Rasululloh (s.a.v) Badrga ketishda kimlar bilan bitta tuyani almashib mindilar?
Ali ibn Abu Tolib va Marsad ibn Abu Marsad bilan birgalikda bitta tuyani navbatma-navbat minishgan.
Rasululloh (s.a.v) Badrning quyi tomoniga aynan qaysi oy, qaysi kun va qaysi vaqtda yetib keldilar?
Ramazonning 17-kuni, juma kechasi, xufton paytida.
Rasululloh (s.a.v) nima uchun ulovini olib kelishga ruxsat so‘ragan sahobiylarni kutmasdan yo‘lga chiqdilar?
Chunki Rasululloh (s.a.v): «Кimning ulovi tayyor bo‘lsa, biz bilan yursin», deb qat’iy shart qo‘ydilar. Bu safarning shoshilinch va hoziru nozirlikni talab qilishiga ishora edi.
Rasululloh (s.a.v) o‘liklar tashlangan quduq tepasiga kelib, ularga qarata qaysi savolni berdilar?
Rasululloh (s.a.v) o‘liklar tashlangan quduq tepasiga kelib, ularga qarata qaysi savolni berdilar?
Hazrat Umar (r.a) asirlar masalasida qanday qat’iy taklif bergan edilar?
U har bir sahobiy o‘zining mushrik qarindoshini o‘ldirishi kerakligini, toki qalbda kofirlarga nisbatan yumshoqlik yo‘qligini ko‘rsatishni taklif qildi.
Dunyo tarixida o‘xshashi bo‘lmagan "asirlikdan ozod bo‘lish sharti" nima edi?
Mablag‘i yo‘q asirlar o‘nta musulmon bolasiga o‘qish va yozishni o‘rgatib qo‘ysalar, evaziga ozod qilinadigan bo‘ldilar.
Rasululloh (s.a.v) Quraysh meshkobchilaridan (suv tashuvchilaridan) qanday ma’lumot oldilar?
Ularning tepalik ortida ekanini, kuniga necha tuya (9-10 ta) so‘yayotganini bildilar. Bu orqali dushman soni 900-1000 atrofida ekanini aniqladilar.
Farishtalar yordamga kelishi haqidagi xabarni Jabroil (a.s) Rasulullohga qanday holatda yetkazdi?
Otining jilovini tutib, ustida urush
Anjomlari (aslahalari) bilan kelgan holatda.
Badr jangidagi ilk qurbon (to‘qnashuvda o‘lgan birinchi kishi) kim edi?
Asvad ibn Abdul Asad Maxzumiy edi (u hovuzni buzishga qasam ichganida Hamza r.a. tomonidan o‘ldirildi)
Abu Sufyonni musulmonlar unga qarshi chiqqani haqida ogohlantirgan "ba'zi yo'lovchilar" aynan qayerda unga duch kelishgan edi?
Hijozga yaqinlashgan joyida.
Musulmonlardan Horis ibn Suroqa qanday holatda shahid bo'ldi?
Hovuzdan suv ichayotganida tomog'iga o'q sanchildi.
Jang tugagach, qaysi mavzuda musulmonlar ortasida turlixil fikr paydo boldi?
Kim o‘ljalarga ko‘proq haqli degan mavzuda.
Umayya ibn Xalafning jasadi nega boshqa mushriklar jasadi bilan qoshib quduqqa tashlanmadi?
Sovuti ichida shishib ketgani uchun uni ko'tarib bo'lmadi (ustiga tosh va tuproq bostirildi).
Asirlikda bo'lgan Abu Aziz ibn Umayr ansoriylarning qaysi olijanobligidan hayratda qolgan edi?
O'zlari xurmo yeb, nonni (yaxshi taomni) asirga berganlaridan.
Abbos ibn Abdulmuttolib fidyasini to'lagach, uning o'rniga nimalarga ega bo'lganini, Allohni vadasi haq ekanligini eslatadi?
Bergan 20 uvqiya oltini o'rniga, Alloh taolo kǒp molu mulk bergani va 20 ta quli bergani va islomda darajasi yuqori bolganligi aytadi.
Allohning vadasi: Ey Nabiy, qo‘lingizdagi asirlarga: «Agar Alloh qalblaringizda yaxshilik borligini bilsa, sizga o‘zingizdan olingan narsadan ko‘ra yaxshiroq narsa berur va sizni mag‘firat qilur...» deb ayt!" (Anfol-70 )
Rasululloh (s.a.v) Badr yaqinida dushman sonini aniqlashda qaysi "iqtisodiy" ko‘rsatkichdan foydalandilar?
Dushman har kuni so‘yayotgan tuya sonidan (9-10 ta tuya so‘yilishi 900-1000 kishilik qo‘shinni anglatardi).
Qaysi ayol har bir dushmanning uyidan o‘lik chiqishi haqida aytkn edi?
Otika binti Abdulmuttolib.
Mushriklarning razvedkachisi Umayr ibn Vahb al-Jamhiy musulmonlarni ko‘rib qaytgach, ularni nima deb ta’rifladi.
Ular o‘limni (balolarni) ko‘tarib kelayotganga o‘xshaydi" va "qiIichidan boshqa quroli yo‘q" deb ta’rifladi.
Dushman tomondan qaysi sahobalar qanday xabar olib keldilar?
Ammor ibn Yasir va Abdulloh ibn Mas’ud mushriklar qattiq qo‘rqinchda ekani va osmon ham ularni tinch qo‘ymayotgani (yomg‘ir tufayli) haqida xabar keltirishdi.
Asir tushgan Abbos ibn Abdulmuttolib "Men musulmon edim, majburan keldim" deganida Rasululloh (s.a.v) unga qanday javob berdilar?
Sirtingdan bizga qarshi bo‘lding, shuning uchun tovon (fidya) berasan" dedilar.
Badrda o‘qish-yozishni o‘rgatish evaziga ozod bo‘lgan asirlardan ta’lim olgan eng mashhur sahobiy kim?
Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu.
(Vahiy kotibi)Bir sahoba jang vaqtida yeyotkan narsasini nega yerga tashlab yubordi? U kishi kim edi ba nega yeyotkan narsasini oxirigacha yemasdan tashlab yubordi
Umayr ibn Hamom, Ularni yeb tugatguncha o'tadigan vaqtni "jannatga kirish uchun juda uzoq vaqt" deb bildi va xurmolarni tashlab jang maydoniga shoshilgancha kirib ketti.
(Va jangda shahid böldi)Musulmonlar o‘rtasidagi ilk moliyaviy ixtilof qanday yuz bergan va qanday yechim topgan?
Badr jangidan keyin o‘ljalarni taqsimlash ustida kelib chiqqan (o‘ljani to‘plaganlar, dushmanni quvganlar va Rasulullohni qo‘riqlaganlar o‘zlarini haqliroq deb hisoblashgan). Muammo Anfol surasining 1-oyati nozil bo‘lishi bilan yechilgan: o‘ljalar Alloh va Rasulining ixtiyoriga o‘tkazilgan, so‘ngra sahobalar o‘rtasida teng taqsimlanib, o‘zaro nizo to‘xtatilgan.