1
2
3
4
5
200

!!!

+200

200

Nima uchun kutilmagan inqiroz bo‘lganda maqsadli jamg‘armalardan foydalanish moslashuvchanroq?

Chunki maqsadli jamg‘armalar o‘z mustaqil boshqaruv kengashiga ega. Ular umumiy byudjet kabi parlamentda uzoq davom etadigan qonuniy tuzatishlar va ko‘rib chiqish jarayonlarisiz, inqirozli soxaga (masalan, epidemiya yoki ishsizlik keskin oshganda) mablag‘larni tezkor yo‘naltira oladi.

200

Davlat byudjetidagi defitsit va profit tushunchalarini izohlang.

Byudjet defitsiti (kamchilligi): Rejalashtirilgan xarajatlar daromadlardan ko‘p bo‘lgan holat. Byudjet profiti (ortiqchaligi): Rejalashtirilgan daromadlar xarajatlardan ko‘p bo‘lgan holat

200

Davlat g‘aznachiligi (Treasury) tizimining o‘rni nimadan iborat?

G‘aznachilik byudjet va nobyudjet mablag‘larining kassa ijrosini ta’minlaydi. Ya’ni barcha tushumlarni G‘aznachilikning Yagona Hisobvarag‘ida (GYaH) to‘playdi va xarajatlarni bevosita tovar/xizmat yetkazib beruvchining hisobiga to‘lab beradi, maqsadsiz sarflanishning oldini oladi.

300

Maqsadli jamg‘armalarning bo‘sh turgan pul mablag‘laridan qanday qilib qo‘shimcha daromad olinadi?

Jamg‘armalar qisqa muddatli bo‘sh turgan pul mablag‘larini ticoriy banklarga depozitga qo‘yadi yoki past xavfli davlat qimmatli qog‘ozlariga (obligatsiyalarga) investitsiya qilib, foizli daromad oladi.

300

Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari byudjetning qaysi moddalariga kiritiladi va u nimaga ta’sir qiladi?

U Davlat byudjetining joriy xarajatlari tarkibidagi xarajatlar moddasiga kiritiladi. Qarzga xizmat ko‘rsatish (foiz va asosiy summani to‘lash) hajmining oshishi ijtimoiy va investitsion xarajatlar uchun resurslar kamayishiga olib keladi.

300

BONUS! 

2-jamoaga savol 

300

Nobyudjet jamg‘armalar nima uchun Davlat byudjeti tarkibiga kiritilmasdan alohida ajratib boshqariladi?

Muayyan muhim sohalarni (pensiya, yo‘llar, bandlik) kafolatlangan va uzluksiz moliyalashtirish uchun

300

Davlat byudjeti daromadlarida bevosita va bilvosita soliqlarning farqi nimada?

Bevosita (to‘g‘ri) soliqlar: Daromad yoki mol-mulk egasining zimmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklanadi.Bilvosita (egri) soliqlar: Narx (ustama) tarkibiga kiritiladi va oxirgi iste’molchi tomonidan to‘lanadi

400

Konsolidatsiyalashgan byudjetning  tarkibiga nimalar kiradi?

1.Davlat byudjeti (respublika va mahalliy byudjetlar).2.Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari.3.Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari.4.Byudjet tashkilotlarining nobyudjet jamg‘armalari kiradi.

400

Konsolidatsiyalashgan byudjet nima

Konsolidatsiyalashgan byudjet — bu mamlakatdagi barcha davlat moliyaviy resurslarini yaxlit aks ettiruvchi umumlashtirilgan byudjetdir.

400

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (UFRD) qanday maqsadda tashkil etilgan?

Mamlakat iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, strategik ahamiyatga ega yirik investitsiya loyihalarini hamda infratuzilmani moliyalashtirish uchun tashkil etilgan.

400

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i byudjetning qaysi qismiga taalluqli?

Davlat byudjetining daromadlar qismiga (bilvosita/egri soliqlar guruhiga) taalluqli.

400

😎

-400

500

Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni to‘lash qaysi jamg‘arma orqali amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi.

500

Nobyudjet (byudjetdan tashqari) maqsadli jamg‘arma deganda nimani tushunasiz?

Davlat byudjeti tarkibiga kirmaydigan, muayyan soha, tarmoq yoki aniq maqsadlarni (masalan, pensiya, yo‘l qurilishi, bandlik) moliyalashtirish uchun alohida shakllantiriladigan va qat’iy maqsadli ishlatiladigan pul jamg‘armasidir.

500

AFSUS!

Sizga 500 yoki keyingi kamandaga 1000 ball😁

500

Davlat byudjeti daromadlarining eng asosiy va salmoqli manbayi nima?

Soliqlar (QQS, foyda solig‘i, daromad solig‘i, aksiz va resurs soliqlari). Ular byudjet daromadlarining eng katta qismini tashkil etadi.

500

Davlat byudjeti nima va u kim tomonidan qonun shaklida tasdiqlanadi?

Davlat byudjeti — davlatning o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishi uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag‘lari jamg‘armasidir. O‘zbekistonda u har yili Oliy Majlis (parlament) tomonidan qonun shaklida tasdiqlanadi.