Markaziy bank (yoki Emitent bank) nima?
Tarixan bir nechta tijorat banklari qo‘lida banknotalarni markazlashtirish orqali paydo bo‘lgan bank.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Rossiya qaysi turdagi Markaziy banklar?
Kapitaliga egalik nuqtai nazaridan davlatga tegishli Markaziy banklarga misollar.
AQSH va Italiya qanday turdagi Markaziy banklarga ega?
Aksiyadorlik shaklida tashkil etilgan Markaziy banklarga misollar.
Yaponiya va Belgiya qanday turdagi Markaziy banklarga ega?
Aralash turdagi (davlat va aksiyadorlik) Markaziy banklarga misollar.
Banknotalar emissiyasi nima?
Markaziy bank resurslarining asosiy manbai (40–85 foiz).
Majburiy zaxiralar odatda qanday hisobvarag‘ga o‘tkaziladi?
Foizsiz maxsus hisobvaraqlar.
Banklarga qisqa muddatli kredit berishning ta’minlangan shakllaridan biri.
Lombard krediti.
Markaziy bank davlat obligatsiyalarini sotib olish orqali nima qiladi?
Pul-kredit siyosati orqali likvidlikni tartibga soladi.
O‘zbekiston Markaziy banki qaysi organ oldida hisobdor?
Oliy Majlis Senati oldida.
Markaziy bankning boshqa davlat organlaridan asosiy farqi moliyaviy jihatdan.
O‘z daromadlari hisobiga xarajatlarni amalga oshiradi (iqtisodiy mustaqil).
O‘zbekiston Markaziy bankiga taqiqlangan asosiy faoliyat turlaridan biri.
Tijorat faoliyatini amalga oshirish.
Markaziy bank hukumatga budjet taqchilligini moliyalashtirish uchun nima qila olmaydi?
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit yoki moliyaviy yordam ko‘rsata olmaydi.
O‘zbekiston Markaziy banki qaysi vazirlik bilan birgalikda davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshiradi?
Moliya vazirligi.
Milliy valuta kursining pasayishi nimaga olib keladi?
Inflatsiyaga va ichki narxlar oshishiga.
Markaziy bankning “Lender of Last Resort” roli nima?
Tijorat banklari uchun so‘nggi kreditor.
Bazel qo‘mitasi (Kuk qo‘mitasi) nima?
1975-yilda tashkil etilgan xalqaro bank nazorati qo‘mitasi.
Markaziy bankning eng muhim maqsadi.
Markaziy bank o‘z kapitalining passivdagi ulushi taxminan qancha?
4% gacha.
Lombard krediti nima bilan ta’minlanadi?
Qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlar bilan.
Markaziy bank qimmatli qog‘ozlarni sotib olib, keyin ma’lum muddatdan so‘ng sotishga majbur bo‘ladigan operatsiya.
REPO operatsiyasi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining qaysi moddasida Markaziy bank bank tizimiga rahbarlik qilishi belgilangan
151-moddasi.
Markaziy bankning xo‘jalik faoliyatida asosiy maqsadi nima emas?
Foyda olish.
Passiv operatsiyalar nima uchun amalga oshiriladi?
Markaziy bank resurslarini shakllantirish uchun.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatidagi mustaqilligi nima uchun muhim?
Barqarorlikni ta’minlash va qo‘shimcha emissiyani oldini olish uchun.
Fidutsiar emissiya deganda nima tushuniladi?
Oltin bilan ta’minlanmagan, ishonchga asoslangan banknota emissiyasi.