1
2
3
4
5
100

Jinoyat kodeksining qanday vazifalari mavjud ?

Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qoʻriqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

100

Jinoyatlar xavflilik darajasiga qarab qanday darajalarga bo'linadi ?

1)Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish , shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish .

2)Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 3 yildan ortiq, lekin5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish , shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish.

3)Ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 

4)Oʻta ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 

100

Aqli rasolik nimani anglatadi va uning qanday baholash mezonlari mavjud 

Aqli rasolik deb - shaxs jinoyat sodir etish vaqtida o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaganlik va o'z harakatlarini boshqara olganligiga aytiladi.


Quyidagi mezonlari mavjud:

Tabiiy va Yuridik

100

Adashganlik xususiyatiga xato qanday turlarga bo'linadi va mohiyatini tushuntirib bering 

Adashganlik xususiyatiga ko'ra, xato: yuridik va faktik xato turlariga bo'linadi.


Yuridik xato deb - shaxs sodir qilgan qilmishining jinoyat huquqiy baholanishi haqidagi noto'g'ri tasavvurga ega bo'lishiga
aytiladi.

Faktik xato deb esa - jinoyat tarkibining obyektiv belgisi hisoblanadigan holatlar to'g'risidagi noto'g'ri tushunchasi. 

100

Ishtirokchilik shakllari deganda nima tushunasiz va ularning turlari 

Ishtirokchilik shakli deganda - jinoyat sodir etishdagi
o'zaro aloqadorlik, ishtirokchilar harakatini oldindan til biriktirgan holda amalga oshirilish darajasi, subyektiv aloqadorligi va xususiyatiga ko'ra farq qiluvchi bir necha shaxslarning birgalikdagi harakati tushuniladi.

JK ishtirokchilikni quyidagi shakllarga bo'ladi. Ular:
- oddiy ishtirokchilik;
- murakkab ishtirokchilik;
- uyushgan guruh;
- jinoiy uyushma.

200

Jinoyat kodeksi qanday qisimlardan iborat va qaysi bo'lim , bob va moddalari o'z ichiga oladi ?

Umumiy qismi: 7 bo'lim, 17 bob va 1-96-moddalarni,

Maxsus qism esa 8 bo'lim, 26 bob va 97-302-moddalarni

200

Jinoyat-huquqiy normaning sharhlash usuli va subyektiga qarab qanday turlarga bo'linadi 

Jinoyat qonunini sharhlash usuliga kóra:

Grammatik; Tizimli; Tarixiy; Mantiqiy


Subyektiga ko'ra:

Legal; Sud tomonidan; Ilimiy va doktrinal

200

Jinoyatning maxsus deb nimaga aytiladi va uning belgilarini sanab bering 

Jinoyatning maxsus subyekti deb shaxsda subyektning zaruriy belgilari bilan birga, jinoyat gonunida ko'rsatilgan boshqa bir belgilarning ham mavjud bo'lishi talab qilinadigan subyektga aytiladi. Ushbu belgilarga:
- fuqarolik;
- demografik belgilar;
- mansab;
- harbiy xizmatga aloqadorlik;
- bajarayotgan ishi;
- kasbiy majburiyatlar;
- shaxsiy majburiyatlar;
- subyektning asosiy holatlari v a boshqalar bilan bog'liq belgilar kirishi mumkin.

200

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb nimaga aytiladi va uning belgilari ?

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko'rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita aratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to'xtatsa, shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday ogibat kelib chiqishining
oldini olsa, jinoyat sodir etishdan itiyoriy aytish deb topiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy aytish ikki asosiy belgi:
ixtiyoriylik va qat'iylik bilan tavsiflanadi.


Itiyoriylik deganda - shaxs o'zi boshlagan jinoiy xatti-
harakatini oxiriga yetkazish imkoni borligini anglagan holda o'z xohishi bilan hech anday tashqi ta'sirlarsiz to'xtatishi tushuniladi;


Qat'iylik deganda - shaxsning jinoiy faoliyatini
vaqtincha to'xtatganligi emas, balki oxiriga yetkazish uchun to'la imkoniyatlar borligini anglagan holda jinoiy faoliyatini davom ettirishdan butunlay voz kechganligini anglatadi.

200

Eksessiv bajaruvchi kim va uning ko'rinishlari 

Eksess bajaruvchi deb - boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan çamrab olinmagan gilmishni sodir etgan bajaruvchiga aytiladi.
Ekssessning ikki xil ko'rinishi mavjud bo'lib, ular:
- sifat ko'rsatkichli eksess;
- migdor ko'rsatkichli ekssess.


Sifat ko'rsatkichli ekssessda - bajaruvchining harakatlari boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan boshqa bir jinoyatni sodir etishida ifodalanadi (masalan: ishtirokchilar o'g'rilik qilishni kelishib olishadi, lekin bajaruvchi bosqinchilik qilib chiqadi);


Miądor ko'rsatkichli ekssessda esa - bajaruvchi boshqa
ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olingan jinoyatni sodir qiladi, lekin uning oqibati boshqa ishtirokchilar o'ylaganidan ko'ra og'irroq bo'ladi (masalan: ishtirokchilar jabrlanuvchini
go'rgitib qo'yish masadida yengil tan jarohati yetkazishni kelishib olishadi, bajaruvchi jabrlanuvchiga og'ir tan jarohati yetkazadi). Agarda bajaruvchi aksincha harakat gilsa, barcha ishtirokchilarning harakatlari bajaruvchi harakatlari kvalifikatsiya qilingan modda bilan tavsiflanadi.

300

Jinoyat-huquqiy norma qanday elementlarda iborat va har birining qanday turlari mavjud ?

1) Gipoteza (Oddiy , Murakkav va Alternativ )

2) Dispozitsiya ( Oddiy , murakkab , Muqobil , Tavsiflovchi , Blanket va havola)

3) Sanksiya ( Mutloq aniq , Nisbatan aniq , Kamulyativ )
300

Jinoyat belgilarini sanab bering va harbirini mohiyatini tushunitirib bering

Jinoyat belgilari quyidagilar:
1)gilmishning ijtimoiy xavíliligi;
2)qilmishning huquqqa xilofliligi;
3)gilmishda aybning mavjudligi;
4)qilmishning jazoga sazovorligi.

Qilmishning ijtimoiy xavfliligi - sodir gilingan qilmish
jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki shunday zarar yetkazish real xavfini tug'dirishi mumkinligini anglatadi.

Qilmishning huquqga xilofliligi - sodir gilingan,
qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini anglatadi.

Qilmishda aybning mavjudligi - sodir gilingan qilmish
qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilgandagina jinoyat deb topilishini anglatadi.

Qilmishning jazoga sazovorligi deganda esa sodir qilingan qilmish uchun JK Maxsus qism moddalarida nazarda tutilgan jazo choralarining tayinlanishi mumkinligi tushuniladi.

300

Jinoyat bosqichlari deb nimaga aytiladi va uning bosqichlarini sanab bering 

Jinoyat sodir qilish bosqichlari deb itimoiy xavili qilmish sodir etilishini ifodalovchi harakatlar bosqichining majmuiga aytiladi. Ya'ni qasdning shakllanishi va rivojlanishi darajasini ifodalaydi.


Jinoyat huquqi fanida jinoyat sodir gilishning quyidagi
bosqichlari ajratib ko'rsatiladi:
1. Qasdning shakllanishi.
2. Qasdning anilanishi.
3. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rilishi.
4. Jinoyatga suiqasd qilinishi.
5. Jinoyatning tugallanishi.

300

Suiqasd amalga oshirilganlik darajasiga ko'ra turlarga bo'linadi va ularning mohiyati 

Suiqasdning yaroqlik darajasiga ko'rachi ?

Amalga oshirilganlik darajasi: 

1) Tamom bo'lgan suiqasd deb - jinoiy maqsadga erishish uchun aybdor o'ziga bog'liq bo'lgan barcha harakatlarni amalga oshiradi, ammo uning o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra, jinoyat oxiriga yetmaydi 

2) Tamom bo'lmagan suiqasd deb - shaxs jinoiy maqsadga erishishi uchun qilishi shart deb o'ylagan barcha harakatlarini o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra, to'liq bajara olmasligiga aytiladi.


Yaroqlik darajasiga ko'ra: 

1)Yaroqsiz obyektga tajovuz qilish - shaxsning xatosi
tufayli jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan obyektga zarar yetkazilmasligida ifodalanadi.

2)Yaroqsiz vositalar bilan suiqasd qilish deganda - ji-
noyatni oxiriga yetkazish uchun yaroqsiz bo'lgan, ya'ni amalda ishlatib bo'lmaydigan vositalarni qo'llab tajovuz qilinishi tushuniladi.


300

Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarni sanab bering 

kam ahamiyatli qilmishlar;

 zaruriy mudofaa; 

oxirgi zarurat; 

ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chogʻida zarar yetkazish; 

buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; 

kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilik; 

jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi.

400

Xalqaro qoidalarga ko'ra qaysi hollarda ushlab berilmaydi ?

1)O'zbekiston fuqarosi bo'lsa hamda O'zbekiston boshqa davlatlar bilan imzolagan shartnomalar va
bitimlarda o'zgacha goidalar nazarda tutilmagan bo'lsa;
2)Jinoyat O'zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan bo'lsa;
3)Sodir etilgan jinoyati ushlab berilishi talab gilinayotgan shaxsga nisbatan o'sha jinoyati uchun sud hukmi chiqarilgan va bu hukm kuchga kirgan yoki shu ayblov bo'yicha jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi qaror chiqarilgan bo'lsa;
4)O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi qoidalariga ko'ra shaxsni javobgarlikka tortish yoki jazoni ijro etish muddatlari o'tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan yoxud jazodan ozod gilish, shuningdek, hukmni ijro etish mumkin bo'lmasa;
5)Ushlab berish to'g'risidagi talabnomaga asos bo'lgan
qilmish O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko'ra, jinoyat hisoblanmasa, ushlab berilishi mumkin emas.

400

Jinoyat tarkibi nimalardan iborat va ularning mazmuni 

Jinoyat obyekti deganda - O'zbekiston Respublikasi
jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar

Jinoyatning obyektiv tomoni deb sodir gilingan ijtimoiy
xavfli qilmishning tashqi tomoni xususiyatlarini ifodalovchi qonun tomonidan o'rnatilgan belgilar majmuiga aytiladi. Ya'ni jinoyat sodir gilishning usul va yo'llarini nazarda tutuvchi belgilar yig'indisi tushuniladi.

Jinoyat tarkibining subyektiv tomoni - Jinoyat qonunida jinoyat deb belgilangan ijtimoiy xavíli qilmishni sodir etgan shaxsning o'z qilmishiga bo'lgan ruhiy munosabati tushuniladi.

Jinoyat subyekti deganda - ijtimoiy xavili qilmishni sodir gilgan va jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs, ya'ni O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs tushuniladi.

400

Jinoyat predmeti nima va uning jinoyat obyekti bilan qanday farqli jihatlari mavjud 

Jinoyat predmeti - ijtimoiy xavfli tajovuz qaratilgan
moddiy va nomoddiy dunyo ne'matidir. Masalan, ashyolar, pul, mol-mulk, axborot, sha'n, qadr-qimmat.


Jinoyat obyekti: faqat ijtimoiy munosabatlarni ko'z bilan ko'riladigan, o'lchovi, tashkil qilishi. Ushbu ijtimoiy munosabatlarning jinoyat qonuni bilan qo'riqlanganligi. Hamma vaqt jinoyat tarkibining zaruriy belgisi ekanligi. Obyektning yo'gligi jinoyat mavjud emasligini anglatishligi.

Jinoyatning predmeti: ko'z bilan ko'riladigan, o'chovi, sifati va o'ziga xos belgilarga ega bolgan moddiy yoki nomoddiy ne'mat bo'lishi. Ayrim hollarda ushbu ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi
manba bo'lib kelishi. Predmetga tajovuz qilish orqali
jinoyat obyektiga tajovuz qilinishi;
jinoyat qonunida nazarda tutilgan hollarda jinoyat tarkibining zaruriy belgisi
bo'lib kelishida ifodalanishligi.

400

Jinoyatda ishtirokchilik nima va unda ishtirok etuvchi shaxslarning turlari(Har bir ishtirokchini tariflab bering) 

Jinoyatda ishtirokchilik deb - qasddan sodir qilinadigan jinoyatni ikki yoki undan ortig shaxsning birgalashib sodir etishiga aytiladi (JK 28-moddasi).

- bajaruvchi;(Jinoyatni bevosita yoki bilvosita bajargan shaxs)
- tashkilotchi;(Jinoyatni tashkillashtirgan va rahbarlik qilgan )
- dalolatchi; (Jinoyatni sodir etishga qiziqtirgan shaxs)
- yordamchi.(Jinoyatni amalga oshirishga maslahatlar va ko'rsatmalar bergan )

400

Jinoyat tarkibi obyektiv tomonning xususiyatiga ko'ra qanday tarkiblarga bo'linadi va mohiyatlarini tushuntiring 

Moddiy tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavili oqibat kelib chiqishini talab qiladigan va shu oqibat kelib chigishi bilan jinoyat tugallangan jinoyat deb topiladigan jinoyat turlariga aytiladi (JK 97-moddasi «Qasddan odam o'ldirish»).

Formal tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavfli qilmish
(harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi bilan tugallanadigan jinoyat turlariga aytiladi (mas: J K 140-moddasi «Tuhmat»). Ya'ni, JK Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgisi ijtimoiy xavfli qilmishning
sodir etilishi tugallangan hisoblanishi uchun kifoya qiladi.


Kesik tarkibli jinoyat deb - jinoyatni tamom bo'lish
vaqtini jinoyat onuni oldingi bosqichga (jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki suiqasd qilish bosqichiga) ko'chirilgan jinoyatlarga aytiladi (JK 165-moddasi «Tovlamachilik»).

500

Bu moddaning tarkibiy elementlarini tahlil qiling


A)Terrorizmni moliyalashtirish, yaʼni terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat:

B)sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 


C)Oʻsha harakatlar: 

-takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; 

-mansabdor shaxs tomonidan; 

-uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — 

D)oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

A) Dispozitsiya 

B) Sanksiya 

C) Gipoteza

D) Sanksiya

500

Kazusni tahlil qiling va tarkibiy elementlarini toping


Chegara punktida aviayolovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan M. (Rossiya fuqarosi, 38 yosh) bojxona deklaratsiyasida yonida taqiqlangan yoki deklaratsiya qilinishi shart boʻlgan hech qanday qiymatli yoki arxeologik obyektlar yo‘qligini maʼlum qildi. U koʻchma yuklari va kiyimi tekshiruvdan oʻtayotganda, tekshiruv xodimi uning poyabzi ostidagi ikki qavatli maxsus tikilgan taglik ichidan va ichki ko‘ylak qopchasidan jami 24 dona qadimiy bronza va mis tangalar topdi. Tangalarning umumiy bozor qiymati taxminan 20 million so‘m deb baholandi. Tangalar ustida qariyb miloddan avvalgi uslubiy naqshlar va oksidlanish belgilari bor.

  • Obyekt:Bojxona tartibi va davlatning iqtisodiy manfaatlari
  • Obyektiv tomoni: M. bojxona deklaratsiyasida “yonimda taqiqlangan va yashirilgan buyum yo‘q” deb noto‘g‘ri ma’lumot bergan.
  • Subyekt: Rossiya fuqarosi M.
  • Subyektiv tomoni: To‘g‘ri qasddan
500

Baxtiyor (40 yosh) bir necha oy davomida “katta bankni talon-taroj qilish” rejasini yoshirdi. U bankga hujum rejasi tuzdi, xavfsizlik kameralarini va signal tizimini o‘rganib chiqdi. O‘ziga yordamchi sifatida ikki nafarga yaqin tanishni jalb qildi. Qurol (bir bitta pistolet) va niqoblar sotib oldi. Hujum kunini belgilab, barcha texnik va logistik tayyorgarliklarni yakunlashga harakat qildi.

1-holat . Baxtiyor bankga borishdan oldin, ichki ishlar organlari uni bir necha kun davomida kuzatib, hujjatlar va telefon yozuvlari asosida ushladi. U hujumni boshlash qadar qo‘lga olingan. Tergov paytida uning xonadonidan pistolet va niqob topildi, shuningdek yozilgan reja va bank rasmlari topildi.

2-holat. Baxtiyor belgilangan kunda bankka kirib, kassirga pistoletni yo‘naltirdi va talab qildi; ammo xavfsizlik signali ishladi, xodimlar panikaga tushdi, Baxtiyor hech narsani ololmay, qochishga urindi va shu paytda politsiya tomonidan ushlanib qolindi. Bankka jiddiy zarar yetmadi, jabrlanuvchilar jarohatlanmadi.


Har ikki holatda jinoyat qaysi bosqichda to‘xtagan?

1)1-holat: jinoyat tayyorlov bosqichida to‘xtagan. (Baxtiyor jinoyatni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan — qurol sotib olgan, sheriklar bilan kelishgan, reja tuzgan — lekin jinoyatni boshlashga bog‘liq harakatlar boshlanmagan va u boshlashdan oldin ushlangan.)

2-holat: jinoyat suiqsad bosqichida to‘xtagan. (Baxtiyor jinoyatni amalga oshirishni boshlagan — bankka kirib, pistoletni kassirga yo‘naltirgan — ammo tashqi omillar tufayli jinoyat oxirigacha yetmay qolgan.)



500

Kazusda shaxslarni toping 


2026 yil 10 yanvar kuni Toshkent shahridagi bir garajda guruh a’zolari jinoyat sodir etdi. X. garaj eshigini ochishga urindi, lekin transport vositasini ololmadi. Shu vaqtda u tanishidan yordam so‘radi va transport vositasini qarindoshi P.ning uyiga olib borib, xavfsiz joyga saqlashni iltimos qildi. P. rozilik berdi va ko‘zlangan tadbir amalga oshdi. Transport vositasidan avtomagnitola va zahira balon X. tomonidan P.ga topshirildi. Boshqa guruh a’zosi R esa voqea oldidan joy va vaqtni kuzatib , ishlarga rahbarlik qilib turgan 

X- Ijrochi , ham kazus davomida Dalolatchi sifatida ham bo'lgan 

P-Yordamchi 

R-Tashkilotchi

500

Oxirgi zarurat huquqiyligini belgilovchi shartlarga ko'ra qanday guruhlarga bo'linadi va mohiyatlarni tushuntirib bering

Oxirgi zaruratning huquqiyligini belgilovchi shartlar ikki guruhga bo'linadi:
- tahdid solayotgan xaviga nisbatan huquqiy shartlar;
- mudofaaga nisbatan huquqiy shartlar.


Tahdid solayotgan xavfga nisbatan- xavfining bevosița jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan
ijtimoiy munosabatlarga qaratilganligi;
muqarrarligi va realligi.


Mudofaaga nisbatan- jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan manfaatlarni himoya gilishga qaratilganligi; xavfni o'sha holatda boshqa choralar
bilan qaytarishning iloji yo'qligi; zararning uchinchi shaxsga yetkazilishi; keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo'lishligi.