Dunyodagi eng katta davlatlardan biri hisoblangan ushbu mamlakat bayrog‘ida 50 ta yulduz va 13 ta chiziq bor. 13 ta chiziq mamlakat mustaqilligining boshlanishidagi dastlabki hududlarni anglatadi. Bu qaysi davlat?
Javob: AQSH (Amerika Qo‘shma Shtatlari).
Zamonaviy iqtisodiyot otasi Adam Smit bo‘sh bozordagi tartibni qanday tushuncha bilan ta’riflagan? Ya’ni, har bir inson o‘z manfaatini ko‘zlab harakat qilsa-da, jamiyat uchun foyda keltiruvchi mexanizm nima deb ataladi?
"Ko‘rinmas qo‘l" (Invisible Hand).
birinchi bo‘lib telefon apparati uchun patent olgan ixtirochi kim va qachon?
Aleksandr Bell. 1876
Miloddan avvalgi II asrdan boshlab, Sharq (Xitoy) va G‘arbni (Rim) bog‘lagan, O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan eng mashhur qadimiy savdo yo‘li nima deb ataladi?
Buyuk ipak yo‘li.
Futbol tarixida 3 marta Jahon chempioni (1958, 1962, 1970) bo‘lgan yagona futbolchi kim? U "Futbol qiroli" laqabi bilan butun dunyoga mashhur.
Javob: Pele (Edson Arantis du Nasimentu).
Ekvador poytaxti nima?
Javob: Kito
Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, soliq to‘lanmaydigan va rasmiy statistikada aks etmaydigan iqtisodiy faoliyat turi qanday nomlanadi?
Yashirin (norasmiy) iqtisodiyot
Radioaktivlik tushunchasini fanga kiritgan va Nobel mukofotini olgan ayol olima kim? U Poloniy va Radiy elementlarini kashf etgan.
Mariya Kyuri (Marie Curie).
18-asr oxirida Angliyada boshlangan, qo‘l mehnatidan mashina mehnatiga o‘tish jarayoni iqtisodiy tarixda qanday nomlanadi? Ushbu inqilobning asosi Jeyms Uatt ixtiro qilgan qaysi dvigatel edi?
Sanoat inqilobi (Industrial Revolution) va Bug‘ dvigateli.
Zamonaviy Olimpiada o‘yinlarining ramzi hisoblangan beshta birikkan xalqalar (ko‘k, sariq, qora, yashil, qizil) nimani anglatadi?
Dunyoning beshta qit'asini.
izoh:Ushbu ramz 1913-yilda Pyer de Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, sport orqali xalqlarning birlashishini ifodalaydi.
Dunyodagi barcha davlatlar bayrog‘i to‘rtburchak shaklda, lekin faqat bitta Yevropa davlatining bayrog‘i mutlaq kvadrat shaklida. Bu qaysi davlat?
Javob: Shveytsariya
Aktivlarning (mol-mulk, aksiyalar, tilla) o‘z qiymatini yo‘qotmagan holda tezda naqd pulga aylanish qobiliyati iqtisodiyotda qanday termin bilan ataladi?
Likvidlilik (Liquidity). Masalan, naqd pul eng likvid aktiv, ko‘chmas mulk esa past
1843-yilda Charlz Bebbijning "Analitik mashinasi" (ilk mexanik kompyuter loyihasi) uchun dunyodagi birinchi algoritmni yozgan va tarixdagi birinchi dasturchi (programmist) hisoblangan ayol kim?
Ada Lavleys (Ada Lovelace).
1929-yilda AQSH fond birjasining qulashi bilan boshlangan va butun dunyoni qariyb 10 yil davomida iqtisodiy inqirozda ushlab turgan davr tarixda qanday nomlanadi?
Buyuk depressiya (The Great Depression)
izoh:Bu davrda ishsizlik darajasi rekord darajaga (AQSHda 25% gacha) chiqqan va ko‘plab banklar yopilib ketgan.
Shaxmat taxtasida jami 64 ta katak bor. Agar birinchi katakka 1 dona bug‘doy, ikkinchisiga 2 dona, uchinchisiga 4 dona va shu tariqa har bir keyingi katakka oldingisidan 2 barobar ko‘p don qo‘yib chiqilsa, oxirgi (64-chi) katakdagi donlar soni taxminan qancha bo‘ladi?
18 kvantilliondan ortiq. (Aniqrog‘i (2^64)-1). yoki 2^64
Dunyo okeanida shunday bir dengiz borki, uning hech qanday quruqlikdagi qirg‘og‘i (chegarasi) yo‘q. U faqat okean oqimlari bilan chegaralangan va o‘ziga xos suvo‘tlari bilan mashhur. Bu qaysi dengiz va u qaysi okeanda joylashgan?
Javob: Sargasso dengizi, Atlantika okeanida.
izoh: Uni to‘rtta yirik okean oqimi aylanib o‘tadi va o‘ziga xos turg‘un ekotizim hosil qiladi.
Odatda narx oshsa, talab kamayadi. Lekin shunday past sifatli tovarlar borki, ularning narxi oshsa ham iste'molchilar ularni yanada ko‘proq sotib olishga majbur bo‘lishadi (chunki qimmatroq oziq-ovqatga puli yetmay qoladi). Bunday tovarlar iqtisodiyotda kimning nomi bilan ataladi?
Giffen tovarlari (Giffen goods). Masalan, o‘ta qashshoq hududlarda non yoki kartoshka narxi oshsa ham, go‘shtga puli yetmagan aholi faqat shu mahsulotni ko‘proq sotib oladi.
15-asr o‘rtalarida metall harflar yordamida kitob bosib chiqarish dastgohini ixtiro qilgan nemis ustasi kim? Bu ixtiro tufayli bilim butun dunyoga tez tarqala boshlagan.
Iohann Gutenberg.
izoh:Uning bosmaxonasida chop etilgan birinchi yirik kitob "Gutenberg Bibliyasi" hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin, vayron bo‘lgan Yevropa iqtisodiyotini qayta tiklash uchun AQSH tomonidan taqdim etilgan ulkan moliyaviy yordam dasturi qanday nomlanadi?
Marshall rejasi (Marshall Plan).
izoh:AQSH bu reja orqali Yevropaga 13 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan va G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy o‘sishiga poydevor qo‘ygan.
Oʻzbekistonlik ilk shaxmat Grandmaster (GM) kim ?
Georgy Agzamov. U 1984-yilda FIDE tomonidan xalqaro grandmaster unvonini olgan va Markaziy Osiyoda ham birinchi bo‘lgan shaxmat ustasi hisoblanadi.
Dengiz sathidan 3640 metr balandlikda joylashgan, dunyodagi eng baland poytaxt shahar qaysi?
Javob: La-Pas
Diversifikatsiya nima?
Bu atama lotincha diversus (turli xil) va facere (qilmoq) so‘zlaridan olingan bo‘lib, xavf-hatarlarni (risklarni) kamaytirish uchun mablag‘larni, ishlab chiqarishni yoki investitsiyalarni turli yo‘nalishlarga bo‘lib yuborishni anglatadi.
1947-yilda zamonaviy elektronikaning "yuragi" bo‘lgan Tranzistorni ixtiro qilgan uchlikdan biri (Shokli va Bardin bilan birga) kim? U, shuningdek, dunyoda ikki marta Fizika bo‘yicha Nobel olgan yagona inson hisoblanadi.
Jon Bardin.
fakt: Tranzistor ixtiro qilinmaganda, hozirgi smartfonlar, kompyuterlar va sun’iy intellekt mavjud bo‘lmas edi. U o‘zining ikkinchi Nobelini o‘ta o‘tkazuvchanlik nazariyasi uchun olgan.
1930-yillardagi Buyuk depressiya davrida klassik iqtisodchilar "Bozor o‘zini-o‘zi davolaydi, davlat aralashishi shart emas" deb isonishgan. Biroq, ishsizlik 25% ga chiqib, iqtisodiyot butkul to‘xtab qolganda, bir mashhur iqtisodchi mutlaqo yangi nazariyani ilgari surdi. Bu iqtisodchining ismi nima?
Jon Meynard Keins (John Maynard Keynes).
Futbol tarixida JCHda eng ko'p gol urgan futbolchi kim?
Miroslav Klose. 16 ta gol
2002, 2006, 2010 va 2014-yilgi JChlarda qatnashgan
Germaniya terma jamoasi bilan 2014-yilda chempion bo‘lgan