Blokcheyn
Fond bozori
Big data
Elektron savdo
Buni tanlama
100

Blokcheyn nima?


Blokcheyn — bu ma'lumotlarni markaziy serversiz, o'zaro bog'langan bloklarda saqlaydigan taqsimlangan hisob reyestr (ledger) texnologiyadir.

100

Fond bozori nima?


Fond bozori — bu qimmatli qog'ozlar (aksiya, obligatsiya, derivativlar va boshqalar) oldi-sotdisi amalga oshiriladigan moliyaviy  bozor turidir. 

100

Big Data nima?


Big Data — bu katta hajmdagi, tez o'suvchi va murakkab tuzilishga ega bo'lgan ma'lumotlar majmuasi , ularni an'anaviy usullar bilan tahlil qilish qiyin.


100

Elektron savdo (e-commerce) deganda nima tushuniladi?

Elektron savdo — tovar va xizmatlarni internet orqali sotish va xarid qilish jarayonidir.

100

Agent Jonninglish” filmining reklama afishalarida bosh qahramonni ko'rsatuvchi uchta ta'rif berilgan.Dastlabki ikkitasi hamma bosh qahramonlarga siyqasi chiqqan ta'rif: u qo'rquvni bilmaydi, u arazlash (xafa bo'lish) nima bilmaydi.

Diqqat savol: Bosh qahramon rolini Rouen Atkinson ijro etganligini olib, 3-tarifni toping?




.U hech narsani bilmaydi

200

Blokcheynda markaziy nazorat organi mavjudmi?

Yo'q, blokcheyn markazlashmagan (decentralizatsiyalashgan) tizim bo'lib, unda bitta nazorat markazi mavjud emas. Har bir ishtirokchi tarmoqning bir qismi.

200

Aksiya egasi qanday huquqlarga ega?


Aqsiya egasi huquqlarga ega:

Dividend olish,

Korxona boshqaruvida ishtirok etish (ovoz berish),

Korxona tugatilganda mulkdan ulush olish.

200

Moliya bozorida Big Data nima uchun ishlatiladi?


Moliyada Big Data investitsiya qarorlarini qabul qilish, risklarni baholash, firibgarlikni aniqlash va bozor tendentsiyalarini prognoz qilish uchun ishlatiladi

200

Machine Learning (mashinali o'qitish) nima?


Machine Learning — bu kompyuter tizimlariga ma'lumotlardan o'rganish va tajriba asosida natijalarni  yaxshilash imkonini beruvchi sun'iy intellekt sohasidir.

200

Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag'irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug'i bilan kichik yog'och qal'a quriladi. O'sha davrlarda Rusda bunday kichik qal'a-shaharchalar ko'p bo'lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal'a shonli va buyuk tarixga ega bo'lishi o'sha paytlarda hech kimning hayoliga kelmagan

Diqqat savol: U qal'a-shaharcha qanday nomlanadi?

Kreml

300

“Smart-kontrakt” nima?

Smart-kontrakt — bu avtomatik bajariladigan hisoblash bo'lib, shart bajarilganda tizim inson aralashuvisiz tranzaksiyani amalga oshiradi.

300

Fond bozori ishtirokchilari kimlar? Kamida 4-5ta

Emitentlar (aksiya/obligatsiyalar),

Investorlar (xaridorlar),

Broker va dilerlar,

Fond Birjasi,

Regulyator (nazorat organi).

300

Moliya bozorida Big Data tahlili qanday afzalliklar beradi?

Big Data tahlili afzalliklarni beradi:

Bozor o'zgarishlarini tez aniqlash ,

Investor xatti harakatlarini tahlil qilish,

Risklarni kamaytirish 

Yangi biznes strategiyalar ishlab chiqish.


300

AI yordamida tavsiya tizimlari  (recommendation systems) qanday ishlaydi?

Tavsiya tizimlari foydalanuvchining avvalgi xaridlari, qidiruv  tarixi va o'xshash foydalanuvchilarning xatti harakatlarnini tahlil qilib, unga shaxsiylashtirilgan mahsulot yoki xizmat tavsiya qiladi.

300

Shvetsiya kochalarida transportlar 1967 yil 3-sentyabr kuni 10 daqiqaga tõxtatib turildi. Keyin yana xarakat davom etadi

.Diqqat savol: 1967 yil Shvetsiyа kõchаlаridа nimа sоdir bõlgаn ?

.Butun Shvetsiyа buyichа trаnspоrtlаr hаrаkаti õng tоmоngа õtdi .Yа’ni rul õng tоmоngа õtаdi vа õz-õzidаn xаrаkаtlаnish hаm õzgаrаdi

400

Konsensus mexanizmi nima va uning vazifasi nimadan iborat?


Konsensus mexanizmi — bu tarmoq ishtirokchilari o'rtasida bloklarning haqiqiyligi va to'g'riligini tastiqlash jarayoni. U tizimini firibgarlikdan himoya qiladi va yagona haqiqatni belgilaydi.

400

Fond bozorida “kotirirovka” nima?

Kotirovka — bu qimmatli qog'ozlarning sotib olish (bid) va sotish (ask) narxlarini bildiruvchi qiymat bo'lib, u bozor talab va taklifi asosida shakllanadi.

400

Big Data tahlilida “real-time analytics” deganda nima tushuniladi?


“Real-time analytics” — bu ma'lumotlarni to'plangani zahoti tahlil qilish jarayoni bo'lib, u bozordagi o'zgarishlarga tezkor javob berish  imkonini beradi.

400

Machine Learning yordamida elektron savdoda narxlarni dinamik boshqarish qanday amalga oshirish?

Tizim bozor talabini, raqobatchilar narxini, vaqt va sotuv tezligini  tahlil qilib, real vaqt rejimida optimal narxni belgilaydi . Bu jarayon Dinamik narxlash modeli deb hisoblanadi.

400

Abdulla Oripovning shunday satrlari bor:Men ham yashayapman o'z zamonamda, Davrimdan qayga xam tushardim yiroq. Va lekin bilmadim mening qonimda Qaysi bir bobomning hislati ko'proq

.Diqqat savol: Yuqoridagi satrlarning mazmunidan kelib chiqqan holatda aytingchi, ushbu she’r qanday nomlanadi?

Genetika

500

Blokcheynning “trilemma” (uchlik muammosi) nimani anglatadi?


Blokcheyn trilemmasi — bu tizimda xavfsizlik (security), markazlashmaganlik (decentization) va shkala (scalability) ni bir vaqtning o'zida mukammal ta'minlashning murakkabligi.

500

Fundamental va texnik tahlil o'rtasidagi asosiy farq nimada?

Fundamental tahlil kompaniyaning moliyaviy holati , foyda , aktivlar, iqtisodiy sharoit kabi asosiy omillarni o'rganadi.

Texnik tahlil esa grafiklar, narx harakati va tendentsiyalar orqali bozor xatti-harakatini prognoz qiladi.

500

Big Data tahlilida “prediktiv analitika” nima va u moliya bozorida qanday rol o'ynaydi?


Prediktiv analitika — bu statistik modellar va sun'iy intellekt yordamida kelajakdagi voqealarni oldindan bashorat qilish usuli.

Moliya bozorida u aksiyalar narxi, risk darajasini va bozor tendensiyalarini prognoz qilish uchun ishlatiladi

500

Elektron savdoda “Natural Language Processing (NLP)” qanday vazifalarni bajaradi ?

NLP — bu mijozlarning  yozma yoki og'zaki so'rovlarini tushunish va qayta ishlash texnalogiyasi . U chatbotlar, mijoz fikrlarini  tahlil qilish (sentiment analysis) va avtomatik javob tizimlarida qo'llaniladi.

500

Chingiz Aytmatovdan ajoyib o'xshatish:

U oyoqlarim ostiga uzun poyandoz solganday, xira tortgan kuzgi yerlarni to'q qizil, binafsha va orqa rangga bezab, kiyilaverib uvadasi chiqib ketgan kamzulimning kumushrang tugmalarida olovday yolqinlanib, izg'irindan quvragan chiylarning popuklariga zeb berib turardi. Bu asarni Chingiz Aytmatov "Erta kelgan turnalar " asari uchun yozgan. Biz undan parcha keltirdik.

Diqqat savol: Bir necha so'z bilan bu holatni topib bering?

Quyoshning botish arafasi