Merkantilizm so‘zining ma’nosi nima?
“Merkantilizm” italyancha “mercante” so‘zidan olingan bo‘lib, “savdogar” degan ma’noni bildiradi.
Dastlabki merkantilizm qachon paydo bo'lgan va qachongacha faol amal qilgan.
buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo‘ldi va XVI asming o‘rtalarigacha faol amal qilib keldi.
Pul miqdori va narxning umumiy bosqichi o'rtasidagi aloqa nechanchi yilda va kim tomonidan taqdim etilgan.
1569 - yilda fransuz olimi Jiyn Bodin tomonidan taqdim etilgan.
Eksport va import o‘rtasidagi farq, ya’ni mamlakat boyligining o‘sishiga nima deyilgan?
Ijobiy saldo
Merkantilizm boylik tushunchasini qanday izohlaydi?
Merkantilistlarga ko‘ra, milliy boylik pul va qimmatbaho metallarda ifodalanadi.
Keyingi merkantilizm qanday yo‘lni tanladi?
Savdo balansini ijobiy qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksportni kuchaytirish.
Antuan Monkreten nima bilan mashhur?
U “Siyosiy iqtisod traktati” asarini yozgan va “siyosiy iqtisod” atamasini fanga olib kirgan.
Merkantilizmning salbiy jihatlaridan misol keltiring.
Ichki bozor va dehqon xo‘jaligining rivojiga yetarli e’tibor bermagan.
Merkantilizmning feodalizm yemirilish davridagi o‘rni qanday edi?
U kapitalistik bozor munosabatlarining shakllanishida muhim o‘rin tutdi, chunki savdoga asosiy e’tibor qaratildi.
Dastlabki merkantilistlarning oltin va kumush haqidagi qarashlarini tushuntiring.
Ular oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb bilgan va ularni mamlakatda to‘plash tarafdori bo‘lgan.
Angliya merkantilizmi Fransiya merkantilizmiga qanday farq qiladi?
Angliyada savdo va koloniyalar orqali boylik to‘plash ustuvor bo‘lgan, Fransiyada esa davlatning kuchli proteksionizm siyosati (Kolber) ustuvor bo‘lgan.
Merkantilizm milliy iqtisodiyot rivojiga qanday xizmat qilgan?
Ishlab chiqarish va savdoni tartibga solib, davlatni kuchaytirishga yordam bergan.
Merkantilizm nazariyasining asosiy ilmiy tamoyillarini sanab bering.
Oltin-kumushni boylik sifatida ko‘rish, tashqi savdoni davlat nazoratida ushlash, eksportni rag‘batlantirish, importni cheklash, ish haqlarni past darajada saqlash.
Keyingi merkantilizmda ishchi kuchiga qanday munosabat bo‘lgan?
Ular ishchilarga yashash minimumidan ortiq ish haqi bermaslik kerak, deb hisoblashgan, chunki yuqori maosh mehnat unumdorligini kamaytiradi, degan qarash mavjud bo‘lgan.
Tomas Menning savdo balansiga oid qarashlarini tushuntiring.
U mamlakatning eksporti importdan yuqori bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan, shunda oltin va kumush mamlakatga oqib kiradi.
Nega merkantilizm ishsizlik muammosini hal qilmadi?
Chunki ular ishsizlikni odamlarning “yalqovligi” deb talqin qildilar, bu esa ilmiy asosga ega emas edi.
Nega merkantilizmni “amaliy maslahatlar ta’limoti” deb atash mumkin?
Chunki merkantilistlar nazariya yaratmagan, balki hukumat siyosati uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqqan (masalan, proteksionizm, soliqlar, savdo siyosati).
Dastlabki va keyingi merkantilizmni ilmiy nazariyalar rivojlanishi nuqtayi nazaridan solishtiring.
Dastlabki merkantilizm pulni boylikning yagona manbai sifatida ko‘rgan, keyingi merkantilizm esa ishlab chiqarish va tashqi savdo orqali milliy boylikni oshirish mumkinligini tan olgan.
Merkantilistlarning qarashlarini A. Smit bilan qiyoslab tahlil qiling.
Merkantilistlar boylikni pulda ko‘rgan bo‘lsa, A. Smit boylikni mehnat mahsulotida ko‘rdi. Smit bozor erkinligini himoya qildi, merkantilistlar esa davlat aralashuvini.
Hozirgi iqtisodiy siyosatda merkantilizm g‘oyalaridan foydalanish mumkinmi?
Ha, masalan, proteksionizm va milliy ishlab chiqaruvchini himoya qilish bugungi kunda ham qo‘llaniladi (bojlar, kvotalar, subsidiyalar orqali).