Islom manbalari
Islom manbalari
Islom manbalari
Islom manbalari
Islom manbalari
100

Qur’on oyatlari dastlab nimalarga yozilgan?

Yozishni biladigan sahobalar (masalan, Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Alisher ibn Abu Tolib va boshqalar) oyatlarni xurmoning po‘stlog‘i, yassi toshlar, katta suyaklar va teriga yozib borishgan.

100

Qur’onni kitob holiga keltirish (jamlash) ishlari kimlarning davrida amalga oshirildi?

Bu muhim ishlar Abu Bakr Siddiq va Usmon ibn Affon (r.a.) xalifalik qilgan davrlarda amalga oshirilgan.

100

Yagona Mus'haf (Usmon Mus'hafi) tayyor bo'lgach, boshqa xil lahjalardagi sahifalar nima qilindi?

Kelgusida ixtiloflar kelib chiqmasligi uchun ularning barchasi kuydirib yuborildi.

100

Hadisi nabaviyning qudsiy hadisdan farqi nimada?

Hadisi nabaviyda ham ma'no, ham lafz Payg'ambarimiz (a.s.)ga tegishli deb hisoblanadi.

100

Oddiy odamlarning fikri ham ijmo hisoblanadimi?

Yo‘q, ijmo qilish uchun faqat diniy masalalarni chuqur biladigan, hukm chiqarish darajasiga etgan mujtahid olimlar ishtirok etishi shart.


200

"Kuttobu-l-vahy" kimlar?

Bu ibora "vahiyni yozib oluvchi kotiblar" degan ma’noni anglatadi. Ular nozil bo‘lgan oyatlarni yozishga mas’ul bo‘lgan sahobalardir.

200

"Ridda" urushlari va Qur’on tarixi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Abu Bakr Siddiq davridagi dindan qaytganlarga qarshi bo‘lgan "Ridda" urushlarida Qur’onni to‘liq yod olgan 70 ga yaqin qori shahid bo‘lgan. Bu voqea Qur’onni kitob holiga keltirib, saqlab qolish zaruriyatini tug‘dirgan.

200

"Hadis" so'zining lug'aviy ma'nosi nima va u nimani anglatadi?

Lug'atda "so'z, xabar, hikoya, yangi narsa" degan ma'nolarni bildiradi. Istilohda esa Payg'ambarimiz (a.s.) aytgan so'zlari, qilgan ishlari va taqrirlari (ko'rib-eshitib qaytarmagan ishlari) haqidagi xabarlardir.

200

Islomning ilk davrida hadislarni yozish nima uchun taqiqlangan edi?

Hadislar Qur'oni Karim oyatlari bilan aralashib ketishining oldini olish maqsadida ularni yozish man etilgan edi. Keyinchalik, Qur'onning aksar qismi nozil bo'lib bo'lgach, yozishga ruxsat berilgan.

200

Tarixdan ijmo qilingan biror misol keltiring.Eng mashhur misol.

Sahobalarning Qur’onni bitta kitob holiga keltirish (mus’haf qilish) haqidagi qarori ijmoning eng mashhur misolidir.

300

Qur’on necha yil davomida va qayerlarda nozil bo‘lgan?

Qur’on jami 23 yil davomida nozil bo‘lgan: uning 13 yili Makkada, 10 yili esa Madinada kechgan.

300

"Etti xil qiroat" nima va u nima uchun ruxsat etilgan?

Bu Qur’onning etti xil arab lahjasida (Quraysh, Xuzayl, Havozin, Yaman va b.) o'qilishidir. Bu turli qabila vakillariga Qur’onni tushunish va tilovat qilish oson bo'lishi uchun berilgan ilohiy engillik edi.

300

Sunnat necha turga bo'linadi va ular qaysilar?

Sunnat uch turga bo'linadi:

Qavliy sunnat — aytilgan so'zlar.

Fe'liy sunnat — bajarilgan ishlar.

Taqririy sunnat — sahobiylar qilgan ishga Payg'ambar (a.s.)ning indamasliklari yoki ma'qullashlari.

300

Birinchi hadis to'plami kimning ko'rsatmasi bilan va kim tomondan tuzilgan?

Xalifa Umar ibn Abdulaziz ko'rsatmasiga binoan muhaddis Muhammad ibn Shihob Zuhriy tomonidan yozilgan.

300

Qiyosning lug‘aviy va shar’iy ma’nosi nima?


Lug‘atda "o‘lchash", "tenglashtirish" degani. Shariatda esa — hukmi ma’lum bo‘lmagan yangi masalani, unga o‘xshash hukmi bor eski masalaga solishtirib hal qilishdir.

400

Makkiy va madaniy suralarning asosiy farqi nimada?

Makkiy suralar: Qisqa, lekin keng ma’noli bo‘lib, asosan tavhid (yakka xudolik), oxirat, jannat va do‘zax kabi e’tiqodiy masalalarni qamrab olgan.

Madaniy suralar: Uzunroq bo‘lib, asosan shariat qonun-qoidalari, jamiyat odoblari, oilaviy munosabatlar va savdo-sotiq (muomalat) masalalariga bag‘ishlangan.

400

Bu etti xil qiroat keyinchalik qanday muammoni keltirib chiqardi?

Islom dini keng tarqalishi natijasida turli hududlardagi musulmonlar o'rtasida qiroat borasida ixtiloflar va tortishuvlar yuzaga kelgan. Har bir tomon o'z qiroatini to'g'ri va afzal deb da'vo qila boshlagan.

400

Sunnat tushunchasi hadisdan nimasi bilan farq qiladi?

Sunnat hadisdan ko'ra kengroq ma'noni anglatadi. U Rasulualloh (a.s.)ning hayot tarzlari, odob-axloqlari va butun diniy yo'llarini ham o'z ichiga oladi.

400

Hadis ilmi tarixida qaysi davr "oltin davr" hisoblanadi?

IX asr. Bu davrda hadislar ishonchli manbalarga asoslanib, ilmiy ravishda tartibga solingan va muayyan qonun-qoidalarga tayanib tasniflangan.


400

Qiyosning 4 ta ustuni (rukni) qaysilar?

Asl (eskidan hukmi bor narsa);

Far’ (yangi paydo bo‘lgan narsa);

Illat (ikkalasini bog‘lab turuvchi sabab);

Hukm (chiqarilgan qaror).


500

Nima uchun Payg‘ambarimiz (a.s.) davrlarida Qur’on to‘liq kitob holiga keltirilmagan?

Buning ikki asosiy sababi bor edi:

Oyatlar vaqt-vaqti bilan davomiy ravishda tushib turgan.

Odamlar orasida hali vahiy tushishi davom etadi degan tushuncha bo‘lgan.

500

Usmon (r.a.) tomonidan amalga oshirilgan eng muhim ish nima edi?

U kishi Qur'on qiroatini yagona shaklga (lahjaga) keltirib, uni kitob holida ko'paytirganlar.

500

Hadis tarkibiy jihatdan qaysi qismlardan iborat?

Hadis ikki qismdan iborat:

Matn — xabarning o'zi.

Isnod (yoki sanad) — hadisni aytgan va yetkazgan kishilar (roviylar) zanjiri.

500

Ijmoning qanday turlari bor?


Ikki turi bor: Sarih ijmo (olimlar o‘z fikrini ochiq aytishi) va Sukutiy ijmo (bir olim hukm chiqarganda, boshqalari e’tiroz bildirmay sukut saqlashi).

500

Qur’onda "giyohvandlik" so‘zi bormi? Agar yo‘q bo‘lsa, u qanday qilib harom deyiladi?

Qur’onda bu so‘z uchramaydi, lekin Qiyos orqali uning hukmi topiladi. Giyohvandlik ham xuddi aroq kabi inson aqllini mast qiladi va sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Shu o‘xshashlik (illat) sababli u ham aroq kabi harom deb hisoblanadi.