Elektr toki nima?
Elektr zaryadlarining tartibli harakati.
Lorens kuchi qachon hosil bo‘ladi?
Zaryadlangan zarracha magnit maydonida harakat qilganda.
Magnit maydon chiziqlari nimani ko‘rsatadi?
Magnit maydonning yo‘nalishini.
Elektromagnit induksiya nima
Magnit maydoni o‘zgarganda g‘altakda tok hosil bo‘lishi.
Tok hosil qiluvchi qurilmaga misol keltiring
Batareya
Lorens kuchi nimaga ta’sir qiladi?
Harakatlanayotgan zaryadga.
Magnit maydon chiziqlari qaysi qutbdan chiqadi?
Shimoliy (N) qutbdan.
G‘altakda induksion tok hosil bo‘lishi uchun nima o‘zgarishi kerak?
Magnit maydoni
Batareyaning nechta qutbi bor?
2 ta — musbat (+) va manfiy (−).
O‘ng qo‘l qoidasida bosh barmoq nimani ko‘rsatadi?
Zaryadning harakat yo‘nalishini.
Magnit maydon chiziqlari qaysi qutbga kiradi?
Janubiy (S) qutbga
G‘altakka magnitni harakatlantirsak nima hosil bo‘ladi?
Induksion tok
Elektr toki o‘tishi uchun zanjir qanday bo‘lishi kerak?
Zanjir yopiq bolishi kerak
Lorens kuchining yo‘nalishini aniqlashda yana qaysi yo‘nalish hisobga olinadi?
Magnit maydon yo‘nalishi.
Magnit maydon chiziqlari bir-birini kesib o‘tadimi?
Yo‘q, kesishmaydi.
Magnit g‘altakka tezroq harakatlantirilsa, induksion tok qanday o‘zgaradi?
Induksion tok ortadi
Lampochka yonishi uchun unga nima kerak?
Tok manbai va yopiq elektr zanjiri
Agar zaryad magnit maydonga perpendikulyar harakat qilsa, Lorens kuchi qanday yo‘naladi
Harakat yo‘nalishiga ham, magnit maydon yo‘nalishiga ham perpendikulyar bo‘ladi.
Magnit maydon chiziqlari bir-biriga yaqin bo‘lsa, maydon qanday bo‘ladi?
Magnit maydon kuchliroq bo‘ladi.
G‘altakda induksion tok hosil bo‘lishi uchun magnit va g‘altakdan biri qanday bo‘lishi kerak?
Bir-biriga nisbatan harakatlanishi kerak.