Sun’iy intellekt nima?
Javob: Kompyuterning o‘rganish, fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyati.
SI ishlashining birinchi bosqichi nima?
Javob: Ma’lumot yig‘ish.
SI ning bir foydasi nima?
Javob: Ishlarni tez va oson bajaradi.
Sun’iy intellekt odamni qanday aniqlashi mumkin?
Javob: Yuz, ovoz va xatti-harakat orqali.
SI o‘rganish jarayoni nima deb ataladi?
Javob: Machine Learning (mashinali o‘rganish).
Si yoki Google Assistant nima orqali ishlaydi?
Javob: Ovozni aniqlash orqali.
Telefon yuzni tanib ochilishi qanday texnologiya?
Javob: Yuzni aniqlash (Face recognition).
SI xato qilishi mumkinmi?
Javob: Ha, ba’zida xato qilishi mumkin.
SI odam o‘rnini to‘liq bosa oladimi?
Javob: Yo‘q, to‘liq emas.
Har bir insonning nimasi o‘ziga xos bo‘ladi va SI uni taniydi?
Javob: Ovozi.
SI ning bir xavfi nima?
Javob: Shaxsiy ma’lumotlar tarqalishi.
Sun’iy intellekt yuzni tanishda nimalarni solishtiradi?
Javob: Ko‘z, burun, lab va yuz shaklini.
SI sizga video yoki reklama tavsiya qilish uchun nimani kuzatadi?
Javob: Sizning xatti-harakatlaringizni (qidiruv, ko‘rgan narsalar).
SI qaysi turdagi ma’lumotlar bilan ishlaydi?
Javob: Rasm, ovoz va matn ma’lumotlari bilan.
SI odamning odatlarini o‘rganib nima qiladi?
Javob: Tavsiyalar beradi (video, reklama va boshqalar).