O'tmishdan ertaklar
Molxona
Jinoyat va jazo
0

Asar boshida bolaning uyi tasvirlanar ekan uy ichining qorongʻu, odam odamni tusmollab arang tanishi aytiladi. Bunga sabab yogʻlangan qogʻoz yopishtirilganida edi. 

Diqqat savol: bundan qanday maqsad koʻzlangan boʻlgan?

Javob: nomahram koʻzi tushishidan pana qilish maqsadi. (3)

0

"Klover chuqur oʻylandi. Birovga bir narsa demay, Mollining katagiga bordi va tuyoqlari bilan barcha pichan gʻaramini titib chiqdi. Gʻaram tagida ..." 

Diqqat, yuqoridagi parchada Klover gʻaram ostidan nimalar topib oladi?

Javob: ushatilgan qand boʻlagi va turli xil tasmachalar bogʻlami berkitilgan holda topildi. (34)

0

Raskolnikov bor-yo'g'i 2 ta narsasini garovga qo'ygandi, ikkalasi ham qadrli edi, ular nimalar?

Singlisi bergan tilla uzuk va otasidan qolgan kumush soat

0

Bolaning otasi xotini qora echki koʻrib, uning jin boʻlishini tahmin qilib kasal boʻlib yotib qolganida Ucharmaxsum laqabli bir odamdan yordam soʻraydi. Diqqat savol: bu odam nega bunday laqab bilan atalgan edi?

Javob: chaqirilgan joyga bir zumda yetib borgani uchun. (13)

0

Napoleon boshliq choʻchqalar tovuqlarga kunlik tuxum topshirish meʼyorini joriy etishganida buni eshitgan tovuqlar daxshatli qaqagʻlab yubordilar. Ular isyon qilish maqsadida bir ish qilishga qaror qilishdi. Bu qanday ish edi?

Javob: ular baland toʻsinga chiqib, tuxum qoʻyishga, tuxumlar pastga qulay yaroqsiz holda parchalanib ketishiga qaror qilishdi. (55)

0

Kampir o'z boyliklarini nima maqsadda yig'ib borardi? Ikkita bir-biriga bog'liq maqsadini yozib bering.

O'lgandan so'ng cherkovga barcha mulkini ehson qilish, evaziga abadul-abad uning haqiga doim duo qilib turilishi uchun.

0

"X deganda mening koʻz oldimga choʻp-ustuxon, rangi oppoq bola kelar, ayamning ozgʻin va rangi oppoq ekani xayolimda ham yoʻq edi, darrov qaradim, haqiqatan ham ayam nihoyatda ozgʻin va rangi oppoq ekan" ushbu parchada X oʻrnidagi soʻz nima edi?

Javob: "Arvak". (34)

0

Napoleon davri boshlangach eski qoidalar deyarli hammasi oʻzgartirildi. Oʻzgarmagan "Angliya jonivorlari" madhiyasini kuylash odati qolgan edi xolos. Biroq bir kuni Qichqiroq bu odatni ham taʼqiqlanganini maʼlum qildi va bunga bir sabab koʻrsatdi. Diqqat savol: bu qanday sabab edi?

Javob: "Angliya jonivorlari" bu isyon davri qoʻshigʻi edi. (64)

0

Mikolka nega qotillikni men qildim, deb tan oladi?

riyozat chekish uchun. Tasavvufiy ruhda. Piridan ta'lim olgan edi.

0

Abduqahhor usta oʻgʻlini Valixon soʻfiga oʻqishga berganida bolanisining dars yodlab oʻtirgani ustidan chiqqan ota soʻfi bilan gaplashib oladi. Soʻfi "bolangizning zehni oʻtkir!" deya aytgan gapiga ota bir gap bilan javob qaytaradi. Bu gapdan soʻfi gangib qoladi. Ota shunda nima degan edi?

Javob: "Bolamning zehnini bilmayman, lekin vaqtida oʻzlarining zehnlari qalay edi?" deb. (56)

0

Ajoyib kunlarning birida, tahminan yoʻqolgan qoʻylar voqeasi boʻlgan paytda hayvonlar molxonaga ishlarini tugatib qaytishayotganda Kloverning daxshatli kishnashidan gangib qolishdi. Bu kishnash yana takrorlangach hayvonlar molxona tomon yugurdilar va bir narsaga guvoh boʻldilar. Diqqat savol: bu qanday vaziyat edi?

Javob: hayvonlar choʻchqalarning ikki oyoqda yura boshlaganini koʻrishdi. (92)

0

 Svidrigaylov Rodion Romanovich bilan uzoq mulohazali suhbati davomida ushbu jumlani keltirib o'tadi: dunyoda undan ko'ra qiyin narsa, bundan ko'ra oson narsa yo'q.

U doim ikkinchi yo'l ish berishini ta'kidlaydi. Gap qaysi ikki narsa haqida bormoqda?

 to'g'rilik va maqtov.

0

Hatto, katorgada yurgan kezlarida ham, Rodion Romanovich mening birgina jinoyatim mana shu deb aytadi. Bu nima edi?

Favqulodda insonlar kabi qaddimni rostlay olmaganim, davom etmaganim.

0

Asarda bir qahramonga shunga ta'rif berilgan. U daroz va biroz beo'xshov bo'lishiga qaramasdan shunchalar muloyim va tabiati yumshoq ediki, qaragan inson uni rosa yoqtirib qolardi. Gap kim haqida bormoqda?

Lizaveta, kampirning singlisi.

0

Rodion Romanovich irimchiroq edi, uning o'ylaganlari yuzaga chiqardi. Asarda uning oxirgi aytgan aniq bashorati ham amalga oshadi. Bu qanday voqea edi?

Onasining g'amga botib, vafot etishi.