Fuqarolik kodeksi qachondan boshlab kuchga kirgan?
01.03.1997
Fuqarolik kodeksining 2-moddasi haqida gapiring!
Fuqarolik qonunchiligi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va oʻzga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bogʻliq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Fuarolik huquqi predmeti?
Mulkiy munosobotlar
Shaxsiy nomulkiy
tashkiliy-huquqiy mazmundagi korporativ munosobatlar
Fuqarolik huquqlari protsessual qonunchilik yoki shartnomada belgilab qo'yilganidek, ishlar qaysi sudga taaluqli bo'lishiga qarab, sud ... yoki ........ sudi tomonidan himoya qilinadi.
iqtisodiy sud yoki hakamlik
FIAT, PEJO, RENO, SHEVROLET. Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari ham bir umumiylik birlashtirib turibdi
Diqqat savol: Siz menga bu so’zlardagi o’sha umumiylikni topib aytasiz
Oxirgi harfi “T” bilan tugaydi. (FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET)
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari fuqarolik kodeksining qysi moddasida berilgan va 5tasiga misol bering!
11-modda. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari
Fuqarolik huquqlari quyidagi yoʻllar bilan himoya qilinadi:
huquqni tan olish;
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash;
davlat organining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
shaxsning oʻz huquqini oʻzi himoya qilishi;
Fuqarolik kodeksining 14-moddasiga ko'ra Zarar nima?
huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Fuqaro o'z ismini o'zgartirgandagi huquq va majburiyatlari nimadan iborat ?
Fuqaro oʻz ismini oʻzgartirganligi haqida qarzdorlari va kreditorlariga xabar berish uchun zarur choralarni koʻrishi shart va u mazkur shaxslarda fuqaroning ismi oʻzgarganligi haqida maʼlumot yoʻqligi tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlar xavfini oʻz zimmasiga oladi.
Ismni va sha'nni buzish tufayli keltirilgan zararni qoplash talabi qachongacha tan olinadi?
to o'lguniga qadar.
Bu so‘z ingliz tilida dexqon uyi degan ma’noni bildiradi. Asosan 16 asr oxiri 17 asr boshlarida Angliyada qurila boshlagan, keyinchalik Skandinaviya, AQSh va b. joylarda tarqalgan
Diqqat savol: Bu dehqon uyini biz qanday ataymiz?
kottej
qanday holada yakka tartibdagi tadbirkor to'lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin?
Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa,Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsa,
Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi?
ismoniy shaxs pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa, sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga kim belgilanadi?
vasiylik
homiylik qachon belgilanadi?
Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiisteʼmol qilish natijasida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qoʻyilganda
Olmon faylasufi Artur Shopengauer uni sevmagan odam erkinlikni sevmaydi degan. Abu Ali ibn Sino esa aksincha u insonni halokatga olib keladi degan.
Diqqat savol: Uni nimaligini toping?
Shopengauer yolg'izlik bu - erkinlik degan. Ibn Sino - yolg‘izlik halokatga olib keladi degan
Fuqaroni bedarak deb yo`qolgan deb topish tartibi qanday?
Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida maʼlumotlar boʻlmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topishi mumkin.
Yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan kunni aniqlash mumkin boʻlmasa, bedarak yoʻqolgan deb hisoblash muddati yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin boʻlmagan taqdirda esa —keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi.
harbiy harakatlar munosobati bilan bedarak yo`qolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish tartibi qanday?
harbiy harakatlar tamom boʻlgan kundan eʼtiboran kamida ikki yil oʻtgandan keyin sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi mumkin.
Vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning mol-mulkini haq toʻlashni nazarda tutadigan bitimlar asosida olgan shaxslar mol-mulkni vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning tirikligini bila turib sotib olganliklari isbotlansa nima bo'ladi?
ular fuqaroga bu mol-mulkni qaytarib berishlari shart. Bunday mol-mulkni asli holida qaytarib berishning imkoni boʻlmasa, uning qiymati toʻlanadi.
fuqarolik holati hujjatlarini sanab bering!
tugilish
o'lim
nikoh tuzilganligi
nikohdan ajralish
“Agent Jonni Inglish” filmining reklama afishalarida bosh qahramon xarakterini ko‘rsatuvchi uchta ta'rif berilgan. Dastlabki ikkitasi hamma bosh qahramonlarga ishlatiladigan siyqasi chiqqan ta'rif: u qo‘rquvni bilmaydi, u arazlash (xafa bo‘lish) nimaligini bilmaydi
Diqqat savol: Bosh qahramon rolini Rouen Atkinson ijro etganligini hisobga olib, uchinchisini toping?
U hech narsani bilmaydi deyilgan.