Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning eng muhim bo‘g‘ini nima hisoblanadi?
Mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish nimani anglatadi?
Davlat korxonalarini nodavlat shakllarga aylantiris
Milliy valyuta joriy qilinishi davlat uchun nimani ta’minlaydi?
Mustaqil moliya va pul-kredit siyosatini yuritish imkonini.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichi qaysi yillarda bo‘lgan
1992-1993
Xususiylashtirish nima?
Davlat mulkini fuqarolar yoki nodavlat tashkilotlarga sotish yoki berish jarayoni.
Bozor infratuzilmasini yaratishning birinchi yo‘nalishi nima edi?
Tovar-xomashyo birjalari tizimini rivojlantirish.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning asosiy maqsadi nima
Ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobat muhitini yaratish.
Xususiylashtirishning nechta asosiy usuli mavjud
3
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish qanday yo‘l bilan amalga oshirildi
Evolyutsion (bosqichma-bosqich) yo‘l bilan.
Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi qaysi yillarda amalga oshirilgan
1994-1995
2003-yilda qabul qilingan Prezident farmoni nimani kuchaytirishga qaratilgan edi?
Iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirishga.
O‘zbek modeli nechta asosiy tamoyilga asoslanadi?
5
O‘zbek modelining birinchi tamoyili nima?
Iqtisodiyot siyosatdan ustun bo‘lishi
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning asosiy maqsadi nima edi?
Ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach qaysi iqtisodiy tizimdan voz kechdi?
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan.
Bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan biri bo‘lgan birjalar nima vazifani bajaradi?
Savdo va bitimlarni tashkil etish.
O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish uchun qanday sharoit yaratilgan?
Soliq va iqtisodiy imtiyozlar.
Valyuta bozori nima uchun kerak?
Turli mamlakat pullarini ayirboshlash uchun.
Bozor iqtisodiyotida banklarning asosiy vazifasi nima?
Pul mablag‘larini boshqarish va kredit berish.
Davlat iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda qanday rol o‘ynaydi?
Islohotlarni tashkil etadi va nazorat qiladi
Xususiylashtirish jarayonida davlatning nazorat paketini saqlab qolishdan ko‘zlangan maqsad nima edi?
Strategik tarmoqlar ustidan nazoratni saqlash.
1990–1997-yillarda neft ishlab chiqarish qanday o‘zgarish ko‘rsatdi?
2,8 mln tonnadan 7,9 mln tonnaga oshdi.
O‘zbekiston energotizimining Markaziy Osiyo birlashgan energotizimidagi ulushi qancha?
Taxminan 40%
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kamayadimi yoki butunlay yo‘qoladimi?
Yo‘qolmaydi, faqat tartibga soluvchi darajada qoladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish bilan xususiylashtirish bir xil tushunchami?
Yo‘q, xususiylashtirish davlat tasarrufidan chiqarishning bir qismi.