A. Smitning fikricha, bozor iqtisodiyoti qanday mexanizm orqali o‘z-o‘zini tartibga solishi kerak?
Bozor usullari va "ko'rinmas qo'l" (erkin bozor) orqali.
Fiskal siyosat deganda davlatning qaysi faoliyati tushuniladi?
Davlatning soliq-byudjet siyosati.
Dj. M. Keynsning asosiy g'oyalari qaysi mashhur kitobida o'z aksini topgan?
"Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari" (1936-yil).
Tashqi iqtisodiy siyosatda eksportni ko‘paytirish zarur bo‘lganda qanday choralar ko‘riladi?
Litsenziyalar beriladi va eksport kvotasi oshiriladi.
Hozirgi davrda davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning muhim maqsadlaridan biri nima?
Siklga (inqirozlarga) qarshi tartib solish va iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini ta’minlash.
Passiv fiskal siyosatning o‘ziga xos xususiyati nimada?
Moliyaviy dastaklarni o‘zgartirmay, ularning erkin ishlashiga yo‘l beradi (iqtisodiy o‘sish to‘xtovsiz borayotgan kezda qo‘llaniladi).
XX asrning 70-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash g‘oyasi qanday nomlar bilan ilgari surildi?
Monetarizm, "reygonomika" va "tetcherizm"
O‘zbekistonda agrar sohada kapitallashuvni saqlab qolish uchun davlat qanday moliyaviy yordam beradi?
Rentabellik pastligi sababli fermerlarga subsidiya beradi va xarajatlarni qisman qoplaydi.
Keyns nazariyasi urushdan keyingi davrda qaysi turdagi mamlakatlarda keng foydalanildi?
Bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha rivojlangan mamlakatlarda.
Global iqtisodiy siyosatda "ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish" qanday amalga oshiriladi?
Tovarlarning qimmatlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eksport soliqlar bilan cheklanadi, importga esa soliq belgilanmaydi