabiatdagi ahamiyati nima?
Javob: Yorug‘lik va issiqlik manbai bo‘lib, hayot uchun zarur.
O‘quvchi tajriba orqali nimani o‘rganadi?
Javob: O‘quvchi ko‘radi, sinaydi va xulosa chiqaradi.
Ta’lim tamoyillarining asosiy maqsadi nima?
Javob: O‘quvchilarga bilimni tizimli, tushunarli va samarali yetkazish.
Tajriba metodi o‘quvchilarga qanday ta’sir qiladi?
Javob: Mustaqil fikrlash va faol ishtirokni rivojlantiradi.
Tajriba metodining afzalligi nimada?
Javob: Dars qiziqarli bo‘ladi va o‘quvchilar faolligi oshadi.
Tajriba metodining ta’limdagi ahamiyati nima?
Javob: O‘quvchilarning bilimini chuqurlashtiradi va nazariyani hayot bilan bog‘laydi.
Motivatsiya qonuniyati nimani anglatadi?
Javob: Qiziqish va rag‘bat bo‘lsa, o‘qish samarasi oshadi.
Tajriba o‘quvchining qaysi qobiliyatini rivojlantiradi?
Javob: Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili nima?
Javob: Darsda rasm, model, tajriba va ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.
Nazariya va amaliyot birligi tamoyili nimani anglatadi?
Javob: O‘rganilgan bilimni amalda qo‘llash.
Tajribaning asosiy maqsadi nima?
Javob: Nazariy bilimni mustahkamlash va bilimni amaliyotda tekshirish.
Tajriba metodining tabiiy fanlarni o‘qitishdagi pedagogik ahamiyati nimada?
Javob: Tajriba metodi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, nazariy bilimni amaliy faoliyat bilan bog‘laydi hamda kuzatish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Energiya nima?
Javob: Ish bajarish qobiliyati energiya deyiladi.
Tajriba orqali olingan bilim qanday bo‘ladi?
Javob: Mustahkam, tushunarli va uzoq vaqt esda qoladi.
Nima uchun tajriba orqali bilim tez esda qoladi?
Javob: Chunki o‘quvchi bilimni amaliy faoliyat orqali o‘rganadi.
Boshlang‘ich sinflarda tajriba metodini qo‘llashda nimalarga e’tibor beriladi?
Javob: O‘quvchilarning yosh xususiyati, xavfsizlik qoidalari, sodda jihozlar va tushunarli topshiriqlarga e’tibor beriladi.
O‘simliklar qanday oziqlanadi?
Javob: Quyosh nuri, suv va havodagi gazlar yordamida oziqlanadi.
Tajriba nimani tushuntirishga yordam beradi?
Javob: Sabab va natija bog‘liqligini tushuntiradi.
Nima uchun tabiatni asrash har bir insonning burchi hisoblanadi?
Javob: Chunki tabiat inson hayoti uchun zarur bo‘lgan manbadir.