Avvalgi mavzu: Korporatsiyalarning birlashishi va qo'shib olinishi
Atamalar
Foyda taqsimoti
Dividentlar
100

Kartel nima?

Kartel ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) hajmi, tovarlar (xizmatlar) narxi, savdo shartlari, bozorlarni cheklash masalalari bo‘yicha kelishib olish maqsadida faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bir biriga yaqin bo‘lgan mustaqil xo‘jalik subyektlarining birlashmasi hisoblanadi.

100

Aksiya nima?

Aksiya (nemischa: Aktie ; niderlandcha: Actie; lotincha: actio — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz.

100

Aksiya turlarini sanab bering.

Oddiy aksiyalar va imtiyozli aksiyalar

100

Qo‘shimcha dividendlar nima?

ma’lum bir davrda yuqori foyda olingan holatlarda to‘lanadigan dividendlar

200

Konsolidatsiya nima?

Konsolidatsiya – qo‘shib olish bilan deyarli bir xil, lekin uning natijasi sifatida yangi kompaniya tashkil etilishini keltirishimiz mumkin.  Konsolidatsiya jarayonida ikkala yuridik shaxs (qo‘shib olayotgan va qo‘shib olinayotgan kompaniyalar) o‘z faoliyatini tugatadi va yangi kompaniya qismlariga aylanadi.  

200

Dividend nima?

Dividend – bu sotilgan aksiyalar, ulushlar, paylar soniga muvofiqlikda mulkdorlar o‘rtasida aniq bir davr bo‘yicha taqsimlanadigan   korxona foydasining bir qismidir.

200

AJ lar dividendlar to‘lash to‘g‘risida qarorni qachon  qabul qilishi mumkin? Masalan, har haftada divident to'lasa bo'ladimi?

Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra yoki moliyaviy yil natijalariga ko‘ra divident to'lasa bo'ladi.

200

Maxsus dividendlar nima?


qo‘shimcha ravishda bir marta to‘lanadigan dividentlar

300

O‘zaro bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda korporativ birlashishlar va qo‘shib olishlarningturlari?

1. Gorizontal birlashish va qo‘shib olish. Bu tipga bitta tarmoqda faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning o‘zaro birlashishi yoki qo‘shib olinishi holatlarini kiritish mumkin. 

2. Vertikal qo‘shib olish. Vertikal qo‘shib olish o‘zaro bog‘liq tarmoqlarda yirik kompaniya tomonidan biznesning turli bosqichlaridagi kompaniyalarni o‘ziga jalb etish orqali faoliyatni tashkil etishni ko‘zda tutadi. 

3. Konglomerat qo‘shib olish. Faoliyat yo‘nalishlari o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan kompaniyalarning biri tomonidan ikkinchisining qo‘shib olinishi konglomerat qo‘shib olishni anglatadi.  

300

Emissiya nima?

muomalaga bank biletlari, barcha shakllardagi pul belgilari va qimmatli qogʻozlar chiqarish

300

AJ tugatilayotganda imtiyozli aksiya egasi bo'lgan Anvar aksiyaga qo'yilgan mablag'ni olsa bo'ladimi?

Ha. Imtiyozli aksiyalar egalari dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqiga ega.

300

Muntazam dividendlar nima?

davriylik va doimiylik asosida to‘lanadigan dividendlar

400

Gorizontal birlashishga misol keltiring

2005-yilda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” va “Zaminbank”ning o‘zaro birlashishini misol sifatida keltirish mumkin

400

Zaxira fondi nima?

ustav kapitalining o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda tashkil etilgan fond

400

Aksiyadorlarga dividend to‘lashning tartibi, shakllari va o‘ziga xos jihatlari qonunchilikni qaysi bandida keltirilgan?

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

400

O'zb. Res. rezidentining dividentlar va foizlar ko'rinishidagi daromadidan olinadigan soliq stavkasi qancha?

5 %

500

Bidder korxona nima degani?

Qo‘shib oluvchi korxonani xaridor (bidder) atamasi

500

IPO nima?

IPO aksiyalarni xalqaro fond birjalarida ochiq obuna tarzida dastlabki joylashtirish 

500

Oqilona dividend siyosati orqali erishish mumkin bo‘lgan natijalarni sanab bering.

Birinchidan, AJlari tomonidan dividend to‘lovlarining doimiy ravishda amalga oshirilishi AJining investitsion jozibadorligiga xizmat qiladi. Chunki muntazam dividend to‘lovlarining amalga oshirilayotganligining o‘zi investorning qiziqishiga sabab bo‘ladi.

 Ikkinchidan, o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantiradi chunki dividend ko‘rinishidagi daromadlarga qiziqtirish orqali aholi qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘larini 

 Uchinchidan,  AJlari tomonidan dividend to‘lovlarining muntazam ravishda amalga oshirilmasligi yoki past darajada amalga oshirilishi aksiyadorlarning noroziligiga olib kelishi, bu o‘z navbatida aksiyalarning boshqa shaxslarga, xususan “dushman” kompaniyalar aksiyadorlariga sotilishiga sabab bo‘ladi. Natijada esa nazorat paketining qo‘ldan chiqishi oqibatida aksiyadorlik jamiyati boshqa kompaniya, xususan xorijiy kompaniyalar tomonidan qo‘shib olinishi yuz beradi. 

 To‘rtinchidan, bugungi kunda AJlari faoliyatini moliyalashtirishda milliy moliya bozorlaridan kapital jalb qilish bilan bir vaqtda xalqaro moliya bozorlaridan kapital jalb qilish amaliyoti ham xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.  

500

Likvidatsion dividendlar nima?

korxonani yoki uning alohida bir qismini tugatish holatlari yuzaga kelganda to‘lanadigan dividentlar