Majhul roviy toʻgʻrisidagi qoidalarni tatbiq qiluvchi hadis ilmi sohasi ?
Vuhdon الوحدان (rivoyatlari faqat bir kishi tomonidan naql qilingan roviy)
Ulum al-hadis”da “majhul” necha turga taqsimlangan?
1 majhul al ayn
2 holati noma'lum
3 botindagi adolati noma'lum
Nima sababdan "mubham" roviy sahobalardan bo‘lsa, qabul qilinaveradi?
Chunki sahobalarning barchalari "adolat" sohibidirlar.
Shozlik hadisning qaysi oʻrinda boʻlishi e'tiboridan necha turga boʻlinadi?
1) isonddagi "shozlik"; 2) matndagi "shozlik"; 3) matn va sanaddagi "shozlik"
"Illatli hadis" atamasi "ulum al-hadis" dagi qanday hadis turlariga nisbatan ishlatiladi?
maqlub, muttasil isnoddagi ziyodalik, mudraj, muztarib va shoz rivoyatlarga ham "illatli hadis" atamasi ishlatilaveradi.
“majhul” va “mastur" orasidagi farq?
Ular orasidagi farq esa, roviylarning qaysi tabaqasiga nisbatan qoʻllanishida boʻlib, “majhul” dastlabki uch asr roviylariga, “mastur” esa keyingi davr roviylariga qoʻllanadi
Zohirda adolatli boʻlib koʻringan, ammo botinda ham shunday ekani tasdiqlanmagan roviy?
botindagi adolati nomaʼlum مجهول عداله باطنا
"Muhmal" nima?
Ism va otasining ismida yoki ism, otasining ismi va bobosining ismida otdosh bo‘lgan roviylar.
"Munkar" va "Shoz" atamalari orasidagi farqni izohlang
"Munkar" zaif roviyning ishonchli roviyga xilofi boʻlsa, "shoz" ishonchli roviyning oʻzidan ishonchliroq roviyga muxolif rivoyatiga nisbatan qo'llanadi.
Tafarrud necha turga boʻlinadi?
2 turga: "mastur", "zaif" va jarh qilingan boshqa roviylarning yolg'izlanib qolishi;
"siqa", "saduq" kabi maqbul roviyning yolg'izlanib qolishi.
Hanafiy “usul al-hadis”ida “majhul” roviy atamasiga qanday ta'rif beriladi?
kishining rivoyatlari kamligi, yaʼni bir yoki ikkitaligi sababidan “adolat” va “zabt”i ham koʻpchilikka maʼlum boʻlmagani nazarda tutiladi
Ikki yoki undan koʻp roviy tomonidan rivoyatlari naql qilingan, ammo ishonchli ekani qayd qilinmagan roviy?
holati noma’lum مجهول الحال yoki zohirda ham, botinda ham adolati nomaʼlum مجهول العداله ظاهرا وباتنا
Muhmalni nimalar orqali aniqlash mumkin?
"Turuq"larni jamlash, "mustaxraj"lardan qidirish, roviyning shogirdlarini aniqlash orqali
Matn va sanad jihatdan "shozlik" ka uchragan rivoyatga misol keltiring
Hokim Naysoburiy tomonidan Sufyoni Savriyning Abu Zubayr vositasida Jobir ibn Abdullohdan Rasululloh (s.a.v.) ning peshin namozidagi holati borasidagi rivoyat naql qilingan.
Muhaddislar qanday rivoyatlarga nisbatan "illatli hadis" atamasini qoʻllaydilar?
Muhaddislar zohirida sahih ko'ringan hamda sanad yoki matnida ushbu sahihlikka putur yetkazadigan yashirin sabab bo'lgan rivoyatlarga "illatli hadis" atamasini qo'llaydilar.
Xatib Bagʻdodiyning fikriga ko'ra "majhul"-?
Hadis talabida mashhur boʻlmagan yoki muhaddislar “ilm ar-rijol” kitoblarida qayd etmagan va rivoyatlari faqat bir roviy tomonidan naql qilingan kishi
Vuhdon necha turga bo'linadi?
1.“vuhdon ar-ruvot”
2."vuhdon al-hadis” yoki “vuhdon ar-rivoya”
Hishom ismli muhmal roviylar...?
Hishom ibn Urva
Hishom ibn Hasson
Hishom ibn Abu Abdulloh Dastuvoiy
Ibn Hajar Asqaloniyning ta'rifiga koʻra "Shoz" bu...
maqbul kishining oʻzidan afzal bo'lgan kishiga xilofi "shoz"dir.
Xatib Bagʻdodiy "ziyoda as-siqa" atamasiga qanday ta'rif bergan?
adolatli kishining rivoyatida boshqa roviylarning naqllarida mavjud bo'lmagan narsa qo'shilib qolishiga "ziyoda as-siqa" deb ta'rif bergan
"majhul” roviylarni necha guruhga bo'linadi?
1.salaf olimlari undan rivoyat qilgan va naqllarini qabul qabul qilgan kishilar.
2.rivoyatlari koʻp naql qilina boshlaganda salaf olimlari uning salbiy sifatlarini zikr qilmagan kishilar.
3.rivoyatlarida ixtilof qilingan kishilar, yaʼni baʼzilar qabul qilgan, boshqalar esa rad etgan roviylar.
4.rivoyatlari bilittifoq rad etilgan roviylar
5.rivoyatlari salaflar davrida mashhur boʻlmagan hamda ular tomonidan “jarh” yoki “taʼdil” hukmi berilmagan kishilar
Majhul al-ayn (مجهول العين )?
Undan faqat bir roviy hadis naql qilgan hamda biror muhaddis-roviy ishonchli deb baholamagan kishi
"Muhmal" roviylar to‘g‘risida alohida kitob yozganlar..?
Xatib Bag‘dodiy ("al-Mukammal fi bayon al-muhmal")
Abu Ali Husayn Jayyonig ("Taqyid al-muhmal va tamyiz al-mushkil")
Imom Shofeʼiy "Shoz" atamasiga qanday ta'rif bergan?
Shoz so'zi lug'atda "yolgiz", "jamoadan ajralib qolgan" degan ma'noni bildiradi. Istilohda esa, "siqa" roviyning rivoyatda oʻzidan ko'ra ishonchliroq bo'lgan kishiga xilof qilishiga nisbatan ishlatiladi.
Ibn Rajab Hanbaliy "ziyoda as-siqa" deganda nimani nazarda tutgan?
"roviylarning bir jamoasi bir hadisni bir isnod va matn bilan rivoyat qiladilar. Roviylardan ba'zisi unda boshqa roviylar zikr qilmagan narsani qo'shib qo'yadi", deydi.