A. Smitning fikricha, bozor iqtisodiyoti qanday mexanizm orqali o‘z-o‘zini tartibga solishi kerak?
Bozor usullari va "ko'rinmas qo'l" (erkin bozor) orqali.
Bozor iqtisodiyotida davlat qanday ishtirok etadi?
Davlat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi va bozor tizimining to'g'ri faoliyat ko'rsatishiga ta'sir qiladi.
Fiskal siyosat deganda davlatning qaysi faoliyati tushuniladi?
Davlatning soliq-byudjet siyosati.
Dj. M. Keynsning asosiy g'oyalari qaysi mashhur kitobida o'z aksini topgan?
"Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari" (1936-yil).
Bozor iqtisodiyotida davlatning asosiy iqtisodiy vazifalari nimalardan iborat?
• Huquqiy asoslarni yaratish va takomillashtirish. • Raqobatni himoya qilish
• Daromadlarni qayta taqsimlash
• Resurslarni qayta taqsimlash
• lqtisodiyotni barqarorlashtirish
• Tashqi savdoni tartibga solish
Tashqi iqtisodiy siyosatda eksportni ko‘paytirish zarur bo‘lganda qanday choralar ko‘riladi?
Litsenziyalar beriladi va eksport kvotasi oshiriladi.
Hozirgi davrda davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning muhim maqsadlaridan biri nima?
Siklga (inqirozlarga) qarshi tartib solish va iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini ta’minlash.
Davlat tabiiy monopoliyalar faоliyatini qanday tartibga soladi?
Davlat transport, aloqa, elektr energiyasi kabi tabiiy monopoliyalarda narxlarni tartibga soladi hamda ko'rsatiladigan xizmatlarga standartlar o'rnatadi.
Passiv fiskal siyosatning o‘ziga xos xususiyati nimada?
Moliyaviy dastaklarni o‘zgartirmay, ularning erkin ishlashiga yo‘l beradi (iqtisodiy o‘sish to‘xtovsiz borayotgan kezda qo‘llaniladi).
XX asrning 70-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash g‘oyasi qanday nomlar bilan ilgari surildi?
Monetarizm, "reygonomika" va "tetcherizm"
Bozor tizimida daromadlar tengsizligi nima sababdan yuzaga keladi va davlat uni qanday kamaytiradi?
Bozor tizimida daromadlar jamiyat a'zolari o'rtasida teng taqsimlanmasligi mumkin. Davlat bu tengsizlikni kamaytirish uchun transfer to'lovlari, nafaqalar, ijtimoiy yordam dasturlari orqali aholiga yordam beradi.
O‘zbekistonda agrar sohada kapitallashuvni saqlab qolish uchun davlat qanday moliyaviy yordam beradi?
Rentabellik pastligi sababli fermerlarga subsidiya beradi va xarajatlarni qisman qoplaydi.
Keyns nazariyasi urushdan keyingi davrda qaysi turdagi mamlakatlarda keng foydalanildi?
Bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha rivojlangan mamlakatlarda.
Davlat iqtisodiyotga qanday ikki asosiy yo'nalishda aralashadi?
1. Davlat sektori orqali korxonalarda tovar va xizmatlar ishlab chiqarib bozor munosabatlarida ishtirok etadi. 2. Umumiy manfaatlarni himoya qiluvchi kuch sifatida iqtisodiyotni tartibga soladi.
Global iqtisodiy siyosatda "ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish" qanday amalga oshiriladi?
Tovarlarning qimmatlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eksport soliqlar bilan cheklanadi, importga esa soliq belgilanmaydi