1
2
3
100

Tog'ay to'qimasining tarkibi...?

70-80% suv, 10-15% organik moddalar va 4-7% mineral tuzlar.

100

Qaysi tog'ayda ohaklanish kuzatilmaydi?

Elastik tog'ayda.

100

Suyaklar yuzasini qoplovchi tog'ay qaysi?

Bo'g'im tog'ayi.

200

Perixondr nima?

Yunon. Peri-oldi, chondros-tog'ay ya'ni tog'ay usti pardasi.

200

Osteoblastlar yoki osteoblastotsitlarning shakllari qanday bo'ladi?

Kubsimon, piramidasimon yoki ko'p qirrali shaklda bo'lib, yumaloq yoki ovalsimon yadroga ega.

200

Qaysi vitamin yetishmasa suyaklarning o'sishi sustlashadi va to'xtaydi?

Vitamin C.

300

Tog'aylar hujayralararo moddasining tuzilishiga qarab, nechta turga bo'linadi?

3ta: 1) gialin (shishasimon)

2) elastik (to'rsimon)

3) tolali ( kollagen tolali)


300

Qaysi hujayralar ohaklangan tog'ay va suyak to'qimalarining yemirilishida aktiv ishtirok etadi?

Osteoklastlar, osteoklastotsitlar.

300

Elastik tog'ay qayerlarda uchraydi?

Quloq suprasida, hiqildoqda va hiqildoq usti tog'ayida.

400

Yakka yoki izogen gruppalar atrofida yotgan hujayralararo moddalarning turlicha bo'yalishini sababi nimada?

Sababi, ularning tarkibida oqsillar va proteoglikanlar miqdori turlicha bo'ladi.

400

Retikulofibroz suyak to'qimasi kimlarda uchraydi?

Asosan, homilada va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda.

400

Qaysi bez gormoni suyaklarning o'sishi va tuzilishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi?

Endokrin bezlardan qalqonsimon old bezi gormoni-paratirin.

500

Elastik tog'ay hujayralarining sitoplazmasini gialin tog'ayidan farqi?

Elastik tog'ay hujayralarining sitoplazmasida yog' va glikogen kam to'planadi.

500

Endost nima va u nechta qavatdan iborat?

Endost-suyak usti pardasi. U ikki qavat:  ichki hujayrali va tashqi tolali qavatlardan iborat.

500

Suyak to'qimasining tog'ay ichida hosil bo'lishi nima deb ataladi?

Endoxondral yoki enxondral suyaklanish.