Sifat yasalishi
Tovush oʻzgarishi
Feʼllarning tuzilishiga koʻra turlari
Koʻchirma gapli qoʻshma gap
KFSQ
100

Sifatlar necha xil usul bilan yasaladi?

2

100

Tilimizda tovush oʻzgarishlari soni nechta?

3 ta

100

Feʼllar necha xil tuzilishga ega?

4 xil

100

Koʻchirma gap doimo qaysi gap bilan birga keladi?

Muallif gapi 

100

KFSQning toʻliq nomini ayting

Koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi 

200

Soʻzning asosiy maʼnosini ifodalab, mustaqil qoʻllana oladigan qismi nima deyiladi?

Asos

200

Men+ ning=?  Tovush oʻzgarishini aniqlang

n tovushi tushib qoladi

200

Jabbor boʻlgan ishlarni oʻyladi- oʻyladi. Ushbu gapda kesim vazifasida kelgan feʼl qanday tuzilishga ega?

Takroriy feʼl

200

Muallif gapi keyin koʻchirma gap. Muallif gapidan keyin qanday tinish belgisi qoʻllanadi?

Ikki nuqta 

200

KFSQ qanday yoziladi?

Ajratib 

300

Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan qoʻshma sifatlar qanday yoziladi?

Qoʻshib 

300

Qayiq+ ga=? Tovush oʻzgarishini aniqlang 

Qayiqqa g/q ga oʻzgaradi

300

Qoʻshma feʼllar qanday yoziladi?

Ajratib

300

Koʻchirma gap doimo qaysi tinish belgisi ichida yoziladi?

Qoʻshtirnoq 

300

KFSQ da yetakchi feʼl nechanchi oʻrinda joylashadi?

Birinchi

400

Baxtli- taxtli , yakka- yu yagona tuzilishiga koʻra qanday sifat?

Juft sifat

400

U+ dan=? Tovush oʻzgarishini aniqlang 

Undan n ortadi

400

Singlisining toʻyida yelib- yugurib xizmat qildi. Ushbu gapdagi yelib- yugurib qanday feʼl?

Juft feʼl 

400

Koʻchirma gap soʻroq gap boʻlsa soʻroq belgisi qanday yoziladi?

Qoʻshtirnoq ichiga

400

Harakatning boshlanishi, davomiyligi, tezligi, tugallanishi kabi maʼnolarni qaysi feʼl anglatadi?

KOʻmakchi feʼl

500

Roʻparadan boy- badavlat yigit chiqib keldi. Ushbu gapda sifat qaysi soʻz?

Boy- badavlat 

500

Isi+ q=? Tovush oʻzgarishini aniqlang 

Issiq hosil boʻladi. S tovushi ortadi

500

Uxlab qoldi, ketib, andisha qilib, unib- oʻsdim. Ushbu feʼllar tarkibidan qoʻshma feʼlni toping

Andisha qilib 

500

Ustoz dedi: " Yaxshi oʻqinglar!". Koʻchirma gap qani?

"Yaxshi oʻqinglar!"

500

KFSQda -b,-ib qoʻshimchalari qaysi feʼl tarkibida keladi?

Yetakchi