Ilk bolalik davri qaysi yosh oralig‘ini o‘z ichiga oladi?
Ilk bolalik davri 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Hayotingizdan bitta qiziq voqea aytib bering
👀
Bu davrda bolalarda qaysi diqqat turi ustun bo‘ladi?
Ixtiyorsiz diqqat ustun bo‘ladi.
Raqib jamoadan 100 ball oling
🤭
Ilk bolalik davrida qaysi sezgi organlari ayniqsa tez rivojlanadi?
Ko‘rish va eshitish analizatorlari tez rivojlanadi.
Mantiqiy: Men har doim ko‘tarilaman, lekin hech qachon yerga tushmayman. Men kimman?
Yosh
Bola qachon asosiy ranglarni bir-biridan farqlay boshlaydi?
Ilk bolalik davrida bola asosiy ranglarni farqlay boshlaydi.
Ilk bolalik davrida bolalar harakatlarining asosiy xususiyati nima?
Ularning harakatlari asosan kattalarga taqlid qilish xarakteriga ega bo‘ladi.
Ilk bolalik davri nima uchun bola rivojlanishida muhim hisoblanadi?
Chunki bu davr bolaning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim bosqich hisoblanadi.
Ilk bolalik davridagi rivojlanishning asosiy omillari nimalardan iborat?
To‘g‘ri yurish, muloqotga kirishish va predmetli faoliyatni egallash.
Oldindan hayitlik 300$ 😉
Arzimaydi!
Bola yurishni o‘rgangach uning psixik rivojlanishida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Bola ko‘proq predmetlar bilan tanishadi, ularning vazifalarini amalda o‘rganadi va fazoni idrok qila boshlaydi.
Bolalar nega tez-tez “Bu nima?” degan savolni beradilar?
Chunki ular predmetlarning vazifasi va mohiyatini bilishga qiziqadilar.
Bola fazoni qanday bilib boradi?
Dastlab qo‘l harakatlari orqali yaqin fazoni, keyinchalik esa yurish orqali masofa va yo‘nalishni bilib boradi.
Ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat turi nima hisoblanadi?
Predmetlar bilan manipulyativ harakatlar yetakchi faoliyat hisoblanadi
Ushbu fan bo'yicha 5 ta atama va ta'rifini ayting
1,5 – 3 yosh oralig‘i nutq rivojlanishida qanday davr hisoblanadi?
Bu davr nutq rivojlanishining senzitiv davri hisoblanadi.
Ilk bolalik davrida tafakkur qanday xarakterga ega bo‘ladi?
Tafakkur asosan ko‘rgazmali-harakatli xarakterga ega bo‘ladi.
3 yoshdagi inqiroz nimada namoyon bo‘ladi?
Bola mustaqil bo‘lishga intiladi, qaysarlik, o‘jarlik va “o‘zim qilaman” kabi xatti-harakatlar bilan namoyon bo‘ladi.
Bola 3 yoshga kelib taxminan nechta so‘zni ishlata oladi?
500 dan 1500 tagacha so‘zni ishlata oladi.