Kampir odatda bolalarni izlayotganida bu ishni qilmasdi, chunki X uning yagona qadrli narsasi bo'lib, uni zaruratdan emas, olifta ko'rinish uchun qilgan edi. Gap nima haqida bormoqda, bitta so'z bilan yozib bering.
Ko'zoynak
Tog' o'rnidan ko'chibdi, deyilsa ishonsa bo'lar, ammo odam fe'l-sajiyasini tark qilibdi, deyilsa ishonish qiyin. Bu fikrni Madaminbek kim haqida fikr yurita turib o'ylagan edi va o'sha odamning qilmishi nima edi?
Nusratxo'ja, birovning xotinini olib qochgan
Asar boshlarida Berlioz va Ivan (shoir) orasida boʻlib oʻtgan suhbatda shoir yozgan maqola masalasi koʻtariladi. Shunda Berlioz maqolaning nimani targʻib qilishi kerakligini aytgan edi?
Javob: Isoning yaxshi yoki yomonligini emas, uning tarixda umuman mavjud boʻlmaganligi, yaʼni tugʻilmaganligini. (10)
Polli xola Tomning kun bo'yi darsga bormay, cho'milib yurganiga dalil topa olmay qolganida Sid buni qanday fosh qiladi?
So'kilib ketgan ko'ylak choki xolasi tikkan oq ipda emas, qora ipda qayta tikilgan edi ))
X – Turkistonning unutilgan tarixi, ma'naviyati, Y – uning e'tiqodi, Z – uning mudrayotgan qudrati. Zinovyevning jumlasida eslangan shu 3 noma'lumni yozib bering.
Jadidlar, ulamolar, qo'rboshilar
Pontiy Pilat adoqsiz bosh ogʻrigʻidan azob chekar ekan Ieshua uning dardiga nima davo boʻlishini tahmin qilib bildi. Oʻshanda Pilatning yagona xohishi ham aynan shu edi.
Bu nima edi?
Javob: Pilat oʻz itini koʻrishni istardi, u dunyoda ixlos qoʻygan yagona jonzot shu iti edi. (33)
Nima uchun Tomas Soyer o'qituvchiga darsga kech qolishining sababi Geklberri Fin bilan suhbatlashib qolib ketganini ochiq aytadi va hammaning oldida kaltak yeb, biroz sharmanda bo'lishga ham rozi bo'ladi?
Chunki bu ishi uchun o'qituvchisi uni qizlar bilan o'tirishga majbur qilishini bilardi, u yangi kelgan qiz bilan tanishmoqchi edi
Sho'ro hukumati tomonidan qilinayotgan tashviqotlardan polkovning Styuardni eng ko'p hayratga solgan holatni bittagina so'z bilan yozib bering.
Bosmachi
Rimskiy bir muddat yoʻq boʻlib qolgan Varenyuxani oʻz xonasida qabul qilganida gʻalati ishlar sodir boʻldi. Uning gaplari yolgʻon ekanligini tahmin qilib turgan Rimskiy bir narsani payqagacha juda qattiq qoʻrqib ketadi.
Bu narsa nima edi?
Javob: Varenyuxaning soyasi yoʻq edi. (205)
Shervud o'rmonida 1 yil qaroqchi bo'lish butun umr shu ishni qilishdan afzal, deb hisoblashardi Tom va Jo Harper. Bu qaysi ish?
Butun umr Qo'shma Shtatlar prezidenti bo'lish
Mulla Ergash kechirim so'rab, aybini tan olib kelgan qurultoyda Madaminbek bu safar qo'rboshilarning birligini saqlash va ko'nglini xushlash uchun qanday siyosat o'ylab topadi?
Hududlarni ularga taqsimlab beradi
Ayni paytda jinnixonada boʻlgan Ivan Bezdomniy yoniga borgan tergovchi uning sovuq va befarq munosabatidan biroz hayron qoladi. U bilan xayrlashar ekan, bir yaxshi tilak bildiradi, Bezdomniy esa bu tilakni inkor qiladi.
Bu qanday tilak edi va nega Bezdomniy buni inkor qildi?
Javob: kelajakda uning yana koʻp yaxshi sheʼrlarini oʻqishni tilaydi, Ivan esa ortiq sheʼr yozmasligini, u yozgan sheʼrlar yomon sheʼrlar boʻlganini aytadi. (434)
Keyingi qoida: agar bir kishi bir ishni bekam-u ko'st bajarishini istasang, nima qilish kerak?
Shu ishni qilmaslik haqida va'da olish kerak
Garchi rus va nasoro bo'lsa-da, uning Madaminbekka hurmati juda yuqori edi. Va aksariyat ruslardan farqli o'laroq, amirlashkarning kurashini haqli va adolatli, deb bilardi. U kim edi?
Lapshin, podshoh qo'shinlari askari, polkovnik Monstrovning yordamchisi
Javob: Margarita