Ch. Darvin qaysi davlat olimi?
Angliya (Buyuk Britaniya) olimi.
Tabiiy tanlanish deganda nimani tushunasiz?
Muhitga yaxshi moslashgan organizmlarning yashab qolib, ko‘payishi jarayoni.
“Yashash uchun kurash” tushunchasini izohlang.
Tirik organizmlar o‘rtasida oziqa, yashash joyi va juft uchun raqobat jarayoni.
Darvinning eng mashhur asari nomini ayting.
Turlarning kelib chiqishi.
Qurg‘oqchilik sharoitida qaysi o‘simliklar omon qoladi?
Ildizi chuqur, suvni tejaydigan va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar yashab qoladi.
Evolyutsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchi nima?
Tabiiy tanlanish.
Nima sababdan Galapagos orollari qushlari tumshug‘i turlicha?
Turli oziqa sharoitiga moslashishi, tashqi taʼsirlar natijasida tabiiy tanlanish orqali shakllangan.
Sun’iy tanlanish va tabiiy tanlanish farqi?
Sun’iy tanlanish — inson tomonidan boshqariladi.
Tabiiy tanlanish — tabiat tomonidan boshqariladi.
Moslashuv va o‘zgaruvchanlik bog‘liqligi?
O‘zgaruvchanlik moslashuv uchun material beradi; foydali o‘zgarishlar saqlanib qoladi.
Nega hamma nasl yashab qolmaydi?
Resurslar cheklanganligi va kuchli raqobat sababli.
Resurslar cheklansa nima yuz beradi?
Raqobat kuchayadi va tabiiy tanlanish sodir bo‘ladi.
Tabiiy tanlanish yangi tur paydo bo‘lishiga qanday olib keladi?
Uzoq vaqt davomida foydali belgilar to‘planib, populyatsiyalar ajralib ketadi va yangi tur shakllanadi.
Moslashuv nima?
Organizmning muhit sharoitiga mos xususiyatlarga ega bo‘lishi.
Tabiiy tanlanish va mutatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiring.
Mutatsiya yangi belgi beradi, tabiiy tanlanish foydalisini saqlab qoladi.
Qanday qilib kichik o‘zgarishlar katta evolyutsion natijaga olib keladi?
Uzoq vaqt davomida kichik foydali belgilar to‘planib boradi.
Iqlim o‘zgarishining organizmlarga ta’siri?
Moslasha olmagan organizmlar yo‘qoladi, moslashganlari yashab qoladi.
Tabiiy tanlanish to‘xtasa nima bo‘ladi?
Evolyutsion rivojlanish sekinlashadi, moslashuv jarayoni sustlashadi.
Nima uchun ayrim hasharotlar pestitsidlarga chidamli bo‘lib qoladi?
Chidamli individlar yashab qolib, ko‘payadi (tabiiy tanlanish).
Agar populyatsiyada o‘zgaruvchanlik bo‘lmasa, nima yuz beradi?
Moslashuv sodir bo‘lmaydi va tur yo‘qolib ketishi mumkin.
Evolyutsiya jarayonida mutatsiya va tasodifiylikning o‘rni qanday?
Mutatsiyalar tasodifiy yuz beradi, ammo tanlanish tasodifiy emas.
Darvin nazariyasining kuchli va zaif tomonlari?
Kuchli tomoni: Ilmiy dalillarga asoslangan, kuzatuv va tajriba bilan tasdiqlangan.
Zaif tomoni: Genetika mexanizmi Darvin davrida to‘liq tushuntirilmagan.
Darvin nazariyasini isbotlovchi 3 ta dalil keltiring.
1.Qazilma qoldiqlar
2.Solishtirma anatomiya
3.Molekulyar genetika
Zamonaviy ilm-fan Darvin nazariyasini qanday boyitdi?
Genetika, DNK tuzilishi va molekulyar biologiya orqali evolyutsiya mexanizmlari chuqurroq tushuntirildi.
Nima sababdan orollarda endemik turlar ko‘p uchraydi?
Geografik ajralish (izolyatsiya) tufayli ular boshqa populyatsiyalar bilan aralashmaydi.
Tabiiy tanlanish “eng kuchli”ni tanlaydimi?
Yo‘q. Eng kuchli emas, balki muhitga eng moslashgan organizm yashab qoladi.