Mahmud Qoshg’ariyning “ Devoni lug’otit turk” dan oldingi asari qaysi?
Javoqirun-navhi fi lug’otit turk
Madagaskarda biror jonivor uchalik e’zoz ko‘rmagan. Orolning shimoli-g‘arbida yashovchi tsimixeti elati uni kuch-qudrat timsoli sifatida etirof etishadi. Uni o‘ldirish juda behosiyat ish hisoblangan
Diqqat savol: Diqqat savol: Chunki uni o‘ldirish ajdodlar ruhini ham halok qilishni bildiradi. U qaysi hayvon?
Timsoh
Leonardo da Vinchi bu inson a’zosi xaqida shunday yozgan: «Xech bir a’zo bu kabi katta miqdordagi muskullarga muxtoj emas; ulardan qolgan, men ochganlarimni xisobga olmaganda 24 tasi ma’lum; va ixtiyoriy xarakatlar bilan xarakatlanadigan barcha a’zolardan u o‘z xarakatlarining soni bo‘yicha ustun turadi»
Diqqat savol: Bu qaysi a’zo?
Til
Mahmud Qoshg’ariyning bobosi qaysi sulolaning tipik vakili bo’lgan?
Qoraxoniylar
Payg‘ambar S.A.V. aytadilar: «Albatta u o‘tdan uchqundir. Kimda u kelsa, tik turgan bo‘lsa, o‘tirib olsin, agar o‘tirgan xolda u to‘xtamasa, yotib olsin, agar yotib olgan xolda xam u kelsa, tuproqqa yumalasin»
Diqqat savol: U nima?
G’azab
Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyon go‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiq kuylashi haqida hikoya qilinadi
Diqqat savol: Bu qaysi qush?
Oqqush
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari o‘zbek tiliga kim tarjima qilgan?
Solih Mutallibi
Rumiy hazratlari beparvolik bilan bajarilgan "X" - bu bir qop bugʻdoyni sichqonlar toʻla omborga olib kirish bilan barobar degan ekan
Diqqat savol: X oʻrnidagi soʻzni toping?
Namoz
Bir parchada bir o‘zbeklarga xos mahsulot haqida qiziq ma'lumot beriladi. Bir paytlar uni Toshkentda ishlab chiqaruvchi katta zavodi boʻlgan."Tong", "oqoltin", "uzum", "tovus" kabi turlari boʻlgan. Oʻsha komediyada bir parchani koʻrasiz, uni aynan hirgoya qilinadi
Diqqat savol: Aytingchi,qaysi filmdan parcha haqida gap ketyapdi?
“Uchrashuv “ filmidagi Toshkent piyolasi qo’shig’i
Muallif “ Devoni lug’otit turk” asarini kimga tuhfa qilgan?
Abul Qosim Abdulloh ibn Muhammad al-Muqtadiy bi-Amirillohga
Konsertlardan birida Jenisbek Piyazov qo‘shiqning eng avji IKSga to‘g‘ri kelib qolganida quvonch aralash
hayajonlanib ketganini aytgan. Kanadalik restler va sumo jangchisi Jon Tentaning laqabi ham IKS bo‘lgan.
Savol: IKS nima?
Zilzila
Savol matnida IKS va IGREK so‘zlari bittadan so‘zni almashtirib keladi.
“Chodirxayol” — yuqoridan iplar bilan boshqariluvchi qoʻgʻirchoqlar teatri, “Chodirjamol” teatrida esa
qoʻlga kiyib oʻynatiluvchi qoʻgʻirchoqlar ishlatiladi. Ushbu teatrlar oʻtkazilishidagi bir jihat tufayli
sanʼatshunos Muhsin Qodirov “Chodirxayolni - IKS, Chodirjamolni - IGREK” deb ataydi.
Savol: 20-asr birinchi yarmida yozilgan, nomida ham IKS ham IGREK mavjud bo‘lgan asar muallifini ayting?
Javob:Abdulhamid Cho‘lpon.
Izoh: “Chodirjamol” qo‘lga kiyiladigan qo‘g‘irchoqlar bilan kunduzi ko‘rsatiladigan teatr hisoblanadi,
“jamol” yorug‘lik va real hayotni anglatadi. “Chodirxayol” esa qo‘g‘irchoqlarni jonli ko‘rsatish va iplar
ko‘rinmasligi uchun asosan kechasi uyushtirilgan. Shu bois san’atshunos “Kecha chodirxayoldir, kunduz
chodirjamol” deya o‘xshatish qiladi. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani 20-asr birinchi yarmida
yaratilgan.
Qaysi asariga Mahmud Qoshg’ariy shunday ta’rifni yozgan:
Men bu asarni maxsus alifbe tartibida hikmatli so’zlar, sa’jlar, maqollar va vasl deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim
“Devoni lug’otit turk”
Savolda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan.
“Boshqotirma” multfilmi asosida ishlangan animatsion serialda tushlar boʻlimining ish faoliyati koʻrsatiladi.
Boʻlimda “elton” laqabli kuchukdan uzoqroq yurishga harakat qilishadi, aks holda ish jarayoni chala qolib
ketishi mumkin.
Savol: Harflari tushirilgan soʻzni asl holida ayting
Javob:Melatonin
Izoh: Bu bo‘lim uyqu paytidagi tushlarni boshqaradi. Bo‘limdagi “Melatonin” laqabli itga tegib ketgan
qahramonlar darhol uyquga ketib qolishadi. Melatonin uyqu gormoni hisoblanadi.
Xurshid Do‘stmuhammad tinim bilmas Uni o‘zbek mehnatkash dehqoniga o‘xshatadi va abadiyat ramzi
ekanligini ta’kidlaydi.
Savol: Uni unli harflari bir xil so‘zda aytib bering.
Charxpalak
Izoh: Xurshid Do‘stmuhammad tinim bilmas va mashaqqat bilan aylanadigan charxpalakni o‘zbek
dehqoniga o‘xshatib, abadiylik ramzi deya ta’riflaydi.