Qo'ng'irotlar qaysi davlatlar va hukmdorlar bilan uzluksiz elchilar almashib turgan?
Qozoq juzlari, Buxoro va Qo'qon hukmdorlari bilan
Xiva va Rossiya o'rtasidagi muzokaralar asosan nimaga qaratilgan edi?
O'zaro “bojsiz savdo”ni yo'lga qo'yishga
Arab Muhammad sulton davrida Urganchni kimlar talon-toroj qilgan?
Ming nafardan iborat Yoyiq kazak otliqlari
Xiva xonligi va qozoq juzlari o'rtasidagi asosiy ziddiyatli omil nima edi?
Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishi
V. Perovskiy boshchiligidagi 5 ming kishilik qo'shinning rejasini nima barbod qildi?
Qattiq qish va qalin qor
Rossiya imperatori Pyotr I ning Turkistondagi bosh maqsadi nima edi?
Mintaqada siyosiy-iqtisodiy manfaat o'rnatish va Hindistonga yuzlanish
XVI-XIX asrlar davomida Xivadan Rossiyaga necha marta elchilik yuborilgan?
50 marta
Eronda qaysi sulola hokimiyatga kelgach, elchilik munosabatlari qayta tiklandi?
Qojarlar sulolasi
Rossiya imperiyasi qozoqlarni "bizning qozoqlarimiz" deb ataganda, Xiva qanday da’vo qilgan?
Ularni xonlik tarkibidagi hudud deb bilib, zakot (soliq) olishni da'vo qilgan
Ruslar Xivaga savdo qilishda qaysi yo'ldan foydalanishga harakat qilgan?
Kaspiy-Volga yo‘li orqali
Pyotr I harbiy kuchlarini birinchilardan bo'lib qarshi olgan Xiva xoni kim?
Sherg'ozixon
Rossiyadan Turkistonning siyosiy markazlariga necha marta elchilik yuborilgan?
17 ta
1812-1852-yillarda Xiva va Eron elchilik aloqalari asosan qaysi masalaga qaratilgan?
Asirlarni ozod qilish va qul savdosini to'xtatish
Kichik qozoq juzida xon boshqaruvi qachon tugatilgan?
1824-yilda
Savdogarlarning o'g'irlangan mollari masalasida qanday tartib nazarda tutilgan edi?
Amaldorlar yoki qaroqchilar olgan mollarni elchi va savdogarlarga qaytarish
1714-1717-yillardagi qurolli yurishga kim boshchilik qilgan va u necha kishidan iborat edi?
Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy, 6000 askar
Eron bilan aloqalar qaysi shohning yurishlari oqibatida buziladi?
Nodirshoh (1739-1740-yillar)
Usmonli davlati bilan aloqalarda “Xorazm yo‘li”dan kimlar foydalangan?
Turk sayyohlari va elchilari
Qozoq dashtidagi milliy-ozodlik kurashlarida qozoqlar kimni ishonchli ittifoqchi deb bilgan?
Xorazmlik siyosiy kuchlarni (Xiva xonligini)
Xiva savdo karvonlari O'rta dengizga borishda qaysi davlat hududidan o'tgan?
Usmonli sultonligi nazoratidagi hududlardan
Sherg'ozixon rus qo'shinini yengish uchun qanday reja tuzgan?
Dushman kuchlarini mayda-mayda bo'laklarga ajratib yo'q qilish rejasini
Eron qo'shinlari bilan jangda halok bo'lgan Xorazm hukmdori kim?
Elbarsxon
Arab Muhammadxon Hindistonning qaysi sulolasi bilan elchilar almashgan?
Boburiylar bilan
1839-yil kuzida Xivaga yurish qilgan rus qo'shini qo'mondoni kim edi?
V. Perovskiy
V. Perovskiy mag'lubiyatidan so'ng rus hukumati qanday yo'lga o'tishga majbur bo'ldi?
Muzokaralar yo'liga