Magnit nima?
Magnit — o‘z atrofida magnit maydoni hosil qiladigan va temir, po‘lat kabi metallarni o‘ziga tortish xususiyatiga ega bo‘lgan jismdir.
Har xil nomli magnit qutblari bir-biriga qanday ta’sir qiladi?
Har xil nomli qutblar (N-S) bir-birini tortadi.
Magnitni o'rtasidan ikkiga bo'lsa, bitta qutbli (faqat Shimol yoki faqat Janub) magnit hosil bo'ladimi?
Yo'q, magnitni qanchalik kichik bo'laklarga bo'lmang, har bir bo'lak baribir ikkita qutbga (N va S) ega bo'laveradi. Tabiatda - magnitda (yakka qutb) mavjud emas.
Magnit maydon nima?
Magnit maydon — harakatlanayotgan zaryadlar (tokli o‘tkazgichlar) va doimiy magnitlar atrofida mavjud bo‘lgan materiyaning maxsus turi.
Magnit maydon chiziqlari qayerdan chiqib qayerga kiradi?
Magnitning tashqarisida shimoliy (N) qutbdan chiqib, janubiy (S) qutbga kiradi.
Magnitlanishni qanday yo'qotish mumkin?
Magnitni qattiq qizdirish (Kyuri nuqtasigacha) yoki kuchli zarba berish (bolg'a bilan urish) orqali.
Magnit maydonni ko‘z bilan ko‘rish mumkinmi?
Yo‘q, lekin uning borligini magnit strelkasiga yoki tokli o‘tkazgichga ko‘rsatadigan ta’siri orqali bilish mumkin.
Magnit maydon chiziqlari ochiqmi yoki yopiq?
Yopiq. Shuning uchun ham magnit maydon uyurmaviy maydon deyiladi.
Magnit maydon chiziqlari zich joylashgan joyda maydon qanday bo'ladi?
Chiziqlar qanchalik zich bo'lsa, u yerda magnit maydoni shunchalik kuchli bo'ladi. Chiziqlar siyraklashgan joyda maydon kuchsiz bo'ladi.
Magnitning necha xil qutbi bor va ular qanday ataladi?
Ikki xil qutbi bor: Shimoliy (N ) va Janubiy (S)
Kompasning magnit strelkasi nima uchun doim shimolga qaraydi?
Chunki Yerning o‘zi ulkan magnit bo‘lib, uning atrofida magnit maydoni mavjud.
Magnit maydonni aniqlash uchun ishlatiladigan eng oddiy asbob nima?
Magnit strelkasi yoki oddiy kompas.
Bir xil nomli magnit qutblari bir-biriga qanday ta’sir qiladi?
Bir xil nomli qutblar (N-N yoki S-S) bir-birini itaradi.
Magnitning qayerida tortishish kuchi eng yuqori bo'ladi?
Magnitning ikki uchida, ya'ni qutblarida tortishish kuchi eng katta bo'ladi. O'rtasiga (neytral chizig'iga) yaqinlashgan sari bu kuch kamayib boradi.
Yerning magnit qutblari uning geografik qutblari bilan ustma-ust tushadimi?
Yo'q, ular bir-biridan biroz farq qiladi. Yerning geografik shimoliy qutbi yaqinida aslida Yerning fizikaviy Janubiy magnit qutbi joylashgan (shuning uchun kompasning shimoliy uchi u tomonga intiladi).