Vahiy
Da'vat
Hijrat
Aqaba
100

Hiro g'orisida bajarilgan «muroqaba» ibodati nimalarni anglatadi?

Xoliq va maxluqot haqida tafakkur qilish.

100

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarni Islomga necha yil davomida yashirincha da'vat qildilar?

Uch yil davomida.

100

Islomdagi birinchi hijrat qaysi diyorga bo'lgan va u nechanchi yili sodir bo'ldi?

Habashistonga, nubuvvatning 5-yilida.

100

Birinchi Aqaba bay'atida necha kishi ishtirok etdi?

O'n ikki kishi.

200

Payg'ambarlik kelishidan necha yil oldin Muhammad (s.a.v.)da tahannus va muroqaba ibodatlari paydo bo'lgan edi?

Ikki yil oldin.

200

Yashirin da'vatdan oshkoraga o'tish buyrug'i qaysi suraning oyati bilan keldi?

Shu'aro surasining 214-215-oyatlari.

200

Habashistonga qilingan birinchi hijratda necha kishi ishtirok etdi?

O'n olti kishi (12 erkak va 4 ayol).

200

Ikkinchi Aqaba bay'atida necha kishi qatnashdi?

Yetmish uch erkak va ikki ayol.

300

Vahiy uzilishidan keyin birinchi bo'lib nozil bo'lgan oyatlar qaysi suradan edi?

Muddassir surasining avvalgi oyatlari.

300

Rasululloh birinchi marta ochiq da'vat qilish uchun qaysi tepalikka chiqdilar?

Safo tepaligiga.

300

Habashistonga qilingan ikkinchi hijratda muhojirlarga kim rahbarlik qildi?

Ja'far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.

300

Rasululloh yasribliklarga Islomni o'rgatish uchun kimni yubordilar?

Mus'ab ibn Umayr roziyallohu anhuni.

400

Inson zoti uchun Alloh taolo bilan bevosita gaplashish imkoni bo'lmagani bois, U Zot bashar bilan gaplashadigan uch uslubdan birini ayting.

Vahiy orqali, parda ortidan yoki elchi yuborish orqali.

400

Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning da'vati sababli Islomni qabul qilgan va jannat bashorati berilgan besh sahobani ayting.

Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom, Abdurrahmon ibn Avf, Sa'd ibn Abu Vaqqos va Talha ibn Ubaydulloh.

400

Qamalni buzish uchun tashabbus ko'rsatgan besh insofli qurayshlikdan birini ayting.

Hishom ibn Amr, Zuhayr ibn Abu Umayya, Mut'im ibn Adiy, Abul Baxtariy yoki Zam'a ibn Asvad.

400

Ikkinchi Aqaba bay'atida qatnashgan ikki ayol sahobaning ismini ayting.

Ummu Umora Nusayba bint Ka'b va Asmo bint Amr.

500

Birinchi vahiydan keyin vahiyning uzilib qolishi («fatratul-vahiy») qancha vaqt davom etdi?

Taxminan bir oy.

500

Nubuvvatning 5-yilida musulmonlar sirli ravishda yig'iladigan joy qaysi edi?

Arqam ibn Abul Arqamning uyi.

500

Makkalik mushriklar Rasulullohni sinash uchun yahudiylardan o'rganib so'ragan uchta savoli nima haqida edi?

Ruh, Ahli kahf va ko'p tavof qiluvchi (Zulqarnayn) haqida.

500

Oyning ikkiga bo'linishi nubuvvatning nechanchi yilida yuz bergan edi?

Nubuvvatning 9-yili