OT
SIFAT
SON
RAVISH
FE'L
100

Gapdagi barcha otlarni toping:

“Yosh rassom ko‘rgazmada chiroyli suratlar chizdi.”


rassom, ko‘rgazma, suratlar

100

Gapdagi sifatni toping:

“Oq qor yog‘moqda.”

Oq

100

Gapdagi sonni toping va turini aniqlang:

“Yettinchi qatordagi besh o‘quvchi musobaqada qatnashdi.”

  • yettinchi → tartib son
  • besh → sanoq son 
100

Gapdagi ravishni toping va turini aniqlang:

“Bugun o‘quvchilar juda faol qatnashdi.”

  • bugun → payt ravishi
  • juda → daraja-miqdor ravishi
  • faol → holat ravishi 
100

Gapdagi fe’lni toping va qaysi zamonda qo‘llanganini aniqlang:

“Yosh sportchi ertaga musobaqada qatnashadi.”

  • qatnashadi → kelasi zamon fe’li i
200

Gapdagi nechta ot qatnashgan?

“Bog‘dagi qushlar baland daraxtlarga qo‘ndi.”

bog‘, qushlar, daraxtlar

200

Gapdagi sifat va otlarni ajrating:

“Katta bino uzoqdan ko‘rindi.”

Sifat → katta
Ot → bino

200

Gapdagi son qaysi otga bog‘langanini aniqlang:

“Uchinchi guruh yigirma ikkita savolga javob berdi.”

  • uchinchi → guruh
  • yigirma ikkita → savol
200

Gapdagi ravishlar qaysi fe'lga bog'langanini aniqlang:

“Kecha sportchilar nihoyatda tez yugurdi.”

  • kecha → yugurdi
  • nihoyatda → tez
  • tez → yugurdi
200

Gapdagi fe’l qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniqlang:

“Aqlli o‘quvchi kecha insho yozdi.”

yozdi → o‘quvchi bilan bog‘langan

300

Gapdagi otlarning vazifasini aniqlang:

“Sportchi stadionda mashq qildi.”

sportchi → shaxs oti
stadion → joy oti

300

Gapdagi sifatlarni toping va qaysi otga bog‘langanini aniqlang:

“Chaqqon va aqlli o‘quvchi qiziqarli kitobni tez o‘qidi.”

  • chaqqon → o‘quvchi
  • aqlli → o‘quvchi
  • qiziqarli → kitob
300

Gapdagi barcha so‘z turkumlarini aniqlang, faqat sonlarga alohida izoh bering:

“Kecha birinchi qatordagi to‘rt aqlli o‘quvchi juda faol qatnashdi.”

  • kecha → ravish
  • birinchi → tartib son
  • qator → ot
  • to‘rt → sanoq son
  • aqlli → sifat
  • o‘quvchi → ot
  • juda → ravish
  • faol → ravish
  • qatnashdi → fe’l
300

Gapdagi qaysi so'z ravish paytida kelganini aniqlang:

“Chiroyli qiz chiroyli yozdi.”

chiroyli yozdi

300

Gapdagi barcha so‘z turkumlarini aniqlang, fe’llarga alohida izoh bering:

“Bugun ikki yosh sportchi juda tez yugurdi va kuldi.”

  • bugun → ravish
  • ikki → son
  • yosh → sifat
  • sportchi → ot
  • juda → ravish
  • tez → ravish
  • yugurdi → fe’l (o‘tgan zamon)
  • kuldi → fe’l (o‘tgan zamon)
400

Gapdagi barcha OTlarni toping va ularning qaysi turga kirishini aniqlang:

“Kecha uch aqlli o‘quvchi yangi kutubxonada kitob o‘qidi.”


o‘quvchi → shaxs oti

kutubxona → joy oti

kitob → narsa oti



400

Gapdagi barcha sifatlarni toping va qaysi otga bog‘langanini ayting:

“Yangi aqlli o‘quvchi qiziqarli kitob sotib oldi.”

yangi → o‘quvchi
aqlli → o‘quvchi
qiziqarli → kitob

400

Shunday gap tuzing:

  • 2 ta tartib son,
  • 2 ta sanoq son,
  • 1 ta sifat,
  • 2 ta ot,
  • 1 ta ravish,
  • 1 ta fe’l qatnashsin.

“Bugun birinchi va uchinchi guruhdagi besh aqlli o‘quvchi ikki savolga javob berdi.”

400

Gapdagi barcha ravishlarni toping va turlarini aniqlang:

“Ertaga ikki aqlli o'quvchi juda sekin gapiradi.”

  • ertaga → payt ravishi
  • juda → daraja-miqdor ravishi
  • sekin → holat ravishi
400

Gapdagi fe’llarni toping va tuzilishiga ko‘ra qaysi biriga kirishini aniqlang

“Qushlar uchib ketdi va bolalar kulib yubordi.”

  • uchib ketdi → qo‘shma fe’l
  • kulib yubordi → qo‘shma fe’l
500

Shunday gap tuzing:

  • 3 ta ot,
  • 2 ta sifat,
  • 1 ta son,
  • 1 ta ravish,
  • 2 ta fe’l qatnashsin.

“Uch aqlli o‘quvchi katta kutubxonada juda sekin kitob o‘qidi va yozdi.”

500

Shunday gap tuzing:bir xil so‘z ham sifat,ham ravish vazifasida qatnashsin.

Masalan:
“Tez bola tez yugurdi.”

1-tez → sifat
2-tez → ravish

500

Gapdagi sonlarni toping, turini aniqlang va qaysi so‘zga bog‘langanini yozing:

“Musobaqaning ikkinchi bosqichida o‘n besh nafar o‘quvchi birinchi o‘rin uchun kurashdi.”

  • ikkinchi → tartib son → bosqichga bog‘langan
  • o‘n besh → sanoq son → o‘quvchiga bog‘langan
  • birinchi → tartib son → o‘ringa bog‘langan
500

Gapdagi barcha so'z turkumlarini aniqlang va ravishlarning qaysi so'zga bog'langanini yozing:

“Kecha yosh sportchi nihoyatda tez yugurib g'olib bo'ldi.”

  • kecha → ravish (payt) → bo'ldi
  • yosh → sifat
  • sportchi → ot
  • nihoyatda → ravish (daraja-miqdor) → tez
  • tez → ravish (holat) → yugurib
  • yukurib → fe'l
  • g'olib → sifat
  • bo'ldi → fe'l
500

Shunday gap tuzing:

  • 3 ta fe’l qatnashsin,
  • fe’llar turli zamonda bo‘lsin,
  • 2 ta ravish,
  • 1 ta sifat,
  • 2 ta ot qatnashsin.

Masalan:
“Kecha aqlli o‘quvchi juda tez yugurdi, bugun mashq qilmoqda va ertaga musobaqada qatnashadi.”