Ichki ishlar organlari xodimlarga beriladigan maxsus unvonlar qanday va ularda xizmat o‘tash muddatlari qancha? (Safdordan generalgacha)
Maxsus unvonda xizmat oʼtash muddatlari quyidagicha belgilanadi:
“safdor” - muddatsiz;
“kichik serjant” - ikki yil;
“serjant” - ikki yil;
“katta serjant” - muddatsiz;
“leytenant” - ikki yil;
“katta leytenant” - uch yil;
“kapitan” - toʼrt yil;
“mayor” - besh yil;
“podpolkovnik” – olti yil;
“polkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
Ichki ishlar organlariga maxsus unvonli xizmatga qabul qilishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar qanday? Tushuntirib bering
Talablar 4 ta:
1. Yoshi 18-30 oralig'ida
2. Bo'yi 165 (160) sm past bo'lmagan
3. Harbiy guvohmomaga ega bo'lishi
4. Oliy ma'lumotli bo'lishi
Ichki ishlar organlariga maxsus unvonli xizmatga qabul qilishda nomzodlarga o'tkaziladigan tanlov bosqichlar qanday? Tushuntirib bering
Tanlov bosqichlari 2 ta:
1. Saralash
2. O'rganish
Ichki ishlar organlarida xizmatda bo‘lishning chegara yoshlari qanday?
Ichki ishlar organlarida xizmatda bo‘lishning chegara yoshi safdor-serjant tarkibidagi xodimlar uchun - ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun — oltmish yosh, ayollarga esa (mavjud unvonidan qat’i nazar) — ellik yoshni tashkil etadi.
Ichki ishlar organlarida xizmat olib borishda foydalaniladigan huquqiy asoslar nimalardan iborat? Tushuntirib bering
HUQUQIY NORMATIV HUJJATLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi "Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3413-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-sonli qarori bilan qanday hujjatlar tasdiqlangan?
QARORGA ASOSAN:
1. Ichki Ishlar organlari xodimlarining xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomi;
2. Ichki Ishlar organlarining Intizom ustavi tasdiqlangan.
Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari:
1. Qonuniylik
2. Yagonalik
3. Fuqarolarning huquqlari, еrkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya еtish hamda ushbu huquqlar, еrkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish
4. Ochiqlik va shaffoflik
Ichki ishlar organlari xodimlariga beriladigan ta’til turlari nechta va ularni tushuntirib bering?
1. har yilgi asosiy ta’til (30 kun);
2. homiladorlik, tug‘ish va bola parvarishlash ta’tillari (3 yil);
3. kasallik bo‘yicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan) ta’til (4 oy);
4. o‘quv (kanikulyar) ta’tili — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalari kursant (tinglovchi)lari uchun;
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalarini tamomlaganligi munosabati bilan ta’til (30 kun);
6. ijodiy ta’til — amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun (kamida 15 kun);
7. qo‘shimcha ta’til — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlarni topshirishi uchun, oilaviy sharoiti bo‘yicha, jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga (10 kungacha).
Attestatsiya nima va uning qanday turlari bor? tushuntirib bering.
АTTESTATSIYA
Ichki ishlar organlarida attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholash.
АTTESTATSIYA TURLARI:
Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʼtadilar.
Navbatdagi attestatsiya besh yilda bir marta yoki navbatdagi maxsus unvon berish uchun o‘tkaziladi.
Navbatdan tashqari attestatsiyadan ish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan, kasbiy yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘ta olmagan, xizmat intizomini qo‘pol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, ichki ishlar organlari xodimining sha’niga putur yetkazuvchi nojo‘ya harakatlar sodir etgan xodimlar o‘tadilar.
Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
Meri
Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Musiqa
1 dan 100 gacha bo'lgan sonlar orasida nechta 9 raqamini uchratamiz?
20 ta