Johiliyya so'zining ma'nosi?
«Жоҳилия» сўзи адабий араб тилида «билмаслик», яъни «ягона худо – Аллоҳни танимаслик» маъноларини билдириб, бу истилоҳ мусулмон муаллифлари томонидан Арабистон ярим оролининг исломдан олдинги давр тарихига нисбатан ишлатила бошланди.
Islom dini qachon va qayerda vujudga keldi?
Milodiy 7 asr, Arabiston yerlarida
Muhammad alayhissalom qachon va qayerda tavallud topganlar?
571 yil aprel oyida Makkada tavallud topganlar
Iymoning shartlari nechta va ular qaysilar?
7 ta
1. Allohning borligi va birligiga, Qurʼon va hadislarda bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish.
2. farishtalarning borligiga imon keltirish.
3. ilohiy kitoblarga imon keltirish.
4. paygʼambarlarning haqligiga imon keltirish
5. oxirat kuniga ishonish.
6. taqdirga - inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga eʼtiqod qilish
7. oʼlimdan keyin qayta tirilishga ishonish.
Islom dining muqaddas manbalar qaysilar?
Qur'on va hadis
Islomgacha bo'lgan davrda nima sababdan Makka diniy markaz hisoblangan?
•макка шаҳри атрофида йирик бозор ваярмаркаларни ташкил этилган;
•VI асрда Маккада Банк мавжуд бўлиб, савдогарлар узоқларга жўнатилган молларининг хаққини шу ернинг ўзида олиши мумкин бўлган.
•Шом(Сурия), Византия ва Эрон савдогарлари учун келиб савдо қилиши, ўз давлатлари билан муносабатларни яхшилаш ва Маккада муқим истиқомат қилиш каби имтиёзларни берган;
Makka fath etilganda Ka'ba ichida qancha butlar bo'lgan?
360 ta
Muhammad alayhissalomning otalari, onalari, bobolari va amakilarining ismlari?
Abdulloh, Omina, Abdulmutollib, Abu Tolib
Islomning asosiy ruknlari (shartlari) nechta va ular qaysilar?
5 ta
Iiymon
namoz
ro'za
zakot
haj
Qur'on qachon, qayerda, necha yil davomida, ilk bor nozil qilingan oyat va kim orqali yuborilgan?
610-yil
Hiro g'orida, Ramazonning Qadr kechasida
23 yil davomida
Alaq surasi dastlabki 5 oyati
Jabroil alayhissalom orqali
Johiliyyat davri xususiyatlarini sanang.
•Кўп худолилик
•Фикрлардаги тарафкашлик
•Аёлларга хурматсизлик
•Миллатчилик
•Эсхатологик қарашларни мавжуд эмаслиги
Hanif so'zining ma'nosi?
"ҳаниф", "ҳунафо" сўзлари "ҳақиқий мусулмон", "ягона Аллохга эътикддга асосланган ҳақиқий дин" (яъни ислом) маъноларида ишлатилади.
Payg'ambarimizga qachon va qayerda vahiy kela boshlagan, g'orda qanday ibodatni bajarganlar?
610 yil, Hiro g'orida, tahannus ibodati
Islomda bandalar amallari necha qismdan iborat va ular qaysilar?
8 qismdan
farz
vojib
sunnat
mustahab
muboh
mustakrah
makruh
harom
Qur'oni karimga berilgan nomlarni sanang.
Qur’on «Kalomulloh (Allohning kalomi so’zi) «Furqon» (haq bilan botilni ayiruvchi) «Zikr» (eslatma), Tanzil (nozil qilingan kabi nomlar bilan atalib, «Nur» (Yorug’lik) «Huda» (Xidoyat), Muborak (Barakatli), «Mubin» (ochiq ravshan) «Bushro» (Xushxabar), Aziz (e‘zozlanuvchi) «Majid» (Ulug’) «Bashir» (Bashorat byeruvchi Nazir (ogohlantiruvchi) kabi so’zlar bilan sifatlangan.
Johiliyat davrida ilk diniy tasavvurlar qanday bo'lgan misollar keltiring.
•Яҳудийлик
•Христианлик
•Мажусийлик
•Санамларга сиғиниш
Islom so'zining ma'nosi?
Ислом – (араб. бўйсуниш, итоат этиш) – Аллоҳга тил билан имон келтириб, дил билан тасдиқлаш, унинг кўрсатмаларига бўйсунишни англатади.
Payg'ambarlikning boshida islomga ilk iymon keltirgan sahobalarni sanang?
Ҳадича онамиз, Абу Бакр Сиддиқ, Али, Зайд ибн Ҳориса, Зубайр ибн Авом, Усмон ибн Аффон, Абдураҳмон ибн Авф, Талҳа ибн Убайдуллоҳ ва Саъд ибн Абу Ваққос розияллоҳу анҳулар
Farz, vojib va sunnatning bir biridan farqi?
Farz - Alloh taolo buyurgan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Uzrsiz bajarmagan kishi gunohkor bo‘ladi. Uning zarurligiga ishonmagan kishi esa kofir va imonsiz sanaladi.
Vojib - bajarilishi shart bo‘lgan amal. Uni bajargan kishi savob oladi, bajarmagan gunohkor bo‘ladi. Vojib amalga ishonmagan kishi kofir va imonsiz bo‘lmasa ham, katta gunohga botadi
Sunnat - Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan amallari. Sunnat amalini qilgan kishi savob topadi. Qilmagan kishi gunohkor bo‘lmasa-da, qiyomat kuni malomatga qoladi, Payg‘ambarimiz shafoatlariga loyiq bo‘lmaydi.
Vahiy Payg'ambar alayhissalomga qanday ko'rinishlarda kelgan?
1.Muhammad Payg’ambarga birinchi vahiy tush orqali namoyon bo’lgan. 2.Farishtalar ko’rinmay turib, Payg’ambar qalbiga kerakli narsalarni yetkazgan. 3.Vahiy ovozdek jaranglab quloqlariga chalingan 4.Jabroil farishta Payg’ambarimizga odam shaklida ko’ringanlar 5.Farishta o’zining asl qiyofasida ko’ringan va vahiy yetkazgan
Al-Vasaniyya so'zining ma'nosi?
Ko'pxudolik
Ka'bani qurgan payg'ambar va uni qayta tiklagan payg'ambarlar?
Odam alayhissalom, Ibrohim va Ismoil alayhissalom
Payg'ambar alayhissalomga berilgan mo'jizalar.
Qur'on
Oyning ikkiga bo'linishi
Barmoqlari orasidan suv chiqishi
bemorlarni davolashlari
Islomda 40 farzni sanab bering.
Islomdagi 5 farz
1 Iymon;
2 Namoz;
3 Ro‘za;
4 Zakot;
5 Haj.
Iymondagi 7 farz
1 Alloh taologa iymon keltirish;
2 Farishtalarga iymon keltirish;
3 Allohning kitoblariga iymon keltirish;
4 Payg‘ambarlariga iymon keltirish;
5 Qiyomat kuniga iymon keltirish;
6 Yaxshilik va yomonlik ham Allohdan ekaniga iymon keltirish;
7 O‘lgandan so‘ng qayta tirilishga iymon keltirish.
Namozdagi 12 farz
Namozdan tashqaridagi 6 farz:
1 Namoz o‘quvchining badani katta va kichik betahoratlikdan pok bo‘lishi;
2 Joyi pok bo‘lishi;
3 Kiyimi pok bo‘lishi va avratlarining berk bo‘lishi;
4 Qiblani topishi;
5 Niyat;
6 O‘z vaqtida o‘qish.
Namozning ichidagi 6 farz
1 Takbiri tahrima (Namoz avvalida aytiladigan, dunyo ishlarini harom qiluvchi «Allohu akbar» so‘zi);
2 Qiyomda turish;
3 Qiroat qilish;
4 Ruku;
5 Sajda;
6 Qa’dai oxir (tashahhud miqdorida o‘tirish).
Tahoratdagi 4 farz
1 Yuzning soch chiqqan joyidan iyakning ostigacha va ikki quloq yumshoqlarining oralarini bir marta yuvish;
2 Ikki qo‘lning chig‘anoqlari bilan bir marta yuvish;
3 Boshning to‘rtdan biriga mash tortish;
4 Ikki oyoqning to‘fiqlari bilan bir boradan yuvish.
Tayammumdagi 4 farz
1 Namoz o‘qishni niyat qilib tayammum qilish;
2 Toza tuproqni qasd qilishi; (yer jinsidan bo‘lgan, tuproq, tosh, qum kabilar)
3 Ikki qo‘lini tuproqqa urib yuziga masx tortish;
4 Ikki qo‘lini yana urib ikkala qo‘lining chig‘anoqlarini qo‘shib masx tortish.
Gʻusldagi 3 farz
1 Og‘izga suv olib yuvish;
2 Burunga suv olib yuvish;
3 Butun badanga suv yetkazib yuvish.
Amru ma’rufdagi 1 farz
Yaxshi amallarni o‘zi bajarib, boshqalarga ham buyurish.
Nahiy munkardagi 1 farz
Yomon amallardan avval o‘zi saqlanib boshqalarni ham qaytarish.
Hayzdagi 1 farz
Hayz hukmlarini bilish.
Ilm izlashdagi 1 farz
Ilm izlash, o‘qish farz. Inson hayoti davomida kerak bo‘ladigan halol-haromga doir ilmlarni o‘zlashtirishi farzdir.
Qur'oni karimdagi eng kichik sura?
eng uzun sura
eng uzun oyat
Qur'onning onasi hisoblangan sura
Qur'onning kelinchagi bo'lgan sura
Qur'on oyatlarining sayyidasi
Qabr azobidan saqlovchi sura
Dajjol fitnasidan saqlovchi sura
Qur'onning yarmiga teng sura
Qur'onning 3/1 ga teng sura
Kavsar
Baqara
Baqara 282-oyat
Fotiha surasi
Ar-Rohman
Oyatal kursiy 255-oyat
Mulk surasi
Kahf surasi
Zalzala surasi
Ixlos