Startapga investitsiya qilish nimani anglatadi?
Bu yangi biznes yoki innovatsion loyihaga pul kiritishdir, odatda risk yuqori bo‘ladi, lekin foyda ham katta bo‘lishi mumkin.
Obligatsiya nima?
Qarz qimmatli qog‘ozi bo‘lib, investor ma’lum foiz bilan pulini qaytarib oladi.
Investor kim?
Investor — o‘z mablag‘ini foyda olish maqsadida investitsiya qiladigan shaxs yoki tashkilot.
Investitsiya turlari qanday?
Moliyaviy investitsiya (aksiyalar, obligatsiyalar)
Real investitsiya (binolar, uskunalar)
Intellektual investitsiya (ta’lim, ilmiy tadqiqotlar)
Investitsiya nima?
Investitsiya — kelajakda foyda yoki daromad olish maqsadida pul, vaqt yoki boshqa resurslarni biror loyiha, biznes yoki aktivga kiritishdir.
Agar inflyatsiya 10% bo‘lsa, investitsiya kamida necha % daromad berishi kerak?
10% dan yuqori.
Nega investor barcha pulini bitta loyihaga kiritmasligi kerak?
Riskni kamaytirish uchun.
Agar loyiha foydasi yuqori bo‘lsa, odatda uning riski qanday bo‘ladi?
Yuqori bo‘ladi.
Investor 3 ta loyihaga teng pul ajratdi. Bu nima deyiladi?
Diversifikatsiya.
Investor pulni uzoq muddatga qo‘ysa, odatda nima oshadi?
Daromad ehtimoli.
Xususiy investitsiya bilan davlat investitsiyasining farqi nima?
Xususiy investitsiya shaxsiy mablag‘dan, davlat investitsiyasi esa davlat budjetidan amalga oshiriladi.
Xususiy investitsiya iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
Yangi ish o‘rinlari yaratadi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi.
Xususiy investitsiyaning asosiy maqsadi nima?
Foyda olish va kapitalni ko‘paytirish.
Xususiy investitsiya nima?
Jismoniy shaxs yoki xususiy kompaniya tomonidan kiritilgan investitsiya.
Xususiy investor kim?
O‘z mablag‘ini foyda olish uchun biznes yoki loyihaga kiritadigan shaxs.
Qachon investor investitsiyani to‘xtatishi kerak?
Agar loyiha zarar keltirish ehtimoli yuqori bo‘lsa.
Nima uchun investorlar har doim riskni hisobga oladi?
Chunki har bir investitsiya foyda bilan birga zarar ehtimolini ham olib keladi.
Agar ikki loyiha bir xil daromad bersa, investor qaysi birini tanlaydi?
Riski past bo‘lganini.
Nima uchun uzoq muddatli investitsiya ko‘pincha muvaffaqiyatli bo‘ladi?
Chunki vaqt o‘tishi bilan kapital o‘sadi.
Investor investitsiya qilishdan oldin eng muhim nimani o‘rganadi?
Bozor va loyiha imkoniyatlarini.
Nega yuqori daromad va’da qiladigan investitsiyalar ko‘pincha yuqori riskga ega?
Chunki katta foyda ehtimoli bilan birga katta yo‘qotish ehtimoli ham bo‘ladi.
Investor loyiha foydasini baholashda faqat daromadni ko‘rishi yetarlimi?
Yo‘q, risk va xarajatlarni ham hisobga olish kerak.
Agar investor bir loyiha zarar ko‘rsa ham boshqa loyihalardan foyda olsa, bu qanday strategiya natijasi?
Diversifikatsiya strategiyasi.
Nima uchun investorlar faqat foydaga emas, balki likvidlikka ham qaraydi?
Chunki kerak bo‘lganda aktivni tez sotish imkoniyati muhim.
Nega ko‘p investorlar eng katta foydani bozor pasaygan paytda qiladi?
Chunki aktivlarni arzon narxda sotib olishadi.