1
2
3
4
5
100

Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” nechta asosiy tamoyilga tayanadi?

5 ta asosiy tamoyilga tayanadi

100

“O‘zbek modeli”ning asosiy maqsadi nima edi?

Demokratik, ijtimoiy adolatli jamiyat va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish.

100

Mustaqillik arafasida Markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar qanday edi?

Keskinlashgan edi

100

O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimi qachon joriy etildi?

1990-yil 24-mart

100

“Mustaqillik deklaratsiyasi” qachon qabul qilindi?

1990-yil 20-iyunda.

200

 “Davlat – bosh islohotchi” tamoyili nimani anglatadi?

Davlat islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi va ularni izchil amalga oshiradi.

200

O‘zbekiston hududi qanday deb belgilandi? 

Daxlsiz va bo‘linmas deb belgilandi. 

200

O‘zbekiston ichki va tashqi siyosat masalalarini qanday hal qiladi? 

Mustaqil ravishda hal qiladi

200

Fuqarolarni mulkdan begonalashuvdan qutqarish va tashabbuskorlikni rivojlantirish orqali barpo etiladigan iqtisodiy tizim?

Aralash iqtisodiyot

200

Kim mavjud Ittifoq, uning tuzilmasi va vakolatlarning taqsimoti juda qoniqarsiz ekanligini ochiq aytib, markazning taassufli ta’sirini tanqid qildi.

I.A.Karimov

300

Qonun ustuvorligi tamoyilining mazmuni nima?

Konstitutsiya va qonunlarga barcha fuqarolar va tashkilotlar birdek rioya qilishi shart.

300

“Mustaqillik deklaratsiyasi”ning tarixiy ahamiyati nimada edi?

U O‘zbekistonning davlat suverenitetini e’lon qilib, qonunlarning ustuvorligini belgiladi va mustaqillikka huquqiy asos yaratdi.

300

 Aholini himoya qilish siyosati qanday siyosat deyiladi?

 Ijtimoiy

300

Islohotlarda bosh rolni kim bajaradi?

Davlat

300

Davlatlararo tashkilot 1991-yil 8 dekabrda qaysi davlat  tomonidan tuzilgan.

belorus

400

Kuchli ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi nima?

Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va munosib turmush sharoitini yaratish.

400

1991-yil 8-dekabrda qanday tashkilot tuzildi?

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH). 

400

Mustaqillik to‘g‘risidagi qonun davlat hokimiyatini qanday tamoyil asosida tashkil etdi?

Hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi tamoyili asosida tashkil etildi.

400

Jamiyatda fikrlar xilma-xilligi nima deyiladi?

Plyuralizm

400

1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,  Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston qo‘shildi, ular Belorus, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga qaysi shahrida imzo chekdilar.

Olma-ota

500

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish qanday yo‘l bilan amalga oshirildi?

Bosqichma-bosqich va ijtimoiy himoya choralarini ko‘rgan holda amalga oshirildi.

500

1990-yil 24-martda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi O‘zbekiston siyosiy hayotida qanday ahamiyat kasb etdi? 

siyosiy boshqaruv tizimini shakllantirishga xizmat qildi va respublika suverenitetini mustahkamlash 

500

Mustaqillik deklaratsiyasida hudud daxlsizligi masalasi qanday ifodalangan?

O‘zbekiston hududi daxlsiz va bo‘linmas deb e’lon qilinib, uning chegaralari xalq roziligisiz o‘zgartirilmasligi belgilandi. 

500

1991-yil dekabr oyida tashkil etilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning tuzilishi qanday tarixiy vaziyat bilan bog‘liq edi?

Bu tashkilot SSSR parchalanishi natijasida sobiq ittifoq respublikalari o‘rtasida hamkorlikni saqlab qolish maqsadida tuzildi.

500

Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish tamoyili nima deyiladi?

Qonunustuvorlik