U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman
yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?
Familiya
siz 100 ball yutdingiz
siz 100 ball yutdingiz
Bolalar uchun mantiqiy savol:
18=2
19=1
68=3
17=0
Mantiqan o’ylab ayting, teng qo’yilgan sonlarni aniqlashda nima hisobga olingan?
To’g’ri javob: Raqamdagi teshiklar, ya’ni 18 raqamida 2 ta teshik, 68 raqamida 3 ta teshik va
hokazo.
Chalg’ituvchi savol: Bir traktorchining ukasi bor ekan, ukasining akasi yo’q ekan. Mantiqiy
fikrlab savolning javobini izohlab bering.
To’g’ri javob: Traktorchi ayol kishi edi
siz 100 ball hutdingiz
siz 100 ball hutdingiz
Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va
iliqlik istashayоtgan bõladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u havf-xatar belgisi bõlgan. Haqiqatdan
ham undan katta xavf bõlishi mumkin. Savоl u nima?
gugurt
Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u 2 ta, O’zbekistоn, Rоssiya, Frantsiya,
Italiya kabi davlatlarda – 3 ta, Efiоpiya, Surinam, Quvayt, Suriyada – 4 ta. Savоl: Lixtenshteyn
va Liviyada u nechta?
To’g’ri javob: 1 ta. Davlat bayrog’idagi ranglar soni
Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham
ko’rmaysiz. U – ?
KAFAN
Psixologlarning fikricha qaysi oy eng shirin oy hisoblanadi?
asal oyi
siz 200 ball yutdingiz
siz 200 ball yutdingiz
Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi
ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib
ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?
soat
Kulgili savol: Qishloqqa kelgan sayyohlarni doim bir narsa ajablantirar ekan. U yerda
telbaroq bir o’spirin bo’lib, sayyohlar unga 50 sentlik yaltiroq tanga yoki 5 dollarlik qog’oz
kupyuralardan birini olishni taklif qilishsa doim 50 sentlikni tanlar ekan. Holbuki, 50 sent 5
dollardan 10 barobar kam. Qiziq, telba o’spirin nega doim 50 sentlik tangani tanlashi mumkin?
Balki, bunga sababi border, juda telba ham emasdir?
To’g’ri javob: javob oddiy: u bolani telba deb bo’lmaydi. Sabab qisqacha qilib aytganda agar 5
dollarlik kupyurani olganda odamlar uni sog’lom deb boshqa pul berishmasdi.
siz 300 ball yutdingiz
siz 300 ball yutdingiz
Antiqa savol: 1-b, 2-I, 3-u, 4-t, 5-b. Siz qolgan beshta harfni yozib bering.
6-o, 7-y, 8-s, 9-t, 10-o’. Izoh: bu raqamlarning birinchi harfi edi.
Mantiqiy savol: Ali va Vali baliq ovlagani chiqishibdi. Ular o’g’illarini olvolishibdi.
Vlining o’g’lini ismi Mirvali ekan. Ali 4 ta, Vali 3 ta, Mirvali 6 ta baliq tutibdi. Savol: Alining
o’g’lini ismi nima?
Alining o’g’lini ismi Vali! Mirvali Valining o’g’li Vali esa Alining o’g’li
L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film
bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa
aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqiy o’ylab aytingchi,
L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan?
To'y
Har yili millionlab odamlar haj amalini bajarishadi. Makka shahriga bu tadbirni o’tkazish
uchun xavfsizlik masalalarida, xizmatkorlar, taksistlar va boshqa yollanma ishchilar jalb etiladi.
Turkiya davlatidan bir kasb vakillaridan 30 minglab kishilar chaqiriladi. Savol: bu qaysi kasb
vakillari va ular qanday ishni bajarishadi?
Qassoblar, ular qurbonlikka atalgan qo’ylarni so’yadilar
Qiziqarli fakt: u AQSHliklarda O. K. Y. tarzida berilsa yaponlarda Y. O. K. shaklida, bizda
K. O. Y. ketma-ketlikda beriladi. Agar anglagan bo’lsangiz nimaning ketma-ketligi
keltirilmoqda?
Kun, oy, yil
U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi emas, ba’zan
ko’zga ko’rinmaydiganlari havfliroq. Uning kattasimi, kichigimi har birimizda bor. Mantiqiy
o’ylab javobini toping.
XATO
Matematik masala. Bir mamlakat sultoni xazinasiga o’z hukmdorligi ostidagi 12 viloyat
noiblari keltirgan tilla tanga bilan to’ldirilgan qoplarni yig’ibdi. Kutilmaganda bir chopar
halloslab kelib qolibdi va sultonga shunday debdi:
–Ey buyuk sulton, noiblaringizdan biri sizni sotdi. U yuborgan qop qalbaki tangalar bilan
to’ldirilgan. Ular tashqi ko’rinishidan haqiqiysidan farq qilmaydi, faqat ularning og’irligi
haqiqiy tilla tanga kabi 10 gramm emas, 9 gramm. Sulton qaysi noib yuborgan qopni bir
tortishda aniqlashga ahd qilibdi. Siz unga 1 marta tortishda qaysi qop qalbaki tangalar bilan
to’ldirilganligini aniqlashda yordam bera olasizmi?
To’g’ri javob: Sulton har bir qopdan qopning raqamiga ko’ra har xil miqdorda tangalar oladi,
ya’ni 1-qopdan – 1 ta, 2- qopdan – 2 ta, 3- qopdan 3 ta … 12- qopdan – 12 ta. Shundan so’ng
olingan tangalarning og’irliginitortib ko’radi. Umumiy og’irlikdan necha gramm kam bo’lsa
shu raqamdagi qopda qalbaki tangalar bo’ladi 5 gramm kam bo’lsa 5- qop, 10 gramm kam
bo’lsa 10- qop
siz 500 ball yutdingiz
siz 500 ball yutdingiz
Qadimgi Yunonistonda papka ko’targan kishilarni bir nom bilan atashganki biz ularni
boshqacha nom bilan ataymiz. Savol: Yunon tilida papka ko’targan kishilar bizda nima deb
ataladi?
Buxgalter. Bu so’z yunon tilida papka ko’targan kishi ma’nosini bildiradi.
Tseylonda har bir oilaniki alohida o’z hovlisida joylashgan, bizning yerlarda esa hammaniki
umumiy. Savol: nima haqida gap ketmoqda?
QABRISTON
Hazil savol: Nima uchun inson orqasiga qaraydi?
To’g’ri javob: Chunki, orqasida ko’zi yo’q
Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borganda o’z vafodorliklarini belgisi sifatida bir
kichkina idishda hech qayerda sotilmaydigan suyuqlik quyib kelishar ekan. Savol: qanday
suyuqlik haqida gap ketmoqda?
KO'ZOYNAK