A
B
C
D
E
100

Margʻinoniyning hanafiy mazhabidagi toʻrt jildlik mashhur asari nima deb ataladi?  

 "Al-Hidoya" ("Hidoya").

100

"Hidoya"da oltin/kumush uchun zakot stavkasi qancha etib belgilangan?

2,5 foiz (40 dan 1 ulush).

100

Qutadgʻu bilig"da amaldorlarning koʻzi toʻq boʻlishi iqtisodiyotga qanday taʼsir qiladi?  

Poraxoʻrlik va qashshoqlikning oldi olinadi, adolatli soliq va xazina barqarorligi taʼminlanadi.

100

Mutafakkirlarning "xususiy mulk"ka boʻlgan umumiy munosabati qanday?   

Halol yoʻl bilan orttirilgan xususiy mulk ijodiy va ijobiy kuch boʻlib, davlat uni muhofaza qilishi shart.

100

Forobiy va Beruniyning majburiy (qul) mehnatiga munosabati qanday boʻlgan?

Keskin qarshi boʻlishgan; samaradorlik faqat erkin va manfaaddor mehnatda boʻladi deyishgan

200

 Nizomulmulk boʻyicha davlat xizmatchilariga maosh qanday toʻlanishi kerak?

 Bilim va martabasiga qarab tabaqalashtirilib, toʻgʻridan-toʻgʻri davlat xazinasidan.  

200

 Inson mehnati hayvondan nimasi bilan farq qiladi (Ibn Sino va Forobiy boʻyicha)?

Inson tabiat inʼomlaridan tashqari jamoaviy mehnat va qurollar bilan yangi neʼmat yaratadi.

200

Topilgan xazina va qimmatbaho toshlarga "Hidoya"da qanday soliq belgilangan?

Xazinadan 20% (beshdan bir) zakot olinadi, qimmatbaho toshlar zakotdan ozod qilingan. 


200

Forobiy boʻyicha boyliklarni taqsimlashdan oldin nima qilish shart?

Mamlakatdagi barcha resurslarni toʻliq hisobga olish (inventarizatsiya).

200

Ibn Sino kutilmagan ofatlar uchun moliya tizimida nimani taklif qilgan?

Favqulodda holatlar uchun maxsus moliyaviy zaxira yaratishni.

300

Abu Rayhon Beruniy oʻzining "Mineralogiya" asarida konda ishlovchilar va hunarmandlar misolida mehnatning qaysi muhim iqtisodiy kategoriyasini va uning ahamiyatini yoritib bergan?

Mehnat taqsimoti va uning ish unumdorligi hamda mahsulot sifatini oshirishdagi rolini yoritgan

300

Forobiy jamiyat va davlatning paydo boʻlishining asosiy sababini nimada deb bilgan?

Insonning tabiatan yakka holda oʻz hayotiy ehtiyojlarini qondira olmasligi va ushbu moddiy hamda maʼnaviy ehtiyojlarni faqat oʻzaro yordam va kishilar jamoasi (mehnat taqsimoti) orqali qondira olishida deb bilgan.

300

 Beruniy boʻyicha ish haqini belgilashda qaysi tamoyilga tayanish kerak?  

Bajarilayotgan mehnatning ogʻirligi, masʼuliyati va jamiyatga keltiradigan nafiga qarab belgilash kerak

300

Nizomulmulk "Siyosatnoma"da podshoh mamlakatdagi zulm va qashshoqlik darajasini amaldorlardan yashirmay oson aniqlashi uchun qanday usul bergan?

Zulm koʻrgan va qashshoq kishilar eng arzon mato boʻlgan qizil kiyim giysin, deya taklif bergan. Bu kiyimni boshqalarga kiyish taqiqlanib, podshoh bunday kishilarning muammosini darhol koʻrib hal qilgan.

300

Yusuf Xos Hojib ilgari surgan "barqaror pul, adolatli soliq va erkin savdo" gʻoyasi keyinchalik Gʻarbdagi qaysi mashhur iqtisodchining qarashlariga mos keladi?

XVIII asrda yashagan shotlandiyalik iqtisodchi Adam Smitning taʼlimotiga mos keladi. Adam Smit ham mamlakat boyishi uchun tinchlik, yengil soliqlar va erkin savdo zarurligini taʼkidlagan.

400

Forobiy taʼlimotiga koʻra, jamiyatda boylik va resurslarni adolatli taqsimlashdan oldin davlat rahbarlari qanday tadbirni oʻtkazishlari shart?  

Resurslar va mol-mulklarni toʻliq hisobga olish (inventarizatsiya) tadbirini oʻtkazish shart. Jamiyatdagi barcha yerlar, uylar, ishlab chiqarish vositalari va oziq-ovqatlarni aniq roʻyxatdan oʻtkazmay turib adolatli taqsimot qilib boʻlmaydi

400

"Hidoya" asariga koʻra, topilgan xazinayu konlar va qimmatbaho toshlar uchun belgilangan soliq tartibi qanday?

 Yer ostidan topilgan xazinadan hamda konda qayta ishlangan metallardan 20 foiz (beshdan bir) zakot olinadi. Biroq zargarlik buyumlari sanalgan qimmatbaho toshlar (olmos, laʼl va b.) zakot soligʻidan toʻliq ozod qilingan.   


400

Ibn Sinoning "jamiyatda hamma halol mehnat qilishi, oʻta keskin boylik yoki qashshoqlik boʻlmasligi va boylik oʻrtacha taqsimlanishi" haqidagi taʼlimoti qanday nomlanadi?  

 Bu "Fozil davlat" (ideal jamiyat) konsepsiyasidir. Ibn Sino insoniy adolat, har bir fuqaroning halol mehnati va moddiy tenglikni jamiyat barqarorligining asosiy sharti deb bilgan.

400

Nizomulmulkning "Siyosatnoma" asarida davlat xazinasi barqarorligi uchun tavsiya etilgan ikkita xazina turi va ularning vazifasi nima?

Birinchisi — favqulodda va inqirozli hollar uchun saqlanadigan "Asosiy zaxira xazinasi", undan behuda 1 dirham ham sarflanmaydi. Ikkinchisi — "Xarajatlar xazinasi" boʻlib, u qoʻshin va amaldorlarning kunlik maoshi hamda ehtiyojlariga ishlatiladi.

400

Ibn Sino va Forobiy boʻyicha inson mehnati va uning natijasi hayvonlarning hayot kechirishidan nimasi bilan farq qiladi?  

Hayvonlar tabiat bergan tayyor neʼmatlarni shunchaki sarflaydi va yolgʻiz yashay oladi. Inson esa tabiatda tayyor boʻlmagan neʼmatlarni aql-idrok, jamoaviy mehnat hamda mehnat qurollari yordamida oʻzi yaratadi.

500

Ibn Sinoning mehnat taqsimoti va unumdorlik haqidagi ilgʻor gʻoyasi keyinchalik Gʻarb klassik iqtisodiyotida kim tomonidan va qaysi mashhur asarda rivojlantirildi?  

 Adam Smit tomonidan 1776-yilda chop etilgan "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot" asarida rivojlantirildi. U Ibn Sino qarashlariga oʻxshash holda mehnat taqsimotini boylik orttirishning bosh omili deb asosladi.   


500

"Hidoya" asarida oltin va kumush uchun soliq solinadigan minimal chegara (nisob) va ularning hisob-kitob tartibi qanday koʻrsatilgan?

 Kumush uchun nisob 200 dirham boʻlib, undan 5 dirham (2,5%) zakot beriladi. Oltin uchun nisob 20 misqol (taxminan 90 gr) boʻlib, undan yarim misqol (2,5%) zakot undiriladi va undan ortiq har qanday miqdor uchun ham proportsional hisoblanadi.  

500

Forobiy va Beruniyning "majburiy (qul) mehnat" va "erkin mehnat" samaradorligi borasidagi xulosalari qanday boʻlgan?

 Ular majburiy va qullik mehnatiga keskin qarshi chiqishgan. Majburiy mehnatda insoniy xohish va shaxsiy manfaat boʻlmagani uchun uning unumdorligi juda past boʻladi, faqat kishilarning oʻz ixtiyori va manfaati bilan bajarilgan erkin mehnatgina taraqqiyot keltira oladi

500

Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib) "xususiy mulk" va "halol boylik orttirish"ga munosabatidagi umumiy mushtarak gʻoya nimadan iborat?

Ularning barchasi halol mehnat va tijorat orqali orttirilgan xususiy mulkni jamiyatni obod qiluvchi omil deb hisoblashgan. Boshqalarga zarar yetkazmagan holda boylik orttirish ragʻbatlantirilishi va davlat xususiy mulk daxlsizligini qonun bilan muhofaza qilishi shart.

500

Yusuf Xos Hojibning "amaldor va vazirlarning koʻzi toʻq boʻlishi" haqidagi qarashlarining davlat iqtisodiyoti uchun amaliy ahamiyati nimada?

Nafsi och va tamagirmand amaldorlar poraxoʻrlik hamda oʻzlashtirish orqali xalqni va davlat xazinasini qashshoqlashtiradi. Koʻzi toʻq, halol amaldor esa adolatli soliq yigʻilishini taʼminlaydi, korrupsiyaning oldini oladi va davlat byudjetining barqarorligini saqlaydi