(Blank)
(Blank)
(Blank)
Aralash
100

Qat'iy om deganda nimani tushunasiz

umumiy hamma narsani olib, xoslash ehtimoli bo'lmaydi

100

Umumning turlari

xoslab bo'lmaydigan va xoslanadigan umum

100

Umumni xoslash turlari

- Sunna bilan xoslash.

- Ijmo bilan xoslash.

- Qiyos bilan xoslash

100

"Qur'on"ning istilohiy ma'nosi?

Qur'on Alloh taoloning Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy orqali nozil qilgan, tavotur ila naql qilingan, ibodatda o'qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomdir.

200

om so'zining lug'aviy va istilohiy ma'nosi

“Om” so‘zi lug‘atda “umumiy” degan ma’noni bildiradi. Istilohda esa, bir nechta shaxs va narsalarni umumlashtirgan holda “o‘z ichiga oluvchi” degan ma’noni anglatadi

200

“Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir” (Oli Imron 97) usbu oyat omning qaysi turiga kiradi

maxsus om

200

“xos” so’zi lug’atda va istilohda

“Xos” so‘zi lug‘atda “alohida”, “maxsus”, “xususiy” degan ma’nolarni  anglatadi. Istilohda esa, aniq bir ma’no yoki ma’lum bir atama uchun maxsus qo‘llanadigan so‘zdir.

200

Qur'oni karimni taqsimlanishi: Tivol, Mi'un, Masoniy va Mufassallar haqida ma'lumot bering

1. Tivol uzun suralar: Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, An'om, A'rof, Tavba yoki Yunus

2. Miun oyatlar soni yuz va undan ko'proq bo'lgan suralar: Hud, Yusuf, Isro, Hijr

3. Masoniy- va'd va va'id oyatlari yonma-yon kelgan suralar: Ibrohim, Ankabut, Rum, Luqmon, Muhammaddan to Qofgacha

4. Mufassal- qisqa jamlovchi, orasi basmala bilan tez-tez uzilib turuvchi suralar: "Hujurot" surasidan "Nas"gacha

300

Qur'oni karimda omni ifodalovchi ya'ni har bir ma’nolaridagi so‘zlar yoki jamlovchi ismlar kelgan oyatlar misol ayting

Niso 176, Baqara 208

300

om va xos ilmi islom ilmlari ichidagi qaysi ilda ko'proq qo'llaniladi?

fiqh ilmida

300

Qur’onda omni ifodalovchi holatlar nechchi qismga bo‘linadi?

uch. “Kullu”, “jami’”, “koffa” kabi hamma, yoppasiga, barcha, har bir ma’nolaridagi so‘zlar yoki jamlovchi ismlar kelgan oyatlar. “Om” lafzidan “xos” narsa ko‘zda tutiladigan.  Maxsus om 

300

Makkiy va Madaniy suralarning alomatlari?

Makkiy suralar: Sajda oyati bor, anbiyolar va o'tgan ummatlarning qissasi kelgan, "Kalla" "Yaa ayyuhannas" so'zlari kelgan suralarning ba'zisi, Odam Ato va Shayton haqida kelgan qissalar(Baqara mustasno), muqottoat harflari kelgan oyatlari bor suralar, makkiy oyatlar odatda qisqa bo'ladi.

Madaniy suralar: Farz ibodatlar, munofiqlar ahli kitoblar bilan tortishuvlar bayon etilgan oyatlari bor suralar. Nasoro va yahudiylarga xitob va uzun-uzun oyatlari bor suralar.

400

Qur’oni karimda kelgan umumni xoslashning ba’zi turlarini etib o'ting

Istisno lafzi bilan xoslangan oyatlar, Biror narsa uchun boshqasining shart qilinishi, Sifat bilan, Ko‘pchilikning ichidan ba’zilarga xitob qilinishi

400

Moida surasining 3 va 96 oyatlarning umum va xoslikdagi ahamiyati nimada

Moida 3. O'limtik harom qilingan. 23-oyatda esa Olimtikdan dengiz baliqlari o'lib qolgan bo'lsada halol deyiladi umumiy o'limtikdan dengiz balig'i xoslab olingan

400

“Om” va “xos” ilmlarining  muhim jihatlari

“Om” va “xos” ilmlarining yana bir muhim jihatlaridan biri – ayrim oyatlarning lafzi va mazmuniga ko‘ra, umumiy va xususiyga bo‘linishidir. Ba’zi oyatlar mazmuni, sababi nuzuliga ko‘ra muayyan voqeaga taalluqli bo‘lsada, ammo ular umumiy shaklda shu turdagi barcha holatga tatbiq etilishi mumkin.

400

Mutashobih sifatlar boʻyicha salaf va xalaflarning tutgan yoʻli haqida gapiring

Salaf ham, xalaf ham Alloh Subhanahu va taoloni shubhadan, ta'tildan, mutashobihning U Zotga toʻgʻri kelmaydigan sirtqi maʼnolaridan poklash kerakligiga ittifoq qiladilar. Ta'vil qilishda ixtilof bor: salaf uni man qiladi, xalaf ruxsat beradi

500

Istisno lafzi bilan xoslangan oyatlar

Nur 4-5 oyat. Ushbu oyatda zikr etilgan gunohni qilib, so‘ng gunohiga tavba qilganlar fosiq bo‘lmasligi istisno qilinmoqda. 

500

 Xoslab bo‘lmaydigan “umum”ga oyat misol keltiring

“Alloh barcha narsani bilguvchidir” (Hujurat surasi, 16 oyat).

“Parvardigoringiz hech kimga zulm qilmas” (Kahf surasi, 49 oyat).

“Sizlar uchun onalaringiz harom qilindi” (Niso surasi, 23 oyat).

“Va Alloh hamma narsaga qodirdir” (Baqara surasi, 20 oyat).

500

maxsus om turiga oyat keltiring

Baqara 187-  Ushbu oyatdagi umumiy xitob xossatan ro‘zadorlarga qaratilgan. 

Oli Imron 97-  Bunda barchaga farz qilinishi emas, balki qodir bo‘lgan musulmonlarga farz qilingani nazarda tutilmoqda 

500

Mutashobihning qismlari haqida gapirib bering

Mutashobih 3 qismga taqsimlanadi: (Qurʼon ilmlari kitobida)

1. Faqat lafz jihatdan mutashobih

2. Faqat ma'no jihatdan mutashobih 

3.Ham lafz jihatidan, ham ma'no jihatdan mutashobih