1
2
3
4
5
100

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) deganda nima tushuniladi?

Turli mamlakatlar xo'jalik yurituvchi subyektlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar majmuidir.

100

XIMning asosiy obyekti nima?

Tovar va xizmatlar, kapital, ishchi kuchi hamda texnologiyalar almashinuvi.

100

Xalqaro mehnat taqsimoti nima?

Alohida mamlakatlarning muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va ular o'rtasidagi almashinuvdir.

100

XIM rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omil qaysi?

Ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi va fan-texnika taraqqiyoti.  

100

Dunyo xo'jaligi qanday tushuncha?

Dunyo mamlakatlari milliy xo'jaliklarining XIM orqali bog'langan yaxlit tizimidir.  

200

Xalqaro savdoning ikki asosiy tarkibiy qismini ayting.

Eksport (tovarlarni chiqarish) va import (tovarlarni olib kirish).

200

 "Savdo balansi" nima?

Muayyan vaqt davomida mamlakat eksporti va importi qiymatlari o'rtasidagi farq. 

200

Proteksionizm siyosati nima maqsadda yuritiladi?

Ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoya qilish maqsadida.

200

Erkin savdo (Libertarizm) siyosati nima?

Davlatning tashqi savdoga aralashuvini cheklash va to'siqlarni olib tashlash.  

200

Bojxona tarifi deganda nima tushuniladi?

Chegaradan o'tayotgan tovarlardan undiriladigan davlat boji.

300

Xalqaro kapital harakati qanday shakllarda amalga oshadi?

To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar, portfel investitsiyalari va xalqaro kreditlar.  

300

Portfel investitsiyasi nima?

Korxona ustidan nazorat o'rnatish huquqini bermaydigan qimmatli qog'ozlarni sotib olish.

300

Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi nima?

Mehnatga layoqatli aholining ish qidirib bir mamlakatdan boshqasiga ko'chib o'tishi.

300

''Aqllar oqimi" (Brain drain)

Yuqori malakali mutaxassislarning boshqa davlatlarga emmigratsiya qilishi. 

300

Kapital eksportidan maqsad nima?

Yuqori foyda olish va yangi bozorlarni egallash.  

400

Valyuta kursi nima?

Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligidagi ifodalangan bahosi.  

400

Konvertatsiya qilinadigan valyuta nima?

Boshqa xorijiy valyutalarga cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan pul birligi.

400

Devalvatsiya nima?

Milliy valyuta kursining xorijiy valyutalarga nisbatan pasayishi.

400

Revalvatsiya nima?

Milliy valyuta kursining xorijiy valyutalarga nisbatan ko'tarilishi.

400

Jahon valyuta tizimining asosiy markazlaridan birini ayting.

AQSH dollari, Yevro yoki Funt sterling zonasi.

500

Iqtisodiy integratsiya nima?

Mamlakatlar iqtisodiyotining o'zaro birlashishi va xo'jalik aloqalarining chuqurlashuvi. 

500

JST (WTO) tashkilotining to'liq nomi nima?

Jahon Savdo Tashkiloti.

500

Transmilliy korporatsiyalar (TMK) kimlar?

Turli mamlakatlarda o'z bo'limlariga ega bo'lgan yirik kompaniyalar. 

500

Erkin iqtisodiy zona nima?

Xorijiy tadbirkorlar uchun imtiyozli soliq va bojxona tartibi o'rnatilgan hudud.  

500

Globalizatsiya jarayoni nima?

Dunyo miqyosida iqtisodiy, siyosiy va madaniy birlashuv jarayoni.