Investor nima uchun oddiy odamdan farq qiladi?
Oddiy odam pulni iste’mol uchun sarflaydi (masalan, yashash uchun uy oladi), investor esa foyda olish va kapitalini ko‘paytirish maqsadida mablag‘ kiritadi.
bir davlat iqtisodiy rivojlanib, ish haqi oshib ketsa, nega u o‘z ishlab chiqarishini qo‘shni (arzonroq) davlatga ko‘chiradi?
Xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun.
Erkin iqtisodiy hudud" (EIH) investor uchun nima?
Bu ma’lum bir chegara ichidagi "alohida dunyo" bo‘lib, u yerda investor bojxona to‘lovlaridan va ko‘plab soliqlardan ozod qilinadi.
Investor O‘zbekistonda katta foyda ko‘rdi va bu foydani o‘z yurtiga valyutada (masalan, dollarda) olib chiqib ketmoqchi. Davlat buni taqiqlashi mumkinmi? Nima uchun?
Yo‘q, mumkin emas. Chunki foydani erkin konvertatsiya qilish va repatriatsiya (olib chiqib ketish) qonun bilan kafolatlangan
Investorga berilgan 7 yillik soliq imtiyozi qachon tugaydi?
Investitsiya kiritilganidan boshlab 7 yil o‘tgach.
Investor korxonaga pul emas, balki asbob-uskunalarni uzoq muddatga ijaraga bersa, bu shakl qanday ataladi?
Lizing
Agar xorijiy investor korxona ishiga aralashmasdan, faqat birja orqali aksiyalarni sotib olsa va yil oxirida foyda (dividend) kutsa, bu qanday investitsiya turi?
Portfel investitsiya
Bir davlatdan boshqa davlatga "Daromad olish uchun" yo‘naltirilgan mulk nima deb ataladi?
Xalqaro investitsiya (chunki elchixonalar ham boshqa davlat mulki, lekin ular daromad keltirmagani uchun investitsiya emas).
Xorijiy investor mahalliy tadbirkor bilan birlashib, foyda va risklarni bo'lishgan holda biznes boshladi. Darslikda bu investitsiya shakli qanday atalgan?
Qo'shma korxona
Xorijiy investorlar uchun investitsion muhitida eng muhim omil qaysi
Huquqiy barqarorlik va kafolatlar
mahsulot qaysi bosqichga yetganda uni xorijda ishlab chiqarish foydali bo‘ladi?
Standartlashish (yetuklik) bosqichida.
Lizing va kreditning mantiqiy farqi nimada? Nega investor ba’zan pul emas, balki lizingga uskuna berishni afzal ko‘radi?
Lizingda uskuna investorning mulki bo‘lib qoladi (risk kamroq), pul berilganda esa uni qaytarish qiyinroq bo‘lishi mumkin.
Nima uchun rivojlanayotgan davlatlar (masalan, O‘zbekiston) xorijiy investorga mahalliy tadbirkorga berilmaydigan qo‘shimcha soliq imtiyozlarini beradi?
Raqobatbardoshlikni oshirish uchun. (Investor boshqa davlatga emas, aynan bizga kelishi uchun "qiziquvchanlik" yaratish maqsadida qilingan mantiqiy qadam).
Investor yil yakunida sof foyda koʻrdi. U ushbu foydani chetga olib chiqib ketayotganda davlatga qoʻshimcha litsenziya uchun haq toʻlaydimi?
Yoʻq. (Foydani repatriatsiya qilish — ya'ni chetga olib chiqish — mutlaqo erkin va kafolatlangan).
Agar davlat organlarining noqonuniy harakati natijasida investor zarar ko‘rsa, uni kim to‘laydi?
Davlat.
Konsessiya shartnomasi odatda qaysi sohalarda qo‘llaniladi?
Tabiiy boyliklarni qazib olish va infratuzilma (yo‘l, ko‘prik) qurishda.
Nima uchun EIHlar koʻpincha chegaraga yaqin yoki transport yoʻllari ustida quriladi?
Logistika qulayligi uchun. (Eksport va importni osonlashtirish maqsadida).
Investitsiya muhitining jozibadorligini oshiruvchi omil
Barqaror qonunchilik
Investor pul o'rniga zamonaviy uskuna olib keldi va uni korxonaga ijaraga berdi. Nega u oddiygina pul bermadi?
Riskni kamaytirish uchun.
Yangi qonun chiqdi va soliqlar oshdi. 3 yil oldin kelgan investor yangi soliqni to'laydimi?
Yo'q. (U 10 yilgacha eski, o'zi uchun qulay qonun bo'yicha ishlaydi).
Nima uchun xalqaro investitsiyalar jahon savdosidan 5 marta tezroq o‘smoqda?
Chunki zamonaviy dunyoda tovar sotishdan ko‘ra, boshqa davlatda zavod qurib, mahsulotni o‘sha yerning o‘zida ishlab chiqarish arzonroq va qulayroq bo‘lib qoldi.
Agar investor O‘zbekistonga faqat tabiiy gaz, oltin yoki paxtadan tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun kelsa, u qanday turdagi investor?
Grinfild (Greenfield)- yashil maydon
Mahsulot hayotiy sikli"ga ko‘ra, nega iPhone birinchi AQSHda chiqadi, keyin boshqa joyda ishlab chiqariladi?
Yangi mahsulot bosqichida yuqori malakali ishchilar va boy xaridorlar kerak, mahsulot standartlashgach (hamma o‘rganib bo‘lgach), xarajatni kamaytirish uchun u kambag‘alroq davlatlarga ko‘chiriladi.
Nima uchun xorijiy investor "o‘zim 100% xo‘jayin bo‘laman" deyishdan ko‘ra, mahalliy tadbirkor bilan 50/50 ulushda Qo‘shma korxona ochishni mantiqan afzal ko‘radi?
Risklarni bo‘lishish va mahalliy bozorni o‘rganish uchun.
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonada investor ulushi kamida necha foiz bo‘lishi shart?
30 foiz.