Huquqni muhofaza qiluvchi organlar – bu qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlaydigan, shaxs, jamiyat va davlat huquqlarini himoya qiluvchi davlat va jamoat organlaridir.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qaysi davlat organlari kiradi?
Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, prokuratura, sudlar, adliya organlari, davlat xavfsizlik xizmati, soliq va bojxona organlari.
Odil sudlov deganda nimani tushunasiz?
Odil sudlov – sudlar tomonidan ishlarni qonun asosida adolatli ko‘rib chiqish faoliyatidir.
“Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar” modulining asosiy maqsadi nima?
Talabalarda huquqni muhofaza qilish faoliyati haqida aniq tushuncha shakllantirish.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining asosiy huquqiy manbai qaysi hujjat hisoblanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Sud hokimiyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy maqsadi nimadan iborat?
Sud hokimiyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy maqsadi qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishdir.
Prokuratura organlarining asosiy vazifasi nimadan iborat?
Prokuratura qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Konstitutsiyaviy nazoratning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Konstitutsiyaviy nazorat – normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini tekshirishdir.
Ushbu modulning predmeti nimalarni o‘rganadi?
Sud, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalarni o‘rganadi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun qachon yangi tahrirda qabul qilingan?
2021 yil 28 iyul.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati qaysi prinsiplarga asoslanadi?
Ular qonuniylik, demokratiya, adolat, inson huquqlarini hurmat qilish va tenglik prinsiplari asosida faoliyat yuritadi.
Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qilishdagi o‘rni qanday?
Ular jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bilan shug‘ullanadi.
Sud qarorlarini ijro etish nima uchun huquqni muhofaza qilish faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi?
Chunki sud qarorlari ijro etilmas ekan, odil sudlovning amaliy ahamiyati bo‘lmaydi.
Modul mazmuni qaysi asosiy bo‘limlardan iborat?
Sud tizimi, adliya, prokuratura, tergov organlari, advokatura va xorijiy tajriba.
Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi Qonun sud hokimiyati mustaqilligini qanday ta’minlaydi?
Sudyalarni tanlash, tayinlash va mustaqilligini kafolatlaydi.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati nimada?
Ular jamiyatda barqarorlikni ta’minlaydi, huquqbuzarliklarning oldini oladi va huquqiy tartibotni mustahkamlaydi.
Nodavlat huquqni muhofaza qiluvchi institutlarga qaysi organlar kiradi?
Advokatura, Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz nodavlat huquqni muhofaza qiluvchi institutlardir.
Prokuror nazoratining mazmuni va huquqiy ahamiyatini tushuntiring.
Prokuror nazorati qonunbuzarliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan.
Mazkur modul boshqa qaysi yuridik fanlar bilan chambarchas bog‘liq?
Davlat va huquq nazariyasi, Konstitutsiyaviy huquq, Jinoyat huquqi, Jinoyat protsessi, Ma’muriy huquq.
Bonus
🥳
Sud hokimiyati tushunchasi huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan qanday uzviy bog‘liq?
Sud hokimiyati huquqni muhofaza qilish faoliyatining markaziy bo‘g‘ini bo‘lib, huquqlarni himoya qilish sud orqali amalga oshiriladi.
Advokatura va Ombudsman institutining huquqni muhofaza qilish tizimidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qiling.
Ular shaxs huquqlarini himoya qiladi, yuridik yordam ko‘rsatadi va davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlaydi.
Bonus
👏🏻👏🏻👏🏻
“Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar” modulining yuridik fanlar tizimidagi o‘rnini asoslab bering.
U nazariy va amaliy yuridik bilimlarni uyg‘unlashtiruvchi muhim fan hisoblanadi.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining huquqiy davlat barpo etishdagi roli haqida tahliliy fikr bildiring.
Ular huquqiy davlatni barpo etish, inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.