IX
IX
X
X
1

1. Bu o‘yinning turli mamlakatlarda “Пи-Ни-Ко!”, “Эна-бена-цо!”,            “Су-ли-фа” kabi nomlari ham mavjud.

Savol: Bizdagi bu oʻyinda uchrovchi uchlikdan istalgan birini yozib bering.

Javob: Qaychi

Qabul: Qog‘oz, tosh yoki quduq.

1

6. U taxminan miloddan avvalgi 79-yilda yoz kunlarining birida 24-25-avgust tongida sodir bo‘ldi va tirik jon qolmaydi.

Savol: Uni uch so‘zda yozib bering.

Javob: Pompeyning so‘nggi kuni.

1

11. Harbiy kemada kema mulki uchun javobgar bo‘lgan mansabdor shaxs yoki kema kapitani SHU SO‘Z bilan ataladi. Shuningdek, SHU SO‘Z bilan mashhur multfilm qahramoni bo‘lgan jamoa sardori ham atalgan.

Savol: Qaysi so‘z?

Javob: Shkiper.

Izoh: “Madagaskar pingvinlari”da ham jamoa yetakchisi Shkiper edi.

1

16. 1970-yilda Nil Armstrong SSSRga tashrifi doirasida Yuriy Gagarin nomidagi kosmonavtlar maktabida ham bo‘ladi, bu tashrif chog‘ida Armstrongga faxriy ko‘krak nishonini ushbu ayol taqib qo‘yadi.

Savol: Bu ayol kim?

Javob: Valentina Tereshkova.

Izoh: Valentina Tereshkova dunyodagi birinchi ayol kosmonavtdir.

1

2. U deb ataluvchi yulduz turkumining eng yorqin ikki yulduzi “Shimoliy va Janubiy kosa” deb nomlangan. U ishlash tarzi boʻyicha richagli, elektrometrik, gidrostatik, gidravlik va prujinali xillarga boʻlinadi.

Savol: Uni yozib bering.

Javob: Tarozi.

1

7. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, bu ot zoti - salt miniladigan qadimiy ot zotlaridan biri. Salt minish aravasiz, yuksiz minishni anglatadi. Bu ot zoti nomi “taka qavmi yashaydigan voha” degan ma’noga ega.

Savol: Unli harflari bir xil boʻlgan ot zoti nomini yozib bering.

Javob: Axaltaka.

1

12. Bir necha yillar oldin Xitoyda 4 ta egizak farzand tug‘ilgan. Ularga Syaodun, Syaonan, Syaosi va Syaobey deb ism qo‘yishgan. Xitoyda ushbu to‘rttala ism bir predmetda aks etadi.

Savol: Qaysi predmet?

Javob: Kompas.

Izoh: Ismlarning tarjimasi sharq, g‘arb, shimol va janub. 

1

17. XVII asrda yashagan ingliz yozuvchisi Nikolas Bredon Unga quyidagicha ta’rif beradi: “Bu bizga nima uchun kerak, biz pichan yemasak?”.

Savol: U nima?

Javob: Sanchqi.              Qabul: Vilka.

1

3. 1900-1901-yilda Anton Chexov tomonidan yozilgan asarda Olga, Masha va Irina ismli qizlar bosh qahramon hisoblanadi.

Savol: Asar nomini yozib bering.

Javob: Uch opa-singil.

1

8. Fransuz nashriyotining muharriri Paul Fausher tomonidan chop etilgan Pere Castor bolalar qissalari toʻplamiga asoslangan animatsion teleserialga Erkin Komilov, Sobirjon Rahimjonov, Yodgora Ziyomuhammedova, Munira Asadullayeva, Shohida Soliyeva, G‘aybulla Hojiyevlar ovoz bergan.

Savol: Animatsion teleserial nomini yozib bering.

Javob: Qunduz amaki qissalari.

1

13. Nekrasov Uni shafqatsiz podshoh deb atagan. Zigmund Freyd esa kasalliklarni U bilan davolagan.

Savol: Qachon biz Unga o‘z xohishimizga ko‘ra bardosh beramiz?

Javob: Ramazon.            Qabul: Ro‘za.

Izoh: U - ochlik edi.

1

18. Bu minoraning qurilishida oliy sifatli po‘latdan foydalanilgan. Po‘lat konstruksiyalarning jami og‘irligi 9441 tonna bo‘lib, 18038 ta bo‘lak birlashtirib chiqilgan.

Savol: Qaysi minora haqida gap ketmoqda?

Javob: Eyfel minorasi.

1

4. Ushbu iboraning “Dimogʻiga qurt kirib olgan”, “Dimogʻidan qurt yogʻiladi” kabi muqobillari mavjud.

Savol: Ushbu iborani bir xil harflar bilan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.

Javob: Burni baland.

1

9. O‘zbekistonda 2016-yilning 1-martidan kuchga kirgan yangi tahrirdagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga binoan piyodalarga yo‘lda chalg‘ituvchi narsalardan, telefon, planshetlardan foydalanish bilan birgalikda, hatto BU ISHni qilish ham man etildi.

Savol: Qanday ish?

Javob: Kitob oʻqish.

Izoh: Piyoda ketayotganda hatto kitob o‘qish ham sizni chalg‘itadi.

1

14. Mashhur agent Jeyms Bondning 50 yillik yubileyini nishonlash Londonda 2012-yilning 5-oktabrida bo‘lib o‘tdi.

Savol: Marosimning aniq boshlanish soatini toping

Javob: 00:07.

Izoh: Agent 007.

1

19. Bu davlat bayrog‘i odatiy ko‘rinishni chetlab oʻtgan dunyodagi yagona bayroq bo‘lib, bayroqdagi uchburchaklar ichida oy va quyosh tasvirlangan.

Savol: Bu qaysi davlat bayrog‘i?

Javob: Nepal.

Izoh: Nepal bayrog‘i dunyodagi yagona to‘rtburchak bo‘lmagan bayroq hisoblanadi.

1

5. Qozoq oshxonasida U choy, qimiz ichganda dasturxonga qoʻyiladi. U yuqori yoki birinchi navli bugʻdoy unidan pishiriladi. U bizga mashhur bir ertak orqali yaxshigina tanish.

Savol: U nima?

Javob: Bo‘g‘irsoq.

1

10. 18-asr olimi Nikolas Sanderson bolalik paytida chechak kasalligining og‘ir turini boshidan o‘tkazib, ko‘r bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham u keyinchalik tez-tez qabristonga borib turgan.

Savol: Qanday amaliy maqsad tufayli u qabristonga tashrif buyurib turgan?

Javob: O‘qishni o‘rganish uchun.

Qabul: Yozishni o‘rganish uchun.

Izoh: U qabristonda qabr toshlari ustida o'yib yozilgan yozuvlarni o'rganib, shu orqali yozish va o'qishni ham o'rgangan.

1

15. Goksun shahridagi maktabni tugatgandan so‘ng Yusuf Dikech 1994-yilda Anqaradagi jandarm maktabiga o‘qishga kirdi va mohir mergan bo‘lishga erishdi. Yusuf Dikech o‘tgan yili bir shaharda mashhurlikka erishdi.

Savol: Qaysi shahar?

Javob: Parij.

Izoh: Parij 2024 yozgi olimpiadasida Turkiyalik mergan Yusuf Dikech hech qanday yordamchi qurilmalarsiz nishonni ko‘zlagani holati mashhurlikka erishdi.

1

20. Bir she’rda yo‘q joydan Beruniylarni bino qilgan, Mashrablarni mashhuri dunyo qilgan, Husaynni Ibn Sinolar qilgan oddiygina U ekanligi aytiladi.

Savol: Uni yozib bering

Javob: Muallim.   Qabul: Ustoz, o‘qituvchi.

Izoh: Muhammad Yusuf she'ri.