A
B
100

Ushbu bo’gda Amir Temur zafarli yurishlardan qaytgach dam olgan, xorijiy elchilarni ham qabul qilgan. Bog’da katta saroy, 4 ta hovuz va ariqlar bo’lgan. Saroy sun’iy tepalik ustida joylashganligi uchun unga ikkita ko’tarma ko’prik orqali kirilgan. Bog’ Samarqanddan 13 km janubda, hozirgi O’zbekiston traktining chap tomonida bo’lgan. Savol: ushbu ta’rif qaysi bog’ haqida?

Bog’i Davlatobod

100

Amir Temur saltanatida xizmat qilgan, harbiy yurishlar chog’idagi amaldorlardan biri - muhassillardir. Savol: muhassillar qanday vazifani bajargan?

tovon pulini yig’ishgan.

200

Alafa tovachi, Jaloliddin Keshiy, Hoji Sayfiddin va Muhammadqozi. Savol: Amir Temurning ayonlaridan bo’lgan ushbu shaxslarni qaysi xizmatlari umumiy bo’g’lab turadi?

ular Amir Temurning elchilari bo’lgan.

200

1394-yili Mordin qal’asi qamali vaqtida Amir Temur huzuriga chopar keladi va bir habarni aytadi. Shu habar sabab Amir Temur Mordin qal’asi qamalini to’xtatib, uning xalqiga yuklangan to’lovni bekor qiladi. Savol: Chopar qanday habarni olib kelgan edi?

chopar Muhammad Tarag’ay (Ulug’bek) tug’ilganligi xushhabarini yetkazgan edi.

300

Amir Temur tomonidan jang vaqtida mardlik va jasorat ko’rsatgan askarlarni mukofatlashning o’ziga xos usullari ishlab chiqilgan. Agar oddiy askar qilich chopib, bahodirlik ko’rsatsa, unga qimmatbaho toshlar qadalgan kamar, qilich va ot berilgan. Agar qaysidir amir biron mamlakatni egallasa yoki dushman lashkarini yengsa, u ham uch narsa bilan taqdirlangan. Bular – faxrli nisba ya’ni nom, tug’ va .. Savol: katta jasorat ko’rsatgan amirlarga beriladigan uchinchi narsa nima edi?

nog’ora

300

Ahmad Fasih Havofiyning “Mujmali Fasihiy’ asarida shunday jumla keltirilgan: “Ular bir-birlariga: “Biz bunga yo’l qo’ymaymiz, bunday nomusga chiday olmaymiz. Agar shunday bo’lsa, boshlarimiz dorga osilsa osilsin” deydi. Ular qilichlarini yalang’ochlab, beshta mo’g’ulning hammasini o’ldirdi”. Ushbu jumla Xuroson viloyatlaridan biri bo’lgan Sabzavorda bo’lgan voqea sabab aytilgan. Savol: yuqorida keltirilgan jumla kimga tegishli va qaysi voqea sabab aytilgan?

aka-uka Hasan va Husayn Hamzalarga tegishli. Mo’gullar ularning uylarida mehmon bo’lishiga qaramasdan ulardan may va go’zal qizlarni topib keltirishni talab qilganligi, hatto ularning xotinlariga ham tegajoqlik qilmoqchi bo’lganigi sabab bo’lgan.

400

1372-yil. Mo’g’uliston yurishidan g’alaba qozonib Samarqandga qaytayotgan Amir Temurga nisbatan O’tror yaqinida Qarosomon mavzeyida ov vaqtida suiqasd uyushtirish rejasi tuzuladi. Biroq fitna fosh bo’ladi va fitnachilar qo’lga olinadi, Amir Temur tomonidan jazoga tortiladi. Ammo, fitnachilardan Amir Muso ismli isyonkor bir insonning aralashuvi sabab jazodan ozod etiladi. Savol: Amir Temurga nisbatan suiqasd uyushtirgan isyonchini o’lim jazosidan qutqarib qolgan bu inson kim?

Saroymulkxonim (Bibixonim).

400

1403-yil mart oyida Qorabog’da vafot etgan ushbu temuriyzoda shahzodaning  qabri Go’ri Amir maqbarasida joylashgan. Uning onasi Xorazm hukmdori Yusuf so’fining qizi bo’lgan. Anqara jangida unga turklarning strategik ahamiyatga ega tepaligini zabt etish vazifasi yuklangan. Savol: yuqoridagi ma’lumotlar kim haqida?

A.Temurning nabirasi Muhammad Sulton haqida.

500

U “oliy tabaqa” vakili bo’lgan. “Oliy tabaqa” degan ibora esa aksariyat hollarda Muhammad (s.a.v.) avlodlariga nisbatan ishlatilgan. Tarixchilardan Muiniddin Natanziy uni “aslzoda yigit” bo’lganligini aytsa, Hofizi Abru uni “ulug’zodalardan bo’lgan donishmand” deya ta’riflagan. Savol: U kim?

Samarqandda Sarbadorlar yetakchisi bo’lgan mudarris Movlonozoda.

500

Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning ma’lumotlariga ko’ra, Amir Temur To’xtamishxonga qarshi Terek daryosi bo’yida bo’gan jang arafasida katta tavakkalchilik bilan bir harbiy hiyla ishlatadi. Ushbu hiyla sabab Amir Temur qo’shini To’xtamishxon soqchi guruhining ko’zini shamg’alat qilib, Terek daryosidan kechib o’tishga muyassar bo’ladi. Savol: Amir Temur qanday hiyla ishlatgan?

ayollarga dubulg’a kiyib, jangchilar o’rnini egallashni, erkaklarga esa ikkitadan ot olib lashkargohni tezda tark etishni buyurgan.