Biologik jarayonlar kinetikasiga havo harorati ta'siri. Harorat koeffitsiyentini topish.
Eritmalar va to'qima suyuqliklarining osmotik bosimlari. Bardjer-Rast usuli.
Model sistemalarning potensiallar farqi.
Xlorid kislota eritmalararo yuzaga keladigan potensiallar farqini o'lchash va hisoblash.
Model sistemalarining potensiallar farqi . Elektrkimyoviy potensiallar farqi.
100

Harorat biologik jarayonlar tezligiga qanday ta'sir qiladi?

Harorat oshishi bilan ma'lum chegaragacha biologik jarayonlar tezligi ortadi.

100

Osmotik bosim nima?

Erituvchi molekulalarining yarim o'tkazuvchan membrana orqali eritmaga o'tishini to'xtatish uchun zarur bo'lgan bosim.

100

Model sistema nima?

Tabiiy biologik jarayonlarni laboratoriya sharoitida o‘rganish uchun yaratilgan sun'iy sistema.

100

Xlorid kislotaning kimyoviy formulasi qanday?

HCl

100

Elektrokimyoviy potensial nima?

Zaryadlangan zarrachaning kimyoviy va elektr maydonidagi energiyasini ifodalovchi kattalik.

200

Harorat koeffitsiyenti (Q10) nima?

Harorat 10°C ga oshganda biologik jarayon tezligi necha marta o‘zgarishini ko‘rsatuvchi kattalik.

200

Osmotik bosim qanday o‘lchov birligida ifodalanadi?

Paskal (Pa).

200

Model sistemalarda potensiallar farqi nima sababdan yuzaga keladi?

Ionlarning notekis taqsimlanishi va membrananing ionlarga turlicha o'tkazuvchanligi sababli.

200

HCl suvda dissotsilanganda qanday ionlarga ajraladi?

HCl-> H++Cl-

200

Elektrokimyoviy potensial qaysi ikki tarkibiy qismdan iborat?

Kimyoviy potensial va elektr potensial hissasidan.

300

Harorat koeffitsiyentini hisoblash formulasi qanday?

Q10=(V2/V1)10/T2-T1

300

Osmotik bosimni hisoblash formulasi qanday?

Paskal=CRT

300

Biologik membrana qanday vazifani bajaradi?

Moddalarning hujayraga kirishi va undan chiqishini tanlab boshqaradi.

300

H⁺ va Cl⁻ ionlarining harakatchanligi bir xilmi?

Yo‘q. H⁺ ionining harakatchanligi Cl⁻ ioninikidan yuqori.

300

Elektrokimyoviy potensialning umumiy formulasi qanday?

μ=μ+zFφ

μ — kimyoviy potensial;

z — ion zaryad soni;

F — Faradey doimiysi;

φ — elektr poten

400

Harorat 10°C ga oshganda biologik jarayon tezligi 2 marta ortdi. Q10 nechaga teng?

Q10 = 2.

400

Izotonik, gipertonik va gipotonik eritmalar bir-biridan qanday farqlanadi?

Izotonik — osmotik bosimi teng.

Gipertonik — osmotik bosimi yuqori.

Gipotonik — osmotik bosimi past.

400

Membrana potensiali nima?

Membrananing ichki va tashqi tomonlari orasidagi elektr potensiallar farqi.

400

Ikki xil konsentratsiyali HCl eritmalari tutashtirilganda qanday potensial yuzaga keladi?

Diffuzion potensial.

400

Nernst tenglamasi nima uchun ishlatiladi?

Ionlarning konsentratsiyasi yoki aktivligiga bog‘liq elektrod potensialini hisoblash uchun.

500

Harorat 20°C dan 30°C gacha oshganda reaksiya tezligi 3 marta ortdi. Harorat koeffitsiyentini aniqlang.

Q10 = 3.

500

Bardjer-Rast usulining asosiy maqsadi nima?

Osmotik hodisalarni model sistemada o‘rganish va eritmalarning osmotik xususiyatlarini baholash.

500

Model sistemada ionlar konsentratsiyasi o‘zgartirilsa, potensiallar farqi qanday o‘zgaradi?

Ionlar konsentratsiyasi nisbati o‘zgarishi natijasida potensiallar farqi ham o‘zgaradi.

500

Potensiallar farqini o‘lchashda qaysi asbobdan foydalaniladi?

Yuqori kirish qarshiligiga ega millivoltmetr yoki potensiometrdan.

500

Membrana orqali ionlarning harakatlanishiga elektrokimyoviy potensial qanday ta'sir qiladi?

Ionlarning harakat yo‘nalishini kimyoviy konsentratsiya gradienti va elektr potensial gradientining umumiy ta'siri belgilaydi.