Galogenlarnung olinishi
Galogenlarning xossalari
Galogenlarning ahamiyati
100

Laboratoriya sharoitida osh tuzidan xlor olish reaksiyasini yozing? (Elekrtroliz reaksiyasidan tashqari)

KMnO4 + NaCl + H2SO4 = K2SO4+ Na2SO4 +MnSO4 + Cl2 + H2O

(KMnO4 o'rniga boshqa har qanday oksidlovchi bo'la oladigan modda olish mumkin) 

100

1)HF, 2) HCl, 3) HBr 4) HI qatorida moddalarning kislotalik xossalari qanday o'zgaradi. Javobingizni izohlang?

Kislotalik xossasi ortadi. Chunki F dan yodga tomon galogenlarning nisbiy eletromanfiyliklari kamayadi. Bu ularning vodorodli birikmalarida bog'larning uzayishi va zaiflashishiga olib keladi. Natijada H+ ioni oson ajralib chiqadi. H+ ioni ko'p bo'lsa kislotalik kuchli bo'ladi.

100

Havo tarkibida ozon borligini qanday aniqlanadi?   Reaksiya tenglamasini yozing? Bu reaksiyada qanday sifat o'zgarish sodir bo'ladi?

2KI + O3 + H2O= J2 + 2KOH +O2

KI va kraxmal shirasi bilan ho'llangan filtr qog'oz havoda tutib turilsa, hosil bo'lgan yod kraxmalni ko'kartiradi.

200

Sanoatda xlorid kislota sulfat usuli hamda sintetik usulda olinadi. Har ikki usulda olingan vodorod xlorid maxsus yuttirish minoralarida suvga yuttiriladi.Vodorod xlorid suvda erish unumini oshirish uchun qanday taklif bera olasiz?

Vodorod xlorid minorani past tomonidan yuqoriga harakatlanadi,  suv yuqoridan pastga harakatlanadi.

200

Halqimizda "Qalovini topsang qor yog'ar"degan maqol bor. kimyoviy bilimlaringizni ishga solib, qalovini topinglarchi. Javobingizni reaksiya tenglamalari bilan isbotlang.

Suv (qor) ftor atmosferasida yonadi.

 H2O + F2= HF + O2

( Yoki kalsiy karbid kristallarini qor ostiga qo'yganimizda asetilen ajraladi. gugurt chaqilganda asetilen yonadi. 

CaC2 + H2O = C2H2 + Ca(OH)2

C2H2 + O2= CO2 + H2O

200

Ca(OH)2 + Cl2 =....   reaksiyani tugallang. Reaksiya natijasida hosil bo'lgan molekulasida 4 ta atom saqlagan modda sanoatda qanday sohalarda ishlatiladi?

Ca(OH)2 + Cl2 =CaOCl2 + CaCl2 +H2O

CaOCl2-"xlorli oxak" to'qimachilik sanoatida, tolalar, matolar, qog'ozni oqartiruvchi modda sifatida, dezinfeksiyalashda ishlatiladi.

300

Galogenlarning kimyiviy faolligi ftordan astatga tomon kamayadi. Bu xossalardan foydalanib xlorni ftor yordamida, yoki bromni xlor yordamida siqib chiqarib olish mumkin. Demak ftor eng kuchli oksidlovchi, uni boshqa metalmaslar siqib chiqara olmaydi degan xulosaga kelish mumkin. Ftorni qanday olish mumkin. Reaksiya tenglamasini yozing?

KF suyuqlanmasi elektroliz qilib ftor olinadi.

KF(suyuqlanma) = K+F2

300

1)HClO, 2) HClO2, 3) HClO3, 4) HClOqatorida chapdan o'ngga tomon berilgan moddalarning oksidlovchilik xossalari qanday o'zgaradi? Javobingizni izohlang.

1)HClO, 2) HClO2, 3) HClO3, 4) HClOqatorida chapdan o'ngga tomon berilgan moddalarning oksidlovchilik xossalari kamayadi. Chunki xlor atomi atrofida kislorod atomlari oshgan sari Cl-O bog'i uzunligi kamayadi va bog' energiyasi oshadi. 

300

Bobur CuF2 ning oq rangli kristallarini suvda eritganda xavorang eritma hosil bo'ldi. Eritmani mis batamom tugaguncha elektroliz qilganda, elektrolizyorda plavik kislotaning eritmasi qoldi. Bobur uni shisha idishlarga quyib, etiketka yopishtirdi hamda kimyoviy moddalar saqlanadigan shkafning eng pastki polkasiga qo'ydi.

Ushbu jarayondagi kimyoviy xatolikni toping?  

Plavik kislota -HF shishani yemirish hususiyatiga ega. Shuning uchun kauchuk, polietilen yoki qo'rg'oshindan yasalgan idishlarda saqlanadi.